Matematika fanidan umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘quv dasturi 5-9 sinf Uqtirish xati



Download 26,25 Kb.
bet1/3
Sana03.01.2022
Hajmi26,25 Kb.
#314686
  1   2   3
Bog'liq
Matematika fanidan umumiy o


Matematika fanidan umumiy o‘rta ta’lim maktabining
o‘quv dasturi
5-9 sinf
Uqtirish xati
Mustaqil O‘zbekistonning milliy mafkurasi, ma’naviyatini
shakllantirishda, qaror toptirishda xalq ta’limi tizimining ahamiyati
nihoyatda salmoqlidir. Hozirgi o‘qituvchilarning mehnat faoliyati XXI
asrda o‘tadi, demak, ularning yangi asrda qanday bilimlar olishi o‘ta
muhimdir. Shuning uchun o‘quv darsliklari milliy mafkura,
umuminsoniy qadriyatlarga va boy o‘tmish merosimizga asoslangan
bo‘lishi, shuningdek, mustaqil va bozor iqtisodiyoti sharoitida yuzaga
chiqqan davlat va milliy ehtiyojlarni qondirishga qaratilmog‘i lozim.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun matematikadan uzviylashtirilgan
dastur mustaqil diyorimizning iqtisodiy, madaniy, ma’rifiy va ma’naviy
rivojlanish dinamikasini o‘quvchilar ko‘z oldida namoyon etish va ular
ongiga singdirishga xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim
to‘g‘risida»gi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va Davlat ta’lim
standartlari talablaridan kelib chiqqan holda matematika o‘qitishning
umumiy maqsad va vazifalari aniqlanadi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida matematika o‘qitishdan ko‘zda tutilgan
asosiy maqsad-hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti sharoitlarini hisobga
olgan holda har bir jamiyat a’zosining mehnat faoliyati va kundalik
hayoti uchun zarur bo‘lgan matematik bilim, ko‘nikma va malakalarni
berish, shuningdek, o‘quvchilarning hayotiy tasavvurlari bilan amaliy
faoliyatlarini umumlashtirib borib, matematik tushuncha va
munosabatlarni ular tomonidan ongli o‘zlashtirishlariga hamda hayotga
tatbiq eta olishga intilish; o‘quvchilarda izchil mantiqiy fikrlashni
shakllantirib borish natijasida ularning aql-zakovati rivojiga, tabiat va
jamiyatdagi muammolarni hal etishning maqbul yo‘llarini topa olishlariga
ko‘maklashishi; insoniyat kamoloti, hayotning rivoji, texnika va
texnologiyaning takomillashib borishini hisobga olgan holda maktab
matematika kursini ularning qo‘shgan hissalaridan o‘quvchilarni xabardor
qilish, umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida matematika
to‘g‘risidagi tasavvurlarini shakllantirishdan iborat. Umumiy o‘rta ta’lim
asosida litsey yoki kasb-hunar kollejlarida bilim olishni muvaffaqiyatli
davom ettirish uchun zarur bo‘ladigan matematik bilim, ko‘nikma va
malakalar tizimini o‘quvchilarning mustahkam va ongli egallashlarini
ta’minlashdir.
5-sinf
Matematika
(haftasiga 5 soatdan, jami 170 soat)
I. Natural sonlar (74 soat).
1. Natural sonlar va shkalalar (18 soat).
Natural son tushunchasi. Natural sonlarni yozilishi va o‘qilishi. Kesma.
Kesmaning uzunligi. Kesmalarni taqqoslash. Uzunlik o‘lchov birliklari.
Uchburchak. Tekislik, to‘g‘ri chiziq va nur. Shkalalar va koordinatalar.
Koordinatalar (sonlar) nuri. Natural sonlarni taqqoslash. Katta, kichik.
Masalalar yechish. Tarixiy ma’lumotlar.
2. Natural sonlarni qo‘shish va ayirish (20 soat) .
Natural sonlarni qo‘shish va uning xossalarini koordinatalar nurida
tushuntirish. Natural sonlarni ayirish va uning xossalari. Sonli va harfli
ifodalar. Qo‘shish va ayirish xossalarining harfiy ifodasi. Tenglamalar.
Masalalar yechish. Al-Xorazmiyning «Algorizmi hind hisobi haqida»
asari.
3. Natural sonlarni ko‘paytirish va bo‘lish (21 soat).
atural sonlarni ko‘paytirish va uning xossalari. Natural sonlarni
bo‘lish. Qoldiqli bo‘lish. Ifodalarni soddalashtirish. Amallarni bajarish
tartibi. Natural sonlar ustida to‘rt amalga doir misol va masalalar. Sonning
darajasi. Sonning kvadrati va kubi. Masalalar yechish.
4. Yuz va hajmlar (15 soat).
Formulalar. To‘g‘ri to‘rtburchak va kvadrat yuzi formulalari. Yuz
o‘lchov birliklari. To‘g‘ri burchakli parallelepiped va kub. Hajm o‘lchov
birliklari. To‘g‘ri burchakli parallelepiped va kub hajmi formulalari.
Masalalar yechish. Tarixiy ma’lumotlar.
II. KASR SONLAR (96 soat).
5. Oddiy kasrlar (26 soat).
Aylana va doira. Ulushlar. Oddiy kasrlar haqida tushuncha. Kasrlarni
taqqoslash. To‘g‘ri va noto‘g‘ri kasrlar. Bir xil mahrajli kasrlarni qo‘shish
va ayirish. Bo‘lish va kasrlar. Aralash kasrlar. Aralash sonlarni qo‘shish va
ayirish. Masalalar yechish. Tarixiy ma’lumotlar.
6. O‘nli kasrlar (13 soat).
O‘nli kasrlarning yozilishi va o‘qilishi. O‘nli kasrlarni taqqoslash.
O‘nli kasrlarni qo‘shish va ayirish. Sonning taqribiy qiymati. Sonlarni
yaxlitlash. Masalalar yechish. Tarixiy ma’lumotlar.
7. O‘nli kasrlarni ko‘paytirish va bo‘lish (25 soat).
O‘nli kasrni natural songa ko‘paytirish. O‘nli kasrni natural songa
bo‘lish. O‘nli kasrlarni ko‘paytirish. O‘nli kasrga bo‘lish. O‘rta arifmetik.
asalalar yechish. Tarixiy ma’lumotlar.
8. Foizlar (15 soat).
Foizlar. Foizlarga doir masalalar yechish. Burchak. To‘g‘ri va yoyiq
burchak. Burchaklarni o‘lchash. Transportir. Burchak o‘lchov birliklari.
Doiraviy diagrammalar va ularni qurish. Masalalar yechish. Tarixiy
ma’lumotlar.
9. Takrorlash uchun savol va masalalar (17 soat).
6-sinf
Matematika
(haftasiga 5 soatdan, jami 170 soat)
5 - sinfda o‘tilganlarni takrorlash (5 soat)
I. Oddiy kasrlar (92 soat)
1. Sonlarning bo‘linish belgilari (18 soat)
Sonning bo‘luvchilari va karralilari. Sonlarning 10 ga, 5 ga va 2 ga
bo‘linish belgilari. Sonlarning 9 ga va 3 ga bo‘linish belgilari. Tub va
murakkab sonlar. Natural sonlarni tub ko‘paytuvchilarga ajratish. Eng
katta umumiy bo‘luvchi. O‘zaro tub sonlar. Eng kichik umumiy karrali
(bo‘linuvchi).
Masalalar yechish. Tarixiy ma’lumotlar.
2. Har xil mahrajli kasrlarni qo‘shish va ayirish (21 soat).
Kasrning asosiy xossasi. Kasrlarni qisqartirish. Kasrlarni umumiy
mahrajga keltirish. Har xil mahrajli kasrlarni taqqoslash. Har xil mahrajli
kasrlarni qo‘shish va ayirish. Aralash kasrlarni qo‘shish va ayirish.
Masalalar yechish.
3. Oddiy kasrlarni ko‘paytirish va bo‘lish (29 soat)
Oddiy kasrlarni ko‘paytirish. Sonning kasrini topish. Ko‘paytirishning
taqsimot xossasining qo‘llanishi. . O‘zaro teskari sonlar. Oddiy kasrlarni
bo‘lish. Sonni kasriga ko‘ra o‘zini topish. Kasr ifodalar. Masalalar yechish.
G‘iyosiddin Jamshid al-Koshiyning «Aylana haqida risolasi». «Hind
ilmi kaliti» asari haqida. Ulug‘bek ilmiy maktabining matematikaning
rivojlanishidagi roli.
4. Nisbat va proporsiya (24 soat)
Nisbat tushunchasi. Proporsiyalar. Proporsiyaning asosiy xossasi. To‘g‘ri
va teskari proporsional bog‘lanishlar. Masshtab. Uchburchak perimetri.
Aylana uzunligi va doira yuzi. Masalalar yechish. Abu Rayxon Beruniyning
nisbatlarga oid asarlari haqida.
II. Ratsional sonlar (73 soat)
5. Musbat va manfiy sonlar. Butun sonlar. (12 soat).
To‘g‘ri chiziqda koordinatalar. Musbat va manfiy sonlar haqida
tushuncha. Butun sonlar haqida tushuncha. Musbat va manfiy sonlarni
son o‘qida tasvirlash. Qarama-qarshi sonlar. Sonning moduli. Sonlarni
taqqoslash. O‘zgaruvchi miqdorlar. Masalalar yechish. Tarixiy
ma’lumotlar.
6. Musbat va manfiy sonlarni qo‘shish va ayirish (12 soat).
Koordinatalar to‘g‘ri chizig‘i yordamida sonlarni qo‘shish. Manfiy
ishorali sonlarni qo‘shish. Har xil ishorali sonlarni qo‘shish. Sonlarni
ayirish. Masalalar yechish.
7. Musbat va manfiy sonlarni ko‘paytirish va bo‘lish (11 soat).
Sonlarni ko‘paytirish. Sonlarni bo‘lish. Ratsional sonlar. Ratsional
sonlar ustida bajariladigan amallar xossalari. Masalalar yechish. Tarixiy
ma’lumotlar.
8. Tenglamalarni yechish (13 soat).
Qavslarni ochish qoidasi. Koeffitsient. O‘xshash hadlar va ularni
ixchamlash. Tenglamalarni yechish. Masalalar yechish. Tarixiy
ma’lumotlar.
9. Tekislikda koordinatalar (12 soat).
Perpendikular to‘g‘ri chiziqlar. Parallel to‘g‘ri chiziqlar. Koordinatalar
tekisligi. Ustunli diagrammalar. Grafiklar. Masalalar yechish. Tarixiy
ma’lumotlar.
Yakuniy takrorlash (13 soat).

7-sinf
Agebra
(haftasiga 3 soatdan, jami 102 soat)
5 va 6-sinflarda o‘tilganlarni takrorlash (3 soat)
1 bob. Algebraik ifodalar ( 11 soat)
Sonli ifodalar. Algebraik ifodalar. Algebraik tengliklar. Formulalar.
Arifmetik amallarning xossalari. Qavslarni ochish qoidalari.
2 bob. Bir noma’lumli birinchi darajali tenglamalar (12 soat)
Tenglama va uning yechimlari. Bir noma’lumli birinchi darajali
tenglamalarni yechish. Al-jabr va al muqobala usuli. Masalalarni
tenglamalar yordamida yechish. Al-Xorazmiyning «Al-jabr va almuqobala
» asari va undagi masalalar.
3 bob. Birhadlar va ko‘phadlar (25 soat)
atural ko‘rsatkichli daraja. Natural ko‘rsatkichli darajaning xossalari.
Birhad va uning standart shakli. Birhadlarni ko‘paytirish. Ko‘phadlar.
O‘xshash hadlarni ixchamlash. Ko‘phadlarni qo‘shish va ayirish.
Ko‘phadni birhadga ko‘paytirish. Ko‘phadni ko‘phadga ko‘paytirish. Birhad
va ko‘phadni birhadga bo‘lish.
4 bob. Ko‘phadni ko‘paytuvchilarga ajratish (18 soat)
Umumiy ko‘paytuvchini qavsdan tashqariga chiqarish. Guruhlash
usuli. Yig‘indining kvadrati. Ayirmaning kvadrati. Kvadratlar ayirmasi
formulasi. Geometrik talqin. Ko‘phadni ko‘paytuvchilarga ajratishning
bir necha usullarini qo‘llash.
5 bob. Algebraik kasrlar (25 soat)
Algebraik kasr. Kasrlarni qisqartirish. Kasrlarni umumiy mahrajga
keltirish. Algebraik kasrlarni qo‘shish va ayirish. Algebraik kasrlarni ko‘paytirish
va bo‘lish. Algebraik kasrlar ustida birgalikda bajariladigan amallar.
Takrorlash (8 soat)

Download 26,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish