Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
1. 10 sonidan oldin qaysi son joylashgan?
2. Barmoqlaringiz nechta?
3. 10 dan 1 gacha teskari sanashda barmoqlaringizdan foydalana olasizmi? Sanab bering.
4. 5 sonidan oldin qaysi son joylashgan?
5. 9 sonidan oldingi va keyingi sonni ayting.
Faoliyat oxirida barcha bolalarni rag’batlantirish.
Geometrik shakllar
Mavzu: Tayoqchalardan turli shakllar hosil qilishni o’rgatishni davom ettirish
Maqsad:
Bolalarning geometrik shakllar (uchburchak, kvadrat, to’g’ri to’rtburchak), uzunlik (eng uzun, kaltaroq, eng kalta), sanoq (10 ichida) haqidagi tasavvurlarini mustahkamlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |