Bilimlarni mustahkamlash uchun o’yin: “Bayroqchaga qarab yur”.
Bu o’yin bolalarning xotirasini, diqqatini rivojlantiradi. Bolalarning fazoviy tasavvurlarini mustahkamlaydi.
Tarbiyachi Faoliyat boshlanishidan oldin xonaning turli joylariga bayroqchalar qo’yib chiqadi. Buratino yoki boshqa ertak qahramoni tarbiyachi yordamida bolalarga topshiriq beradi: “Derazagacha borib, o’ngga 3 qadam yur va uchburchak shaklidagi bayroqchani ol”, bola topshiriqni bajarib bayroqchani topadi. Bolalar bunday topshiriqlarni osongina bajarsalar, topshiriqlar murakkablashtiriladi. Masalan: “5 qadam oldinga yur, chapga o’giril, yana 2 qadam yur, o’ngga buril. U erda to’rtburchak shaklidagi bayroqchani topasan”. O’yin bir necha marta takrorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |