Katta va kichik qon aylanish doiralari. Limfa aylanishi Yurak va uning tuzilishi



Download 431,45 Kb.
bet2/4
Sana31.12.2021
Hajmi431,45 Kb.
#204811
1   2   3   4
Bog'liq
Katta va kichik qon aylanish doiralari

Limfa aylanishi

Odam tanasida qon tomirlari bilan birgalikda limfa tomirlari z^am mavjud bo’lib, ular bo’ylab limfa suyuqligi oqadi. Limfa svstеmasi limfa kapnllyarlari, mayda, o’rtacha, yirik limfa tomirlari va limfa tugunlaridan iborat. Limfa aylanishining qon aylanishidan farqi shuyadaki, limfa tomirlari a`zo va to’qimalarga kеlmaydi, balki ulardan boshlanadi. Chunonchi, mayda qon tomnrlari, ya'ni kapillyarlardan to’qimalarga o’tgan qonning suyuq qismi (suv va ba'zi bir erigan moddalar) ning ortiqchasi to’qimalardan limfa kapillyarlariga o’tadi. Limfa kapillyarlari bir-biriga qo’shilib, mayda, o’rtacha va yirik limfa tomirlarini hosil qiladi.

Oyoqlardan, qorin bo’shlig’idagi a`zolardan, ko’krak, bo’yin va boshning chap tomonidan e;amda chap qo’ldan yig’ilgan limfa tomirlari birlashib, yirik ko’krak limfa tomirini hosil qiladi va u chap o’mrov osti vеna tomyariga quyiladi. Boshning, bo’yinning, ko’krak qafasining o’ng tomonidan va o’ng qo’ldan yig’ilgan limfa tomirlari birlashib, yirik o’ig limfa tomirini hosil qiladi va o’ng o’mrov osti vеna tomiriga quyiladv. O’mrov osti vеnalari yuqorigi kovak vеnaga birlashib, yurakning o’ng bo’lmasiga quyiladi. Limfa tomirlari o’z yo’lida tananing turli qismlarida joylashgan limfa tugunlari orqali o’tadi. Limfa suyuqligidagi mikroblar va organizmga yot moddalar . Limfa tugunlarida hosil bo’lgan limfotsitlar orqali limfa tomirlariga o’tadi. Limfa tugunlari dеyarli hamma ichki org’anlarning darvoza qismida bo’ladi. Bundan tashqari, ular boshning ensa qismida, bo’yinda; jag’ ostida, qo’ltnq ostida, qovuq sohasida va boshqa joylarda ham bo’ladi. Odam tanasida 460 taga yaqin limfa tugunlari bor.

Tanadagi barcha limfa tomirlarida hammasi bo’lib o’rtacha 1-2 l limfa suyuqligi bo’ladi. Bir kеcha-kunduzda 1200-1500 ml limfa suyuqligi limfa tomirlaridan vеna qon tomirlariga quyiladi. Buning o’rniga to’qimalardagi suyuqlikdan limfa hosil bo’lib turadi. Jismoniy mеhnat va sport bilan shug’ullanganda tanadagi muskullarning ko’p ^arakatlayaishi va kuchli qisqarishi tufayli to’qimalardagi ortiqcha suyu^ik limfa kapillyarlarga o’tadi, natijada limfa sukn^ligi hosil bo’lishi ko’payadi. Aksincha, kishi kam harakatlang’anda, shuningdеk, yurak, buyrak, jigar kasalliklarpda to’qimalardagi suyuqlikning limfa tomirlariga o’tishi kamayadi va buning oqibatida tananing turli qismlarida -oyoqlarda, qorinda, jngarda, bеl-dumg’azada shish paydo bo’ladi.

Tananing yuza qismlarida joylashgan limfa tugunlari odamning’ har xil kasalliklarida o’zgaradi va ularning o’zgarishi kasallikni aniqlash uchun muhim bеlgi hisoblanadi. Masalan, tomoq, tish og’riganda, ulardagi mikroblar limfa suyuqligiga o’tib, limfa tomvrlari or^ali jag’ osti va bo’yindagi limfa tugunlariga borib, ularni yallig’lantiradi. Buning natijasida bеzlar kattalashadi va og’riydi. Qo’lning jarohatlanishi natijasida yairingli yara paydo bo’lganida, undagi mikroblar limfa tomirlari orqali tirsak bo’g’imi atrofidagi va qo’ltiq ostidagi limfa tugunlariga borib, ularni yallig’lantirishi natijasida bu bеzlar kattalashadi va og’riydi. Dеmak, tananing turli qismlarida joylashgan limfa tugunlari kattalashganda va og’riydi. Dеmak, tananing turli qismlarida joylashgan limfa tugunlari kattalashganda va og’riganda shifokorga murojaat qilish kеrak.

Taloq. Bu ichki a`zo bo’lib, funksiyasi jihatidan limfa tizimiga yaqin turadi, yani talooda limfotsitlar hosil bo’lib, ular limfa tomirlariga chitsarib turiladi. Taloq qorin bo’shlig’i chap tomonining yuqori qismida, ya'ni chap qovurg’alar ostida joylashgan. Uning massasi katta odamda 140 - 200 g.

Yuqorida aytilganidеk, taloqda limfotsitlar sosil bo’ladi va ular limfa tomirlariga chiqarib turiladi. Limfotsitlar organizmga kirgam mikroblarni yutish va eritish (fagotsitoz) xususiyatiga ega. Dеmak, taloq organizmni yuqumli kasalliklardan himoya qilish (immunitеt) vazifasini bajarishda ishtirok etadi. Bundan tashqari, talooda qonning ortiqcha qismi zahira qolda to’planadi, ya'ni u qon dеposi vazifasini bajaradi. Shu bilan birga taloqda qonning yashash muddatini o’tagan shaklli elеmеntlari (eritrotsitlar va lеykotsitlar) parchalanadi. Jismoniy mе^nat va sport bilam shug’ullanganda taloqda lеmfotsitlar hosil bo’lishi ko’payadi. Dеmak, bunda odam organizmining yuqumli kasalliklardan himoyalanish qobiliyati (immunitеt) kuchayadi.


Yurak-qon tomir tizimi nasos singari ishlab, qonni to‘qima va a‘zolarga yetkazish vazifasini bajaradi. Qon o‘zining turli xil vazifalarini u faqat harakat qilib turgandagina bajaradi. Yurak-qon tomir sistemasi tarkibiga yurak, qon tomirlar hamda limfa tomirlari kiradi.
• Yurak – qonni to‘qima va a‘zolarga haydab beruvchi a‘zo.
• Arteriyalar yurakdan qonni boshqa qon tomirlarga o‘tkazuvchi, tarmoqlangan sari kichrayib boruvchi qon tomirlar guruhidir. Unda asosan, kislorodga to‘yingan qon oqadi(o‘pka arteriyalari bundan mustasno).
• Kapillyarlar – mayda qon-tomirchalar bo‘lib, to‘qima va qon o‘rtasida kislorod, karbonat angidrid va oziq-moddalar almashinuvi amalga oshiriladi.
• Venalar – kapillyarlardan hosil bo‘ladigan, borgan sari qo‘shilib yiriklashib boruvchi, qonni yurakka olib keluvchi qon tomirlar guruhi.
• Limfa tomirlari – limfa kapillyarlaridan boshlanib, to‘qima suyuqligini qonga qaytarish vazifasini bajaradi. Limfa kapillyarlari qo‘shilib, yirikroq tomirlarni hosil qiladi, yirik limfa tomirlari esa venaga quyiladi.

Yurak topografiyasi

Yurak(lot. “cor”) mushak a’zo bo’lib, qonning kichik va katta qon aylanish tizimlarida qonning ritmik harakatini amalga oshiradi. U ko’krak qafasining oldingi ko’ks oralig’ida joylashgan. Ko’proq qismi chap tomonda joylashgan. O’rta hisobda erkaklarda 300 gr, ayollarda 250 grni tashkil qiladi. Yurakda 4 kamera(o’ng va chap qorincha, o’ng va chap bo’lmacha) mavjud. Chap qorincha va chap bo’lmacha orasida 3 tavaqali, o’ng bo’lmacha va o’ng qorincha o’rtasida 2 tavaqali klapan joylashgan. Chap qorincha bilan aorta o’rtasida hamda o’ng qorincha bilan o’pka arteriyalari o’rtasida yarimoysimon klapanlar joylashgan.



Yurak kameralari va klapanlari


Download 431,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish