285
oldin fermentni suvsizlantirish zarur. Buni natijasida fermentda 1.5 % erkin yog’
kislotalari hosil bo’ladi.
Ishlov berish uchun ferment Ye3 reaktoriga tushadi, u yerda 0.25-0.5 bar
(absolyut) bosim hosil qilinib, bir necha daqiqa deaerasiya qilinadi. So’ngra 70 ºC
yog’ E3 reaktoriga fermentga shimdirish uchun beriladi.
Beriladigan yog’ning boshlang’ich tezligi (birinchi 20-30min) 250 dan 350
kg/soat gacha ta’minlanadi. Ferment qatlamini yetarli
darajada singdirish uchun
nasosning tezligi kuchayib boradi 1200 kg/soat gacha, fermentni suvsizlantirish
jarayoni tugaganidan so’ng kislota sonini kamayishi to’xtaganidan so’ng, keyin
fermentativ pereeterifikasiya jarayoni boshlanadi.
Buning uchun resepturaga muvofiq yog’ va moylar aralashmasi o’lchov baki
Ye1 da tayyorlanadi. O’simlik moyi va yog’lar navbati bilan Ye1 bakka o’zatiladi,
bir xil massa bo’lishi uchun, aralashtirgich yordamida beradi.
Olingan aralashmani
NE1 nasos yordamida Ye2 bufer bakka beradi.
Hamma uskunalar vakuumda ishlaydi, vakuumni VN1 vakuum sistemasi
hosil qiladi.
Bufer bakidan NE2 nasos yordamida sarf o’lchagich orqali, beriladigan yog’
oqimi nazorat qilib boriladi (1 kg fermentga 2.5 dan 4 kg gacha yog’ beriladi), yog’
aralashmasi issiqlik almashgich T2 ga o’tadi. Fermentli
preparat dezaktivasich
bo’lmasligi uchun yog’ moylarni temperaturasi nazorat qilinadi 70 º S dan
oshmasligi kerak. Issiqlik almashgichda foydalaniladigan bo’g’ning bosimi 0.3
MPa. 70 º S gacha kizdirilgan yog’ va moy aralashmalari ishlov berish uchun Ye3
reaktorga o’tadi. Pereeterifikasiya jarayoni harorati reaktorda 70 ºC oshmasligi
nazorat qilinadi. Ye3 silindrsimon reaktor suv kuylagi
bilan jixozlangan suv
sirkulasiyasi nasos orqali ta’minlanadi. Reaktorda ferment preparatini ulchash uchun
maxsus filtr o’rnatilgan, uning ko’rinishi uchli (Kolosnikov) yog’ yuqoridan pastga
tomon ferment qatlamidan o’tadi. 1 kg fermentga 2.5 dan 4 kg gacha yog’ beriladi.
Keyingi reaktorga yog’ni o’zatishni NEZ/1-NEZ/3 nasoslar ta’minlaydi.
286
Pereeterifikasiya reaksiyasi 1 soat atrofida davom etadi. Jarayon
pereeterifikasiyalangan
mahsulotning
erish
harorati
va
undagi
qattiq
trigliseridlarning miqdori bilan nazorat qilinadi.
Ferment preparati reaktorga o’zining samaradorligini yo’qotgandan so’ng
(xomashyoning fizik-kimyoviy parametrlari reaktordan o’tib o’zgarmaydi.) yog’
to’kib olinadi va ferment preparati reaktordan chiqarib tashlanadi. Reaktordan
ishlatilgan preparatni chiqarish, tozalash vakuum tozalagich yordamida olib beradi,
keyin reaktor yangi partiya ferment preparati bilan to’ldiriladi.
Pereeterifikasiyalangan yog’ni NE3/4 nasos yordamida filtr F1 yoki F2 ga
beriladi, so’ng oxirgi sovutgichga T3 ga beriladi. Yog’ni
sovutish uchun suvdan
foydalaniladi.
Sovitilgan pereeterifikasiya qilingan yog’ Ye4 bakga yig’ish uchun
o’zatiladi, keyin dezodarasiyaga yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: