Kinetik energiya jismlarning tezligi tufayli mavjud bo‘ladi. . 47-rasm.
Masalan, tekis ariqda oqayotgan suv unga o‘r-
na tilgan charxpalakni aylan
tiradi. Shamol ham
par raklarni aylantiradi.
Jism bir vaqtning o‘zida ham potensial, ham
kinetik energiyaga ega bo‘lishi mumkin. Masalan,
Yerdan ma’lum balandlikka ko‘tarib qo‘yilgan jism
(I holat) faqat potensial energiyaga ega bo‘ladi (47-
rasm). Jism erkin qo‘yib yuborilsa, tushayotganda
balandligi kamayadi, lekin tezligi ortadi. Jism II
holatda yerdan
h 1
balandlikda bo‘lganligi uchun
74
potensial energiyaga ega bo‘lsa, tezlikka ega bo‘lganligi tufayli kinetik
energiyaga ham ega bo‘ladi.
Tabiatda energiyaning ko‘pgina turlari mav
jud.