Bolalar uchun amaliy ish.
Rasmni davom ettiring. 5-doira va ovalni qizil rangga bo’yang. 8-oval va doirani sariq rangga bo’yang. Qolgan doira va ovalni xohlagan rangga bo’yang.
Nechta oval bo’lsa, oxirgi oval shakliga shuncha nuqta qo’ying.
Nechta doira shakli bo’lsa, oxirgi doira shakliga shuncha nuqta qo’ying.
Tetiklashtiruvchi mashq.
Tarbiyachi: Bolajonlar, bir-birimizning qo’llarimizni ushlab doira bo’lib turamiz, endi oval bo’lib turamiz. Kichkina oval bo’lamiz, katta oval bo’lamiz. Kichkina doira bo’lamiz, katta doira bo’lamiz.
Bilimlarni mustahkamlash uchun o’yin: “Rangli doiralar va ovallar”.
Doira va ovallarni faqlash, katta-kichik narsalarni taqqoslash.
Jihoz: Katta doiralar va ovallar. Har xil kattalikdagi doirachalar va ovallar.
Bolalarga topshiriq: Kichik doiralarni katta doiraga shunday joylashtiringki, natijada yaxlit rang hosil bo’lsin. Doiralarni kattaligiga qarab joylashtirib, so’z bilan ifodalang. (Xuddi shu shart bo’yicha ovallar bilan ishlash).
O’yinning mazmuni: O’yinda hamma bolalar ishtirok etadilar. Tarbiyachi har bir bolaga doiralar va ovallar to’plamini berib chiqadi. Shakllarni ko’rib chiqish, kattaligini, rangini, aytishni topshiradi. So’ngra bolalarga doira va ovallarni namunaga qarab joylashtirib chiqishni taklif qiladi.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
1. Amaliy ishdagi oxirgi ovalga nechta nuqta qo’ydingiz?
2. Amaliy ishdagi oxirgi doiraga nechta nuqta qo’ydingiz?
3. Katta rangli doiraga nechta kichik doirachalarni joylashtirdik?
4. Katta rangli ovalga nechta kichik ovallarni joylashtirdik?
Faoliyat yakunida bolalarni rag’batlantirish.
Vaqt haqida tasavvur
Mavzu: Hafta kunlari bilan tanishtirish
Maqsad:
Bolalarda hafta kunlari haqida dastlabki tushunchalarni hosil qilish.
Bolalarni hafta kunlarining nomlari bilan tanishtirish va farqlashga o’rgatish.
Kutilayotgan natijalar:
Bolalar hafta kunlarining nomlarini bilib oladilar va farqlaydilar.
Bolalar hafta kunlarining nomini nutqda to’g’ri ifodalashni o’rganadilar.
Kerakli jihozlar:
Hafta kunlarini ifodalovchi doirachalari bor katta doira shakli (diametri 15 sm), (har bir bolaga bittadan).
Hafta kunlarini ifodalovchi (shartli ravishda) 1 dan 7 gacha son bilan ko’rsatilgan kartochkalar jadvali.
Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi: Bolajonlar, mana bu topishmoqni topishga harakat qilib ko’ringlarchi:
Otlari har xil,
Yoshlari bir xil.
Meni diqqat bilan eshitsangiz, topishmoqning javobi nima ekanligini bilib olasizlar.
1. Bolajonlar kecha qaysi kun edi?
2. Bugun qaysi kun?
3. Ertaga qaysi kun bo’ladi?
4. Bolajonlar, bir haftada necha kun bor?
5. Hafta kunlarini kattalar qanday biladilar?
Bolajonlar, kecha dushanba kuni edi. Bugun seshanba. Ertaga chorshanba. Dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma, shanba, yakshanba bular hafta kunlari. Bir haftada 7 kun bor. Biz dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma kunlari bog’chaga kelamiz. Shanba va yakshanba kunlari uyda dam olamiz.
Bolalar, topishmoq nima haqida ekan? (Topishmoq yana takrorlanadi).
Bolalarning javoblari.
Bolalar uchun amaliy ish.
T arbiyachi: Hafta kunlarini kattalar kalendardan biladilar. Biz kattalarnikidan farq qiladigan mana bunday kalendar asosida hafta kunlarini o’rganamiz. Istalgan kunni bizning kalendardan doirachalardagi raqamlardan bilish mumkin.
1 raqami-dushanba
2 raqami-seshanba
3 raqami-chorshanba
4 raqami-payshanba
5 raqami-juma
6 raqami-shanba
7 raqami- yakshanbani
bildiradi.
Bolalar o’zlaridagi kalendar bilan ishlaydi. “Hafta” kalendarini “Ob-havo” kalendari bilan yonma-yon ilib qo’yish mumkin, bolalar har kuni strelka bilan haftaning o’tayotgan kunini belgilaydilar.
Bilimlarni mustahkamlash uchun o’yin: “Hafta”.
Kerakli jihozlar: Hafta kunlarini ifodalovchi (shartli ravishda) 1 dan 7 gacha son bilan ko’rsatilgan kartochkalar jadvali.
O’yin mazmuni: Tarbiyachi 1 raqami yozilgan kartochka dushanbani bildirishini, 2 raqami yozilgan kartochka –seshanbani bildirishini va nihoyat 7 raqami yozilgan kartochka yakshanbani bildirishini tushuntiradi.
Bolalar xor bo’lib hafta kunlarining nomini takrorlaydilar. Tarbiyachi 7 ta bolani chaqiradi va ularga kartochkalarni beradi. 7 ta bolaning har biri haftaning qaysi kuni bo’lganligini aytadi.
So’ngra tarbiyachi haftaning istagan kunini aytadi, masalan: “chorshanba”. O’zini “chorshanba” deb aytgan bola birinchi bo’lib turadi. “Hafta saflan!” komandasiga muvofiq bolalar chorshanbadan oldin va keyin to’g’ri ketma-ketlikda saflanishlari kerak. Agar safda xato bo’lsa boshqa bolalar to’g’rilaydilar va hafta kunlarini tartib bilan aytadilar. O’yin shu tarzda davom etadi.
Tarbiyachi: Bolajonlar, sizlarga aytgan topishmog’im nima haqida ekan?
To’g’ri, hafta kunlari haqida.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
1. Bir haftada necha kun bor?
2. Qaysi kunlari biz dam olamiz?
3. Seshanbadan keyin qaysi kun keladi?
4. Juma kunidan keyin qaysi kun keladi?
5. Chorshanbadan keyin qaysi kun keladi?
Faoliyat yakunida bolalarni rag’batlantirish.
Son va sanoq
Do'stlaringiz bilan baham: |