106
V bob. Oila va salomatlik
1. 105-betda berilgan suratlarning xotira va qadrlash tushunchalari bilan
qanday aloqasi bor?
2. Har bir surat nimasi bilan o‘zaro bog‘liq?
3. Har bir surat haqida alohida ma’lumot bering.
2004-yilda Toshkent shahrida qurollangan shaxslar tomonidan sodir etilgan
qotilliklar bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ma’lumot yetib kel-
di. Gumonlanuvchilarning taxminiy qiyofasi huquqni muhofaza qiluvchi barcha
organlarga yetkazildi. Poytaxtga olib boradigan barcha yo‘llarda
himoya cho-
ralari kuchaytirildi. «Qoramurt»
blok-postidagi har doimgidan-
da ziyrak
ichki ishlar xodimlari
«Tiko» avtomashinasiga to‘xtash
ishorasini berishdi.
Haydovchi
bir
muddat
sekinlashgandek bo‘ldi-da, bi-
roq to‘xtamasdan keta boshladi.
Katta leytenant Azizxon Tur-
sunov mashinani to‘xtatishga
shoshildi.
Mashina haydovchisi
uning shashtini ko‘rib, to‘xtash-
ga majbur bo‘ldi.
Katta leytenant haydovchining hujjatini va yo‘lovchilarga razm solarkan,
ulardan mashinadan tushishni talab qildi. Osoyishtalik posbonlari changalidan
chiqib keta olmasligiga ko‘zi yetgan terrorchilar kiyimlari
ichiga yashirilgan
qo‘lbola portlash moslamasini harakatga keltirishdi...
Mulohaza uchun
107
Tarbiya 8-sinf
1. Agar ana shunday postlarda ziyrak ichki ishlar xodimlari bo‘lmasa, yoki
ular o‘z vazifalariga loqaydlik bilan munosabatda bo‘lishsa, bu qanday
oqibatlarga olib kelishi mumkin?
2.
Bizning tinch yashashimiz, sizlarning maktabga bexavotir borib ke-
lishingiz, ko‘chada yurishingiz, to‘y-tantanalarda ishtirok etishingiz uchun
kimlarning hayoti garovga qo‘yilganini bilasizmi?
aloqasi bor?
Bir yahudiy vafot etibdi, uni so‘nggi yo‘lga kuzatishda ravvin yig‘ilgan-
lardan, bu inson qanday edi, deb so‘rabdi. Hamma jim bo‘lib qolibdi. Bir
zumdan so‘ng yig‘ilganlar orasida kimlardir,
u kishining tishlari butun
va chiroyli edi, deyishibdi. Shundan so‘ng qolganlar ham buni tasdiqla-
shibdi.
Inson bor ekan, xotira – muqaddas. Hech kim, hech narsa esdan chiqmay-
di. Xalq bugungi tinch-xotirjam zamonni asrab-avaylash, qadriga yetish uchun
urushni, uning qahramonlarini, g‘alabaga munosib hissa qo‘shgan har bir qah-
ramonni munosib xotirlaydi.
Aziz o‘quvchilar, mehribon otalarimiz, mo‘tabar
onalarimiz boshimizdagi
toj-u davlatimizdir. Bu g‘animat dunyoda ota-onalarimiz, yoshi ulug‘larimiz ha-
yotini qancha qadrlab, umrlarini uzaytirishga qancha harakat qilsak, bu hayot-
da kam bo‘lmaymiz.
Shunday qilib, Siz bu o‘quv yili davomida go‘zal tarbiya, muhim axloqiy ta-
moyillar, insonni ezgulikka yetaklovchi matnlardan iborat mavzular bilan ta-
nishdingiz. Umid qilamizki, darslikda o‘rgangan bilim va amaliy ko‘nikmalar
Sizni odob-axloqli, go‘zal xulqli, ma’naviyatli, tarbiyali, har tomonlama yetuk va
komil yigit-qizlar bo‘lib voyaga yetishingizga yordam beradi va ularni kundalik
faoliyatingizga tatbiq etasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: