Bolalar uchun amaliy ish.
Stol ustiga katta va kichik shakllar 4 ta qismga bo’lib aralashtirib qo’yiladi. Bolalar qismlarni to’g’ri topib birlashtirib, katta va kichik shakllarni yasaydilar.
Har bir shakl alohida rangda bo’lsa bolalar ularni birlashtirishda qiynalmaydilar. Topshiriqni murakkablashtirish uchun hamma shakllarni bir xil rangda qilish ham mumkin.
Tetiklashtiruvchi mashq.
Tarbiyachi: Bolajonlar, doira shaklida turib oling. Endi lenta yordamida doirani teng 2 ga bo’lamiz. Buning uchun ikki tomondagi ikkita bola ipni ushlaydi. Doiramiz teng 2 ga bo’lindi. Doirani 4 ta teng qismga ham bo’lishimiz mumkin. Buning uchun ikki tomondagi yana ikkita bola lentani ushlaydi. Mana doiramiz lentalar yordamida 4 ta teng qismga bo’lindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |