Mantiqiy savollar:
Axloq qoidalariga zid bo‘lgan jihatlarni o‘zida ifodalashi mumkin bo‘lgan intellektual mulk obyekti haqida ayting.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1031-moddasiga asosan, Intellektual mulk obyektlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) intellektual faoliyat natijalari (fan, adabiyot va san’at asarlari, ijrolar, fonogrammalar, efir yoki kabelь orqali ko‘rsatuv, EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalari, ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, selektsiya yutuqlari, oshkor etilmagan axborot, ishlab chiqarish sirlari – nou-xau);
2) fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining, tovarlar, ishlar va xizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalar (firma nomlari, tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari, tovarlar chiqarilgan joy nomi)
3) ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollarda intellektual faoliyatning boshqa natijalari hamda fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining, tovarlar va xizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalar.
Umuman olganda yuqorida keltirilgan intellektual mulk obyektlar ichidan axloq qoidalariga zid bo‘lgan jihatlarni har qanday sohada uchratishimiz mumkin. Xususan, tovar belgilarida, seleksiya yutug’ining nomlanishida, ixtirolarda, sanoat namunalarida, san’at asarlari va ijrolarda, tijorat siridan foydalanishda ko‘proq uchrashi mumkin. Barcha fan, adabiyot, san’at asarlarini va intellektual mulkning boshqa obyektlarini o‘z ijodiy faoliyati asosida erkin yaratish va uning muallifi sifatida hamma tomondan e’tirof etilishini talab qilishga haqli. Lekin ijod erkinligi mutlaqo chegaralanmagan erkinlik emas. Ijod erkinligi axloqsizlik, faxsh, zo‘ravonlik, konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan har qanday asarlar yaratilishiga cheklov qo‘yadi2. Hozirgi davr kinolari va kliplarida juda ko‘plab axloq qoidalariga zid bo‘lgan harakatlar efirga uzatiladi. Bundan tashqari tashqi reklamalarda hamda tovar belgisining chet tilida nomlanishida ham (tarjima qilingan nusxasida) axloq qoidasiga zid so‘zlar mavjud.
Axloq qoidalariga zid bo‘lgan jihatlardan foydalanish milliy qonunchiligimiz bilan ham taqiqlangan, xususan:
2001-yil 30-avgustdagi 267-II-sonli O‘zbekiston Respublikasining “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi Qonunining 10-moddasi 12-bandi ko‘ra“…jamiyat manfaatlariga, odamiylik va axloq qoidalariga zid bo‘lgan belgilar tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi” – deb belgilangan;
2002-yil 29-avgustdagi 395-II-sonli O‘zbekiston Respublikasining “Seleksiya yutuqlari to‘g‘risida”gi Qonunining 13-moddasi ikkinchi qismiga ko‘ra, “…Seleksiya yutug‘ining nomi faqat raqamlardan iborat bo‘lib qolmasligi, seleksiya yutug‘ining xususiyatlari, kelib chiqishi, ahamiyati haqida, muallifning (hammualliflarning) shaxsi haqida yanglishishlarga olib kelmasligi, insonparvarlik va axloq qoidalariga zid bo‘lmasligi lozim.” – deb belgilangan;
2002-yil 29-avgustdagi 397-II-sonli O‘zbekiston Respublikasining “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasi to‘qqizinchi qismi ko‘ra, “…jamoat manfaatlariga, insonparvarlik va axloq qoidalariga zid yechimlar” – ixtiro sifatida e’tirof etilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |