Kataliz (yun. Katalysis buzilish, parchalanish) kimyoviy reaksiyal tezligining baʼzi moddalar (katalizatorlar) taʼsirida oʻzgarishi



Download 259,3 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/13
Sana20.06.2022
Hajmi259,3 Kb.
#683670
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
katalizator

atomlar 
deb atadi. Demokrit ta‘biri bilan aytganda, atomlar 
shakli va o’lchami jihatidan nihoyatda xilma- xil bo’lishi mumkin, lekin ularning hammasi bir 
turdagi materiyaning o’zidan tuzilgan. Olamda atomlar va ular orasidagi bo’shliqdan boshqa 
hech narsa yo’q. Moddalar orasidagi farq shu moddalarni hosil qilgan atomlar soniga, 
o’lchamiga va qay tariqa joylashganligiga bog’liq, xolos. Atomlar doimo harakatda bo’ladi. 
Jismlarning soviganda torayishi, qizdirilganda kengayishi, va nihoyatda, suyuqlanishi
eritilganda suv bilan aralashishi va boshqa hodisalar atomlarning harakatidan kelib chiqadi. 
Sodir bo’ladigan har qanday o’zgarish atomlarning o’zaro birikishidan va ularning bir- biridan 
ajralishidan iborat.
Demokritning atomistik ta‘limoti umum tomonidan e‘tirof qilinmadi. Shundan keyin taraqqiy eta 
boshlagan falsafa barcha hodisalarni moddaning abstrakt sifatlariga asoslanib tushuntirishga 
urindi. 
Keyingi asrlarda tabiiyot fanining rivojlanishiga ta‘sir ko’rsatgan Arastu (Aristotel) ta‘limoti bu 
falsafaga asos bo’ldi. U butun borliqning negizi ibtidoiy materiyadir deb hisobladi. Bu materiya 
abadiy bo’lib, yo’qdan bor bo’lmaydigan va bordan yo’q bo’lib ham ketmaydi, uning tabiatdagi 
miqdori o’zgarmaydi. Ibtidoiy materiyaga biz seza oladigan va juft- jufti o’zaro qarama- qarshi 
bo’lgan to’rtta asosiy sifat: issiqliq va sovuqliq, quruqlik va namlik xosdir. Moddalarning xilma- 
xil bo’lishiga sabab shuki, ularda ana shu sifatlardan turli miqdorda bo’ladi. Aristotel bu 
sifatlarni juft- jufti bilan ko’shib, Empedoklning to’rt elementini-tuproq, suv, olov va havoni 
keltirib chiqardi.
Yunon faylasuflari materiyaning ichki tuzilishini tushunish maqsadida asosiy e‘tiborni abstrakt 
nazariyalarga qaratgan bo’lsa, boshqa mamlakatlarda kimyoviy o’zgarishlar qakidagi amaliy 
ma‘lumotlar asta- sekin to’plana bordi. 
Misrliklarning amaliy kimyosi va Yunon olimlarining falsafiy tasavvurlari asosida miloddan 300 
yil avval qadimiy dunyoning madaniy markazi Aleksandriyada akademiya va kutubxonalar 
tashkil topdi. Misrni arablar zabt etganidan keyin, Aleksandriya akademiyasining boyliklari VII 
asrda arablar qo’liga o’tadi. Arablar «kimyo» so’zi oldiga, arab tiliga xos «al» qo’shimchasini 


qo’shib kimyoni «alkimyo» deb ataganlar. Arablar faoliyati natijasida kimyoviy ma‘lumotlar 
birmuncha rivljlandi; ular yangi- yangi moddalar kashf qildilar. VIII asrda kimyoviy bilimlar 
arablardan Ispaniyaga va undan Yevropaga o’ta boshlaydi. Qadimiy Markaziy Osiyo, jumladan 
o’zbek olimlari ham dunyo adabiyotida arab olimlari qatoriga kiritilganlar.
Hozirgi Markaziy Osiyo hududida ijod etgan tabiatshunoslar orasida dunyoga tanilgan 
olimlardan buxorolik Abu Ali ibn Sino (980-1037) tibbiyot sohasida ko’p ishlari bilan 
mashxurdir. Uning fikricha kimyoviy bilimlar oddiy moddalardan oltin olishga emas, balki 
dorivor moddalar yaratishga xizmat qilishi kerak. 
Xorazmda yashab ijod etgan Abu Rayxon Beruniy (980-1048) ning «Qimmatbaho toshlarni bilib 
olish bo’yicha ma‘lumotlar to’plami» degan risolasi o’sha zamondagi Markaziy Osiyo, Yaqin 
Sharq, hatto Yevropada ham ma‘danshunoslik sohasidagi eng yirik asar hisoblangan.
Arablarning Janubiy Ispaniyani istelo etishi kimyoga doir amaliy bilimlarning Garbiy Yevropaga 
yoyilishiga yo’l ochdi, bu bilimlar bilan birga noasl metallarni oltinga aylantirish mumkin degan 
g’oya ham yoyildi. Kimyo tarixida bu davr alkimyo davri deb ataldi. O’rta asrlarda Yevropada 
ilmiy fikr tamomila qatolik cherkovning ta‘siri va nazorati ostida edi. Aristotelning ruxoniylar 
sohtalashtirib yuborgan ta‘limoti hukmron edi. Bu ta‘limotga shubha bilan qaragan har qanday 
kishi qattiq ta‘qib qilinar edi. O’rta asrlarda fan bir joyda qotib qoldi va bilimlar tushkunlikka 
uchradi. Alkimyogarlarning butun harakati sirli «falsafiy toshlar» ni axtarib topishga qaratilgan 
edi. Fanning rivojlnishida ijobiy rol uynagan arab alkimyosiga qarama-qarshi ularok, G’arbiy 
Yevropa alkimyosi reaktsion, ilmga xilof oqim bo’lib, cherkov bilan feodallar manfaati 
uchungina xizmat qildi. Kimyoning rivojlanashida burilish yasagan davr o’yg’onish davri bo’ldi. 
Bu davrda hayot kimyo oldiga yangidan-yangi amaliy masalalarni quydi. Kasalliklarni 
davolashda kimyoviy preparatlardan foydalanish tajribalari kimyoda yangi bir oqim, ya‘ni 
tabiyot kimyosi oqimini vujudga keltirdi. Bu oqim tarafdorlari (asoschisi Paratsels) kimyoning 
asosiy maqsadi dori moddalar tayyorlash deb hisoblar edilar. 
Tabiatni hayotdan ajratilgan holda o’rganish XVII asrdagina yo’qola boshladi va kimyo fani aniq 
tajriba natijalariga asoslanib xulosalar chiqaradigan bo’ldi. Kimyoda bu yangi oqimga Robert 
Boyl asos soldi. Bu olim fikricha kimyoviy tajribalar o’tkazish, kuzatishlar olib borish natijasida 
ma‘lumotlar to’plash lozim. Kimyoning maqsadi jismlarning tuzilishini o’rganishdir, jismlarning 
tuzilishini bilishning vositasi esa ularni elementlarga parchalashdan iborat kimyoviy analizdir. 
Boyl ta‘limotiga ko’ra, element murakkab jismlar tarkibiga kiradigan va murakkab jismlar 
parchalanganda hosil bo’ladigan eng oddiy jismlardir. R.Boylning kimyo sohasida qilgan ishlari 
va uning tekshirish uslubi kimyoning rivojlanashiga katta yordam berdi. Bu davrdan boshlab 
pnevmatik kimyo (gazlar kimyosi ) rivojlana bordi. XVII asrning oxiridda nemis kimyogari Shtal 
yaratgan flogiston nazariyasi xukumron edi. Bu nazariyaga ko’ra, barcha yonuvchi moddalarda 
flogiston, ya‘ni olov modda mavjud. Bunday modda metallarda ham bo’ladi, ayniqsa ko’mirda 
ko’p. Vaqt o’tishi bilan juda ko’p kuzatishlar o’tkazish natijasida flogiston nazariyasiga zid 
ma‘lumotlar to’plandi va deyarli bir asr xukumronlik qilgan bu nazariya kimyoning 
rivojlanishiga to’siq bo’lib qoldi. XVIII asr boshlarida kimyogarlar olovning tabiati va yonish 
jarayonining mohiyatiga katta e‘tibor berdilar. Yonishning ilmiy nazariyasini yaratishda Rossiya 
olimi M. V. Lomonosovning xizmati katta bo’ldi. U og’zi kavsharlab berkitilgan retorta deb 
nomlanuvchi idishda metallarni qattiq qizdirib, kimyoning rivojlanishi uchun muhim yangiliklar 
kashf etdi. Shu tajribalarga asoslanib, Lomonosov metallar qizdirilganda ular havo bilan birikadi, 
degan xulosaga keldi.
Keyinchalik frantsuz olimi A.Lavuaze yonish, moddalarning havodagi kislorod bilan birikish 
reaktsiyasi ekanligini isbotladi. Lavuaze flogiston nazariyasiga zarba berib, yonish va 


oksidlanish jarayonlarining mohiyati haqida to’g’ri va aniq ilmiy nazariya yaratdi. Kimyoning 
aniq fan sifatida rivojlanishida ingliz olimi J.Daltonning atomistik tasavvurlari hal qiluvchi rol 
o’ynadi. Binobarin, atomistik ta‘limotni rivojlantirgan Rossiya olimi M.V.Lomonosov bilan 
ingliz olimi J.Daltonni hozirgi zamon kimyosining asoschilari deb atalsa xato bo’lmaydi. 
Kimyo fanining rivojlanishida Rossiya olimlaridan D.I.Mendeleev bilan A.M.Butlerovning 
xizmati katta. Moddalarning tuzilishini tekshirishda, tekshirish natijalariga ko’ra kerakli xossaga 
ega bo’lgan moddalar hosil qilishda A.M.Butlerovning moddalar tuzilish nazariyasi katta rol 
o’ynadi.

Download 259,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish