Bilimlarni mustahkamlash uchun o’yin: “Mozaika”.
Qushlar, hasharotlar, gullar, hayvonlar, idishlarning rasmlari tasvirlangan katta va kichik to’rtburchak shakllarini 4 qismga bo’lish.
Bolalar shakldagi tasvirni va shaklning qismlarini to’g’ri topgan holda birlashtiradilar.
O’yinni musobaqa shaklida olib borib yanada qiziqarli qilish mumkin.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
1. Shakllarda surat tasvirlangan bo’lsa yig’ish osonmi yoki suratsiz
bo’lsami?
2. Katta shaklning 1 qismi kattami yoki kichik shaklning 1 qismimi?
3. Katta shaklning 1 qismi kichikmi yoki kichik shaklniki?
4. Bir xil rangdagi shakllarni yig’ish osonmi yoki har xil
rangdagilarinimi?
5. Mozaika o’yini yoqdimi? Nimasi bilan yoqdi (yoqmadi)?
Faoliyat yakunida bolalarni rag’batlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |