Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
1. Ikkita qismdan nechta butun yasash mumkin?
2. Bitta butunni nechta qismga bo’ldik?
3. Butun kichkinami yoki qismmi?
4. Qanday holda qism hosil bo’ladi?
5. Butun kattami yoki qism kattami?
6. Kvadratning 2 dan bir qismini ko’rsating
Faoliyat yakunida bolalarni rag’batlantirish.
Fazoviy tasavvur
Mavzu: Atrofdagi narsalarning o’ziga nisbatan vaziyatini so’z bilan ifodalash ko’nikmasini mustahkamlash
Maqsad:
Bolalarning fazoviy tasavvurlarini rivojlantirish.
Kutilayotgan natijalar:
Bolalarda atrofdagi narsalarning o’ziga nisbatan holatini aniqlay olish ko’nikmasi shakllanadi.
Bolalar atrofdagi narsalarning o’ziga nisbatan vaziyatini so’zda ifodalashni o’rganadilar.
Kerakli jihozlar:
Qo’g’irchoq.
O’yinchoq jihozlar to’plami.
Turli o’yinchoqlar.
Oq qog’oz, qalam, 2 ta tayoqcha.
Do'stlaringiz bilan baham: |