vektor kattalik bo‘lib, sterjen kesimining
K
nuqtasidagi to‘la kuchlanishni ifodalaydi. Demak kuchlanish
kuch/yuza
o‘lchov birligida o‘lchanar ekan. Kuchlanish odatda
kgk/sm
2
, kgk/mm
2
,
N/mm
2
, kN/sm
2
, Pa, MPa
va x.k.z.larda o‘lchanadi. Demak, kuchlanish
vektor kattalik bo‘lib ichki kuchlarning yuza birligidagi miqdori ekan.
To‘la kuchlanishning kesimga perpendikulyar o‘qdagi proeksiyasi
normal kuchlanish
σ
(sigma), kesimda yotuvchi o‘qdagi proeksiyasi esa
urinma kuchlanish
τ
(tau) deb ataladi (1.12-rasm)
1.12-rasm. Yuzadagi normal va urinma kuchlanishlar.
Kesimda hosil bo‘ladigan kuchlanishlar (normal yoki urinma
kuchlanishlar) yuzaga ta’sir qilayotgan ichki kuchlarning tashkil
etuvchilariga va kesimning bo‘ylama o‘qqa nisbatan joylashishiga
bog‘liq. Masalan: bo‘ylama kuch
N
va eguvchi moment
M
eg
ta’sirida
sterjen ko‘ndalang kesimida faqat normal kuchlanish, ko‘ndalang kuch
Q
va burovchi moment
M
bur
ta’sirida urinma kuchlanish paydo bo‘ladi.
Sterjen ko‘ndalang kesimi bilan mos kelmaydigan kesimlarda
kuchlanishlarning boshqa komponentalari ham hosil bo‘lishi mumkin.
Ruxsat etilgan kuchlanishlar va mustahkamlikni baholash.
Materiallar qarshiligida konstruksiya elementlarining mustahkamligi
bo‘yicha fikr yuritish uchun nazariy va tajriba yo‘llari bilan har bir
material uchun kuchlanishlarning chegaraviy qiymatlari aniqlanadi.
Chunki kuchlanishlar ushbu qiymatlardan oshib ketganda konstruksiya
materiali normal ishlashi mumkin emas. Bu kuchlanishlarga eng katta
normal kuchlanish
σ
m.ch.
– materialning mustahkamlik chegarasidagi
24
normal kuchlanish, ruxsat etilgan normal [
σ
] va ruxsat etilgan urinma
[
τ
] kuchlanishlar kiradi. Mustahkamlik chegarasidagi normal kuchlanish
σ
m.ch.
materialning uzilishi oldidan unda hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan
eng katta kuchlanish bo‘lib, uning ta’siridan keyin material ishga
yaroqsiz bo‘lib qoladi. Bu kuchlanish qiymati materialning xossalariga
bog‘liqdir.
Konstruksiya materiali normal ishlashi uchun har doim quyidagi
shart bajarilishi lozim:
σ
max
≤
[
σ
] yoki
τ
max
≤
[
τ
]
.
Ushbu shartlar mustahkamlik shartlari deb ataladi.
Tabiatda mavjud materiallar deformatsiyalanish davrida o‘zini
turlicha tutishiga qarab shartli ravishda plastik va mo‘rt materiallarga
ajratiladi. Plastik materiallarga kam uglerodli po‘lat, mis, alyuminiy va
boshqa metallarni misol qilish mumkin.
Mo‘rt materiallarga misol qilib cho‘yan, tabiiy va sun’iy toshlar va
hokazolarni keltirish mumkin. Plastik materiallar deformatsiyalanish
jarayonida cho‘zilish va siqilishga bir xil qarshilik ko‘rsatadi, ya’ni
[
σ
]
ch
= [
σ
]
s
. Mo‘rt materiallarning cho‘zilishga qarshiligi, siqilishga
qarshiligiga qaraganda ancha kam bo‘ladi, ya’ni [
σ
]
ch
< [
σ
]
s
.
Bu holda mustahkamlikning qo‘shimcha shartlaridan foydalanish
kerak:
max
ch
σ
≤
[
σ
]
ch
max
s
σ
≤
[
σ
]
s
Ba’zi materiallar uchun ruxsat etilgan kuchlanish
[
σ
]
ning
qiymati 1.1-jadvalda keltirilgan. Agar jadvalda berilgan ma’lumotlarda
[
σ
] cho‘zilishga yoki siqilishga tegishliligi aytilmagan bo‘lsa, u holda
berilgan ma’lumot faqat
[
σ
]
ch
ga tegishli bo‘ladi. Ruxsat etilgan
kuchlanishlar haqidagi to‘la ma’lumotlar maxsus ma’lumotnomalarda
berilgan.
Shunday qilib konstruksiya elementini mustahkamlikka hisoblash
uchun uning kesimlarida hosil bo‘ladigan kuchlanishlarning eng katta
qiymatlarini topish kerak ekan.
Eng katta kuchlanishlar hosil bo‘ladigan kesim xavfli kesim
deyiladi.
Ko‘ndalang kesimi o‘zgarmas bo‘lgan sterjenlarda xavfli kesimni
ichki kuchlar epyurasidan aniqlash mumkin, ko‘ndalang kesimi
o‘zgaruvchan sterjenlarda xavfli kesimni aniqlash uchun eng katta
kuchlanishlar epyurasini butun sterjen uzunligi bo‘yicha qurish kerak va
25
Do'stlaringiz bilan baham: |