Kazus qadimgi Hindistonda Takur ismli shudra braxmani tabaqasiga mansub Samirning qizi bilan yashirincha o’zaro til biriktirib, nikohdan o’tmay turmush qurishdi va ikkalasi boshqa shaharda bir uyni ijaraga olib yashay boshladi



Download 24,6 Kb.
Sana18.02.2022
Hajmi24,6 Kb.
#456111
Bog'liq
Документ Microsoft Word2


KAZUS
Qadimgi Hindistonda Takur ismli shudra braxmani tabaqasiga mansub Samirning qizi bilan yashirincha o’zaro til biriktirib, nikohdan o’tmay turmush qurishdi va ikkalasi boshqa shaharda bir uyni ijaraga olib yashay boshladi. Oradan ikki yil o’tar-o’tmas farzandlik ham bo’lishdi. Farzandlari bir yoshga to’lmasdanoq qo’lga tushib, sirlari oshkor bo’ldi.

Ushbu masalani qadimgi hind qonunchiligi asosida hal qiling.
Qadimgi Hindistoning tabaqalari huquqiy holatidagi farqlarni tahlil qiling.
Manu qonunlarida tabaqalar o’rtasidagi nikoh haqida qanday me’yorlar belgilangan?
Qadimgi hind jamiyati qul va quldorlar sinfiga emas balki, alohida toifa – tabqalarga bo’lingan. Bu toifalar haqida ilk ma’lumotlarni hindlar tarixiga oid qadimgi yodgorligi hisoblangan Rigveda kitoblarida qayd etilgan. Qadimgi Hindistonda odamlar qanday yumushlar bilan shug’ulanishiga qarab to’rt guruhga ya’ni kastalarga (varna) ajratilgan edi. Kastalar 4 guruhga bo’lingan.

1.Braxmanlar – hind ruhoniylari
2.Kshatriylar- jangchilar
3.Vayshilar- dehqon, hunarmand, va savdagorlar.
4. Shudralar- xizmatkor va qullar.
Hindlarning e’tiqodiga ko’ra har bir tabaqalarni oliy xudo Braxma o’z jismining qaysidir qismidan dunyoga keltirgan ekan. Masalan kohinlar uning og’zidan, jangchilar esa qo’lidan, dehqon, savdogar va hunarmandlar qovurg’asidan va xizmatkorlar Braxmaning tovonidan dunyoga kelgan. Braxman va kshatriylar jamiyatda hukmron mavqeyida bo’lishgan. Ammo, aholining ko’p qismini uchinchi tabaqaga mansub bol’gan vayshilar tashkil qilgan. To’rtinchi kastaga mansub bo’lgan shudralar esa - bo’ysundirilgan ajnabiylar, deb hisoblangan. Ularni miqdori o’z urug’ yoki jamoasidan ko’chib kelganlar hisobiga ham ortib borgan. Shudralar Ooliy xudo hisoblangan Braxmaning tovonidan dunyoga kelgani uchun ham ular zoti past kishilar deb hisoblanib, ular tuproqqa qorishib yashashga mahkum etilgan. Ular boshqa bir jamolarga yaqinlashtirilmagan va brion – bir xizmat yoki vazifaga qo’yilmagan. Aslida shudralarning kelib chiqishiga urushlardan olib kelingan asirlar v ava ijtimoiy – mulkiy tengsizlik kuchayib ketishi bilan bo’g’liq. Buning natijasida katta shudralar jamoalari vujudga kelgan. Boshqa jamoadan qabul qilingan odamlar erkin jamoalar singari huqularga ega bo’lmagan va ijtimoiy masalalarni hal qilish imkoni ularda bo’lmagan, ular jamoa majlislariga ham qatnasha olmagan. Shudralar jamoasi faqatgina mahalliy yoki faqat tutqunlikdagi aholi hisoblanmagan. Ularga baliki jamiyatdagi eng kambag’al aholini qarzini to’lashi uchun xizmat o’tayotganlar hisobiga ham kengayib borgan. Shudralar yarim qul va yarim ozod kishilar hisoblangan. Shudralar va qullar orasida deyarli farq bo’lmagan bo’lsa ham ular qul deb hisoblanmagan.
Yana shular bilan bir qatorda “Chandallar” ya’ni hazar qilinadiganlar ham bo’lgan. Bular biron-bir tabaqaga mansub bo’lmagan va ular bilan 1ta dasturxon atrofida o’tirish ham mumkin bo’lmagan. Ularni hatto suvni iflos qiladi deb quduqlar yoniga ham yaqinlashtirishmagan. Chandallar jamiyatdagi eng xo’rlanganlar hisoblanib ularning bolasi tug’ilgan kunidanoq nopok deb hisoblangan. Chandallarni jamiyatda hech qanday o’rni bo’lmagan va ular eng iflos ishlarni – axlat tozalash, ko’chalarni supurish va o’lgan hayvonlarni terisini shilish kabi ishlar bilan shug’ullangan. Har bir varna uchun yashash tarzini belgilovchi o’z qonunlari bo’lgan. Farzand har doim ota-onasining kastasiga mansub bo’lib, bir kastadan ikkinchi kastaga o’tish yoki kastalar orasida nikoh qurish ta’qiqlangan edi.
Manu qonunlari qadimgi hind qonunchiligi tarixida alohida o’rin tutgan. Miloddan avvalgi 2-asr va milodning 1-asr oralig’ida Manu qonunlari braxman maktablaridan birida tuzilgan. Unga diniy tus berilganligi uchun odamlarning afsonaviy ajdodi Manu nomi bilan atalgan. Manu qonunlari sansikrit yozuvida yozilgan va 12 bobdan iborat bo’lgan. Manu qonunlarini IX bobi oila, nikoh haqida yozilgan. Manu qonunlarida oilaviy munosabatlarni mustahkamlash uchun anchagina moddalar mavjud bo’lgan. Qonunlarda hiyonat uchun og’ir jazo o’lim jazosi belgilangan. Er – xotining har qanday hiyonati uchun javobgarlikka tortilgan. Masalan; ayol kishi nomusiga tajovuz qilish, birovni xotini bilan yashirin tarzda gaplashish, o’ynashish, begona ayolni kiyimiga tegishi mana bularni hammasi uchun Artxashastralarda belgilani kabi o’lim jazosiga hukm etilgan. Ammo, shunisi ajablanarliki erining ruxsati bilan xotin fohishabozlig bilan shug’ullansa bunga hech qanday jazo belgilanmagan. Bu Manu qonunlari VIII bobi, 362 – moddada ko’rsatilgan. Qadimgi Hindistonda patriarxal oila kata harakterga ega edi. Erkaklarni huquqi ayollarnikidan ancha ustun bo’lgan. Nikoh Yoshi erkaklar uchun 24 yoshdan ayollar ucuhun esa 8 yoshdan hisoblangan. Oilada esa er to’la hukmron bo’lgan. Nikoh esa mulkiy bitim deb hisoblangan. Chunki er o’zi uchun xotin sotib olish huquqiga ega bo’lgan. Va natijada xotin erning to’liq mulkiga aylangan va erining qaramog’ida bo’lgan. Ayollar hech qachon mustaqil bo’la olmagan oila qurguniga qadar otasi, oila qurgandan so’ng esa erinin qaramog’iga o’tkan. Qadimgi Hindistonda ayollar faqatkina bola tug’ish va oila uchun g’amxo’rlik qilish uchun yaratilgan deb hisoblangan. ( Manu qonunlari IX bob, 27 – modda ). Manu qonunlariga ko’ra ayol o’z hoxishi bilan nikohni bekor qila olmagan, bunday huquq faqarkina oila boshi hisoblangan erkaklarda mavjud bo’lgan. Manu qonunlariga ko’ra nikoh butun umr bir – biriga sadoqat qilish haqida e’lon qilgan bo’lsa ham erkak bir nechta ayolga uylanishi, istagan vaqtida nikohni bekor qilishi va xotinini tashlab keta olgan. Erkaklar quyidagi holatlarda nikohni bekor qila olgan: agar xotini erini yomon ko’rsa, agar xotini bola ko’rmasa 8 yildan keyin, agar xotini faqat o’lik bola tug’sa 10 yildan keyin, agar xotini faqat qiz farzand tug’sa 11 yildan so’ng nikohni bekor qila olgan. Oilada ota bolalari ustidan ham to’liq hukmronlik qila olgan. Xotin hatto eri uni tashlab ketgan taqdirdayam oilasiga sodiq qolishi kerak bo’lgan va erini mulki hisoblanib qolavergan. Qadimgi hindlar bir varnaga mansub bo’lgan holda nikohdan o’tishgan ,ammo, ayrim hollarda yuqori kastaga mansub erkaklar o’zidan past tabaqa mansub bo’lgan ayollar bilan ham nikoh qura olgan. Ammo, yuqori tabaqaga mansub bo’lgan ayollar o’zidan past tabaqaga mansub bo’lgan erkak bilan nikoh qurishi mumkin bo’lmagan. Ayniqsa shudra varnasiga mansub erkak va braxma varnasiga mansub ayol kishi bilan oila qurishi mumkin bo’lmagan. Bunday holda nikoh haqiqiy hisoblanmagan va ulardan dunyoga kelgan bolla chandal deb hisoblangan. Yuqoridagi keltirilgan holatda masala shundaki braxma varnasiga mansub ayol shudra varnasiga mansub erkak bilan garchi mumkin bo’lmasa ham oila qurdi ammo o’rtada nikoh bo’lmadi. Ular boshqa joydan uyni ijaraga olib birhga yashay boshladi. Oradan vaqt o’tib ular farzandli bo’ldi. Bolasi 1 yoshga to’lmasidan oldin esa ularning sirlari oshkor bo’ldi. Agar bunga Manu qonunlari orqali tahlil qiladigan bo’lsak, ayol erining tabaqasiga mansub bo’lishi shart, ammo, ayrim hollarda erkaklar o’zidan past tabaqaga mansub ayolga uylanishi mumkin. Lekin ayol kishi uchun o’zidan past tabaqaga mansub bo’lgan erkak bilan oila qurish ta’qiqlangan edi. Tepadagi masala aynan erkak shudra tabaqasiga mansub ayol esa braxma tabaqasiga mansubligida. Ulardan tug’ilgan bolalar albatta chandal tabaqasiga mansub deb hisoblanadi. Chunki bu yerda qonunga zid ish ko’rilgan. Agar ularga qonun bilan jazo beriladigan bo’lsa braxma tabaqasiga mansub qiz shudra tabaqasiga mansub bo’lgan erining tabaqasiga aylanadi va ularnin bolalari o’zidan o’zi chandal tabaqasida bo’ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
X. Muxamedov Xorijiy mamlakatlar davlati vs huquqiy tarixi.
6 sinf tarixi.

Foydalanilgan saytlar:
uz.m.wikipedia.org
htt//www.lesmag.ru
htt//www.delicesucre.ru
Download 24,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish