1
Kazuslar:
1.Fosh bo‘lish istagi va qo‘rquvidan qiynalgan Raskolnikov garovga qo‘ygan
narsasi haqida qayg‘urayotganday yana Porfiriy Petrovichning oldiga keladi.
Jinoyatchilarning psixologiyasi haqidagi mavhum suhbat oxir-oqibat yigitni asabiy
tushkunlikka olib keladi va u o‘zini tergovchiga deyarli topshiradi. Lekin kimning
kampirni o‘ldirgani haqidagi iqrori Raskolnikovni bu holatdan qutqarib qoladi?
Kampirni o‘ldirishda ayblangan shaxs haqida maʼlumot bering va uning mazkur
jinoyatga bog‘liqligini izohlang.
Javob:
1.Bilamizki, “Jinoyat va jazo” – 1865-1866-yillarda Fyodor Dostoyevskiy
tomonidan yozilgan ijtimoiy-psixologik, ijtimoiy-falsafiy roman. Asarning bosh
qahramoni – Rodion Romanovich Raskolnikov. U asarda 23 yoshlardagi talaba yigit
sifatida tasvirlanadi. Turli xil moliyaviy qiyinchiliklar tufayli universitetda oʻqishni
toʻxtatishga majbur boʻladi. Aynan pul ilinjida keyinchalik u oʻzi ham garovga
narsalarini qoʻyib yuradigan sudxoʻr kampirni ( Alena Ivanovna) va uning singlisi
Lizavetani bolta bilan chopib tashlaydi. Lekin buni qarangki, roʻy bergan hodisa
jarayonida qanchalik oʻzini yoʻqotib qoʻyganiga qaramay, sodir etgan jinoyatidan
deyarli izsiz qochib
qutulishga erishadi. Lekin qilgan ishidan qattiq afsuslanadi.
Butun asar davomida vijdon azobidan qiynalib yashaydi. Oʻzi ham bir necha marta
qilgan jinoyatini tan olish maqsadida politsiya mahkamasiga boradi. Ammo bunga
jurʼat qila olmaydi. Kampirning oʻlimi bilan bogʻliq bu jinoyatni tergovchi –
Porfiriy Petrovich koʻrib chiqayotgan boʻladi. Xoʻsh, Porfiriy Petrovich oʻzi kim?
Porfiriy Petrovich - eski sudxoʻrni oʻldirilganligini ishini olib boruvchi tergovchi.
U haqiqiy vatanparvar, u kelajakda Rossiya dunyodagi dunyodagi eng buyuk
davlatga aylanishiga ishonadi. U ilg’or qarashlari bilan ajralib turadi va u har bir
jinoyatchiga individual, aytganda psixologik yondashuvni topishga harakat qiladi.
Haqiqatan ham, Raskolnikovning kuchli raqibi bo’lgan tergovchi Porfiry Petrovich
romanda adolat qaror topishiga yordam beradi. Uning tashqi ko’rinishi: “dumaloq,
dumaloq va biroz burunli yuz” - juda xushmuomala odam, sodda odam taassurotini
2
beradi. Aslida, dastlab Porfiry Petrovich juda shirin va ochiq odam bo’lib tuyuladi,
lekin vaqt o’tishi bilan u Raskolnikovga tuzoq tuza boshlaydi. Uning savollari
muqarrar ravishda gumonlanuvchining ochiqlanishiga olib keladi. Muallif ataylab
bu qahramonning ichki monologlarini bermaydi va uni faqat Raskolnikovning
ko’zlari bilan ko’rsatadi. Bu esa oʻquvchiga asarga nisbatan yanada katta qiziqish
uygʻotadi. Ko’zlar, Porfiry Petrovich tomonidan qilingan belgilar. Bu Rodionning
yallig’langan ongining mevasi yoki haqiqatdan ham sodir bo’layotgani aniq emas.
Bora-bora Porfiry Petrovich Raskolnikov uchun sirli va hatto dahshatli shaxsga
aylanadi.
Raskolnikov otasidan esdalikka qolgan soatga qaygʻurayotgandek (aslida,
fosh boʻlishdan qoʻrqib yurgan boʻladi va Porfiriy Petrovichni sinash uchun boradi)
politsiya mahkamasiga boradi. U yerda u tergovchi Porfiriy Petrovich bilan
uchrashadi. Ular oʻrtasidagi suhbat davomida tergovchi unga ruhiy bosim berishga
harakat qiladi. Va shu orqali Raskolnikovni oʻz qilmishlarini tan olishini xohlaydi.
Ular oʻrtasidagi oʻzaro mavhum suhbat jinoyatchilarning psixologiyasi haqida
ketadi. Tushkunlikka tushib qolgan Raskolnikov oʻzini deyarli tergovchiga
topshiradi. Lekin xuddi shu paytda nafaqat Raskolnikov va Porfiriy Petrovichni,
balki kitobxonlarni ham hayajonga solgan bir voqea roʻy beradi. Yaʼni kampirni
oʻldirishda gumonlanayotgan kasbi boʻyoqchi boʻlgan Nikolay ismli shaxs
kampirni oʻldirgan ekanligini tan oladi. Jinoyat sodir etilgan paytda kampir
yashaydigan uydan bir qavat pastdagi uyda Nikolay oʻz sherigi va doʻsti Mitka bilan
taʼmirlash ishlarini olib borayotgan boʻladi. Dostoyevskiy Nikolayning oʻsha
jarayondagi holatini quyidagicha tasvirlaydi:
“Bu odamning afti angori bir qarashda juda gʻalati koʻrinardi. Uning nigohi
tik toʻgʻrisiga qadalgan, lekin oʻzi hech narsani koʻrmayotganga oʻxshardi. Uning
koʻzlarida qatʼiyat ifodalanib turar, shuning bilan birga xuddi qatlga olib kelingan
kimsa kabi oppoq oqarib ketgan edi. Gezarib ketgan lablari dam-badam pirpirab
uchardi.
3
U juda ham yosh edi, odmi odamlar kabi kiyingan, oʻrta boʻyli, oriqdan
kelgan, sochlari qavs qilib oldirilgan, yuz tuzilishi nozik va rangpargina edi...” (
“Jinoyat va jazo” romani, 456-bet.)
Mening fikrimcha, garchi asarda Nikolay obrazi kichkina obrazlar sirasiga
kirsa ham, yuqoridagi kichik lavhagina uning tabiatini ochib bera olgan. Menda u
irodasiz va boʻshang shaxsdek taassurot qoldirdi. Unga bu jinoyatni sodir etishda
ayblab, bosim oʻtkazishaverganidan u oʻzi qilmagan ishiga iqror boʻlib qoʻyadi.
Lekin oʻsha jarayonda u tergovchi Porfiriy Petrovichning ishiga halal berib qoʻygan
edi. Nikolay oʻzi qilmagan ishini qildim, deb isbotlashga urinishi vaziyatni yanada
chigallashtiradi. Chunki jinoyat sodir etilgan vaqtda Nikolay va Mitka hovlida bir-
birini ketidan quvish bilan ovora boʻlib yurgan edilar. Buni hovlida turgan kishilar
ham tasdiqlashadi. Bu holatni guvohi boʻlib turgan bosh qahramon hisoblanmish
Raskolnikov ham va tergovchi Porfiriy Petrovich ham lol boʻlib qolishadi. Oʻsha
vaziyatni yozuvchi juda mohirlik bilan ifodalab bergan:
“ ...- Siz, aftidan, bunday boʻlishini kutmagan edingiz, shekilli? – dedi hali
hech narsaga aniq tushunib yetmagan, lekin oʻzini ancha tutib olgan, dadillangan
Raskolnikov.
- Oʻzingiz ham bunday boʻlishini kutmagandingiz, otaginam. Qoʻllaringizni
qaltirashini qarang! He-he!
- Oʻzingiz ham qaltirab turibsiz, Porfiriy Petrovich...” ( “Jinoyat va jazo”
romani, 458-bet.).
Xulosa oʻrnida shuni aytish joizki, “Jinoyat va jazo” romanidagi nafaqat bosh
qahramonlar, balki kichik obrazlar ham romanning voqealar rivojida juda muhim
ahamiyat kasb etadi. Misol uchun, oddiygina boʻyoqchi Nikolay obrazini olaylik.
Aynan uning qilmagan “aybi”ga iqror boʻlishi, Raskolnikovni yana bir muddat
ozodlikda yurishiga sabab boʻlgan boʻlsa, Porfiriy Petrovichni esa shubhalari
toʻgʻriligiga ishonch hosil qilishi uchun muhim omil boʻlib xizmat qiladi. Qisqacha
qilib aytganda, Dostoyevskiy bu romanida hech qaysi obrazni bekorga yaratmagan.
4
Hammasining oʻz oʻrni bor. Bu roman insoniyatga har qanday jinoyatga jazo
muqarrarligini eslatib turadi. Men bu romanni oʻqib juda katta taassurotlar oldim.
Do'stlaringiz bilan baham: |