Tetiklashtiruvchi mashq.
Tarbiyachi: Bolajonlar, bir qator bo’lib turib olinglar. Men “doira” desam, doira shaklida turib olasizlar. “2 ta doira” desam, darrov 2 ga bo’linib, 2 ta doira bo’lib turasizlar. “Kvadrat” desam, kvadrat shaklida, “2 ta kvadrat” desam, 2 ta kvadrat shaklida turasizlar.
Bolalar bilimini mustahkamlash uchun o’yin: “Domino”.
“Domino” o’yini uchun tayyorlangan kartochkalarda butun, yarimta holda tasvirlangan kvadrat, doira shakllari bo’ladi. Bolalar bu kartochkalarni bo’lib oladilar va domino o’yini qoidalariga rioya qilib o’ynaydilar. Faqat o’yin davomida qanday shaklning butun yoki 1 ta qismini qo’yganligini ovoz chiqarib aytishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |