Tana vazni tibbiy tarozida aniqlanadi.
Tekshiriluvchi poyabzalsiz, ichki kiyimida tarozi o`rtasida qimirlamay tik turishi kerak.
Normada erkaklarning o`rtacha tana vazni, bo`y o`sishi to`xtagandan (20 yoshdan) keyin 70 kg deb qabul qilingan.
Ko`krak qafasi aylanasi.
Tekshiriluvchining tik turgan vaziyatida aniqlanadi. Lentaning yuqori qirrasi oldindan o`g`il bolalar va erkaklarda ko`krak bezi ustidan, o`smir qiz va ayollarda ko`krak bezi ostidan o`rnatiladi. Orqadan lentaning yuqori qirrasi kuraklarning pastki uchi ostidan to`g`ri o`tishi kerak.
Ko`krak qafasi aylanasi odam jismoniy rivojlanishining muhim ko`rsatgichi hisoblanadi. Chunki, ko`krak qafasi aylanasi qanchalik yaxshi rivojlangan bo`lsa, uning bo`shlig`ida joylashgan o`pkalar, yurak va yirik qon tomirlarining funksiyasi shunchalik yaxshi bo`ladi.
Normada 15 yoshdagi o`smirda ko`krak qafasi aylanasi tinch turgan paytda 75-78 sm bo`ladi.
Chuqur nafas olganda ko`krak qafasi aylanasining ko`rsatgichi oshadi, chuqur nafas chiqarganda kamayadi.
Ko`krak qafasi aylanasining chuqur nafas olgan va chuqur nafas chiqargandagi ko`rsatgichlarining bir-biridan farqi ko`krak qafasi ekskursiyasi (razmax) deyiladi. Bu ko`rsatgich qancha ko`p bo`lsa, nafas olish a`zolari funksiyasi shuncha yaxshi rivojlangan hisoblanadi.Tekshiruvda ikkinchi toifali yosh sportchida ko`krak qafasi ekskursiyasi 8-10 sm bo`lgani qayd etiladi.
Jismoniy rivojlanishning fiziometrik-tekshiruv usuli va ko`rsatgichlari.
O`pkaning tiriklik sig`imi - spirometr asbobi yordamida aniqlanadi. Spirometr suvli va havoli bo`ladi.Jismoniy rivojlanish qanchalik yuqori darajada bo`lsa, huddi ko`krak qafasi ekskursiyasi singari, o`pkaning tiriklik sig`imi shuncha ko`p bo`ladi.
Tekshiruvda o`pkaning tiriklik sig`imi sog`lom, jismoniy mashg`ulotlar bilan shug`ullanadigan 15 yoshdagi o`smir (yigitda) 3000 ml, 17 yoshdagi o`smir (yigitda)-3500 ml bo`lgan.
Qo`l muskullari kuchi.
Qo`l dinamometri asbobi yordamida aniqlanadi va kg hisobida baholanadi. Dinamometrni qo`l kaftida ushlab, bor kuch bilan qisiladi. Uning soatga o`xshash strelkasi qo`l kuchini kilogramm hisobida ko`rsatadi.
Tekshiruvda 17 yoshdagi o`smir yigitlarning o`ng qo`li kuchi o`rtacha- 47 kg, chap qo`li kuchi o`rtacha-40,6 kg bo`lgan.Shu yoshdagi o`smir qizlarning o`ng qo`li kuchi o`rtacha- 29 kg, chap qo`li kuchi o`rtacha-26 kg bo`lgan.
Bel muskullari kuchi - tik turib o`lchaydigan dinamometr (stanavoy dinamometr) yordamida aniqlanadi va kilogramm hisobida baholanadi.
Rossiyada o`tkazilgan tekshiruvlarda olingan natijalarga ko`ra gimnastika bilan shug`ullanadigan o`smir yigitlar bel muskullarining o`rtacha kuchi - 176,2 kg, basketbolchilarda - 174,8 kg, voleybolchilarda - 177,5 kg bo`lgan.
Yuqoridagi sport turlari bilan shug`ullanadigan qizlarda bel muskullarining o`rtacha kuchi - 110,6, 109,6, 115,6 kg.
Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishni tizimli yo‘lga qo‘yish, jamiyatda sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini yanada kuchaytirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni zararli odatlardan asrash hamda har bir mahalla, ta’lim muassasalari, mehnat jamoalari va boshqalarda jismoniy tarbiya va sport faoliyatini samarali tashkil etish tizimini shakllantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018-yil 18-dekabrdagi PQ-4063-son qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining aholining yoshiga qarab, umumiy jismoniy tayyorgarligini belgilovchi sport me’yorlarini o‘z ichiga olgan “Alpomish” va “Barchinoy” testlarining aholining keng qatlamlari o‘rtasida musobaqa tarzida doimiy ravishda o‘tkazilishini tashkil qilish hamda g‘olib va sovrindorlarning III, II, va I darajali ko‘krak nishonlari bilan rag‘batlantirilishiga doir takliflari ma’qullanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Aholining jismoniy tayyorgarligi va salomatligi darajasini belgilovchi “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlarini qabul qilish va musobaqalarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom 1-ilovaga muvofiq;
“Alpomish” va “Barchinoy” ko‘krak nishonlari to‘g‘risida nizom 2-ilovaga muvofiq;
“Alpomish” va “Barchinoy” ko‘krak nishonlari va guvohnomalarining tavsifi 3-ilovaga muvofiq;
O‘zbekistonda sportning ommaviyligini yanada oshirish maqsadida milliy sport turlari va xalq o‘yinlarini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 4-ilovaga muvofiq;
Sportning o‘yin turlarini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi aholining umumiy jismoniy tayyorgarligi va salomatligi darajasini belgilovchi “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlarini musobaqa shaklida qabul qilish, “Alpomish” va “Barchinoy” ko‘krak nishonlari va guvohnomalarini tayyorlash hamda g‘olib va sovrindorlarni taqdirlab borish choralarini ko‘rsin.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Belgilab qo‘yilsinki, “Alpomish” va “Barchinoy” ko‘krak nishonlari va guvohnomalarini tayyorlash uchun zarur mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining budjetdan tashqari “Sport” maxsus hisob raqami hisobidan qoplanadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 481-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.08.2020-y., 09/20/481/1169-son)
5. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi bilan birgalikda 2019-yilning 10-fevraldan boshlab barcha telekanallar efirida har kuni uch marta (ertalab, kunduzgi va kechki) 3 — 5 daqiqadan iborat ommaviy badantarbiya mashg‘ulotlari videoroliklari namoyishini joriy etsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar ish vaqti davomida ishlab chiqarish gimnastikasi bilan shug‘ullanishlari haqidagi ma’lumotlarni har chorakda umumlashtirish vazifasi yuklatilsin.
7. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi hamda O‘zbekiston Milliy axborot agentligiga bosma va elektron ommaviy axborot vositalarini, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘ini keng jalb etgan holda, aholi o‘rtasida ushbu qarorning maqsad va vazifalarini muntazam ravishda, har tomonlama yoritish tavsiya etilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduxakimov hamda O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri D.X. Nabiyev zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom aholining jismoniy tayyorgarligi va salomatligi darajasini belgilovchi “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlarini qabul qilish va musobaqalarini o‘tkazish tartibini belgilaydi.
2. “Alpomish” maxsus testlari erkaklar uchun, “Barchinoy” maxsus testlari esa ayollar uchun qo‘llaniladi.
3. “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari (keyingi o‘rinlarda maxsus testlar deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi aholisining jismoniy tayyorgarligi yuzasidan davlat talabini belgilaydi.
4. Maxsus testlar O‘zbekiston Respublikasi aholisining turli yosh guruhlarining (6 — 70 yosh va undan kattalar) (keyingi o‘rinlarda yosh guruhlari deb ataladi) jismoniy tayyorgarligini aniqlaydi.
Maxsus testlar murakkablik darajasi aholining yoshi va jinsiga qo‘ra, bir-biridan farqlanuvchi to‘rt pog‘onada belgilanadi.
Bunda “Hisob” murakkablik darajasi hamda III, II va I darajali ko‘krak nishoni talablari nazarda tutiladi.
“Hisob” murakkablik darajasini bajargan ishtirokchiga ko‘krak nishoni berilmaydi, III, II va I darajali ko‘krak nishoni talablarini bajargan fuqarolarga tegishli sport razryadlari va unvonlari belgilanadi.
5. Jismoniy imkoniyatlari cheklangan fuqarolar uchun maxsus testlar shartlari tashkilotchilar tomonidan sog‘liqni saqlash va sohaga oid boshqa tegishli tashkilotlar bilan kelishib ishlab chiqilgan holda o‘tkaziladi.
6. Maxsus testlar bo‘yicha vazirliklar, idora va boshqa tashkilotlar, ta’lim muassasalari, mehnat jamoalari (keyingi o‘rinlarda tashkilotlar deb ataladi) darajasida maxsus testlardan o‘tish vaqtida betobligi yoki boshqa sabablarga ko‘ra ishtirok eta olmagan o‘quvchi, rahbar, ishchi-xodimlarning maxsus testlar talablarini boshqa kuni topshirishlariga ruxsat etiladi, lekin ular tomonidan yuqori natijalar ko‘rsatilsa ham o‘tgan musobaqaning g‘olib va sovrindorlari tarkibiga qo‘yilmaydi.
7. Maxsus testlar quyidagilarga asoslanadi:
a) ixtiyoriylik va hammaboplik;
b) aholini sog‘lomlashtirish va jismoniy harakatlanishga yo‘naltirish;
v) tibbiy nazoratdan o‘tish majburiyati;
g) milliy qadriyatlar va hududlarning o‘ziga xosligi.
8. Maxsus testlar har bir yosh toifasi bo‘yicha yiliga ikki marta qabul qilinadi:
maxsus testlarni birinchi qabul davrida ishtirokchining jismoniy imkoniyati aniqlanadi (tayyorgarlik sinovi);
maxsus testlarni ikkinchi qabul davrida ishtirokchining jismoniy holatidagi (tayyorgarlik sinovi davriga nisbatan) o‘zgarish aniqlanib, natija belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |