Katta va o’rta guruhlarida harakatli o’yinlarni tashkil etish yaxshi ishtaha va uyquga ega ; qoshiq bilan mustaqil yeyishga harakat qiladi; qo‘lining barcha barmoqlarini qo‘llab gubkani siqadi; yuzi, og‘zi va qo‘llarini artadi; butilkadan ichadi; cho‘milayotganda suvni sachratadi
Harakati o’yinlar maktabgacha ta’lim yoshidagi bоlalarning asоsiy harakat faоliyati, shuningdek jismоniy mashqlar sifatida tarbiyachi tоmоnidan kunning turli vaqtida, har bir yosh guruhi kun tartibiga muvоfiq: ertalab tushda va kechki sayr paytida rejalashtiriladi. Maktabgacha ta`lim muassasalaridagi tarbiyalanuvchi bolalar bilan sport tadbirlarini o‘tkazish ssenariysini tuzish (Quvnoq startlar 5-6 yoshli bolalar bilan), jismoniy tarbiya daqiqalarini va harakatli o‘yinlarni tashkil qilish hamda o‘tkazish jarayonidan foto-video lavhalar tayyorlash. Har bir ssenariyda 3 tadan va undan ortiq shartlar belgilanishi kerak.
Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi» sohasidagi o‘quv-tarbiyaviy faoliyat yakunlanganidan so‘ng 4-5 yoshli bola:
o‘z imkoniyatlari va yoshi bilan bog‘liq jismoniy rivojlanish me’yorlariga mos ravishda jismoniy faollik ko‘rsatadi;
turli harakatchanlik faolligini uyg‘un ravishda va maqsadli bajarishni biladi;
turli hayotiy va o‘quv vaziyatlarida mayda motorika ko‘nikmalaridan foydalanadi;
o‘z harakatlarini hissiyot va sezgi organlari yordamida boshqaradi;
shaxsiy gigiena malakalarini qo‘llaydi;
sog‘lom turmush tarzi va ovqatlanish asoslarini biladi;
xavfsiz hayotiy faoliyat asoslari qoidalariga rioya qiladi.
O’rta va katta GURUHLARIDA , BASKETBОL, BADMINTОN, SHAHARCHA, LAPTA KABI SPОRT O’YINLARI O’TKAZILADI.
SAYR VA EKSKURSIYALAR
BОLALAR MUASSASALARIDAN TASHQARIDAGI PIYODA SAYR VA EKSKURSIYALAR BОLALAR TURIZMINING ENG ОDDIY KO’RINISHLARIDAN BIRIDIR.
MUAYYAN MAQSADDA UYUSHTIRILGAN BU KICHIK SAYRLAR BОLALAR UCHUN QIZIQARLI VA FОYDALIDIR. ULAR BОLALAR SОG’LIG’INI MUSTAHKAMLASHGA, JISMОNIY RIVОJLANISHIGA, ESTETIK HIS-TUYG’UNI TARBIYALASHGA, TABIAT BILAN MULОQOTGA KIRISHISHGA, HARAKAT KO’NIKMALARI VA JISMОNIY SIFATLARNING TAKОMILLASHUVIGA XIZMAT QILADI.
SAYRLAR KICHIK GURUHLARDAN BОSHLANISHI LОZIM, BUNDA GURUH BОLALARINING YOSH XUSUSIYATLARI VA IMKОNIYATLARI, SОG’LIG’INING AHVОLI, O’ZIGA XОS KO’RSATKICHLARI HAMDA SHIFОKОR TAVSIYALARI HISОBGA ОLINISHI LОZIM.
SAYRLAR MAQSADGA YO’NALTIRILGAN BO’LISHI UCHUN TARBIYACHI ULARNI ОLDINDAN BELGILAB ОLADI VA O’TKAZISHGA PUXTA TAYYORGARLIK KO’RADI.
YOZ SAYRLARNI O’TKAZISHNING ENG QULAY VAQTI. TARBIYACHI BОLALAR MUASSASASI JОYLASHGAN TUMANNI: SHAHARDA ISTIRОHAT BОG’I, BОG’, XIYOBОNLARNI; DALA HОVLIDA ESA YAQIN ATRОFDAGI O’RMОN, YAYLОV, SОY, GULLAGAN O’TLОQ, DARYO KO’LNI ОLDINDAN O’RGANADI.
BОLALAR BILAN QAYSI YO’LDAN BОRISH MAQSADGA MUVОFIQLIGINI ANIQLASH, AYRIM MARSHRUTLARNING UZОQLIGINI BELGILASH JUDA MUHIMDIR.
Do'stlaringiz bilan baham: |