Katalitik modifikasiyalash


Gidrogenlash jarayonida yog’ kislotalari, ularning gliseridlari va texnik



Download 3,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/108
Sana13.06.2022
Hajmi3,65 Mb.
#664949
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   108
Bog'liq
Katalizator

Gidrogenlash jarayonida yog’ kislotalari, ularning gliseridlari va texnik 
vodorod tarkibiy qismlarining o’zgarishlari 
Gidrogenlanayotgan yog’larning tarkibi va xossalari vodorod birikishi 
jarayonida to’xtovsiz o’zgarib boradi. Yog’lar avval quyuqroq holatga, so’ngra 
qattiq holatga o’tadi. Bundan tashqari yuqori issiqlik va suv bug’i ta’sirida bir 
vaqtning o’zida yog’ning tarkibida boshqa o’zgarishlar ham yuz berishi mumkin. 
Avtoklavdagi yog’ning temperaturasi, va vodorodning namligi qanchalik 
yuqori bo’lsa, shuningdek prosess uzoq davom etsa, uning kislotaliligi shunchalik 
ortib boradi. Erkin yog’ kislotalari hosil bo’lishiga gliseridlarning yuqori 
temperatura va gidroliz natijasida parchalanishi sabab bo’ladi. Salomas kislota 
sonining ortishining oldini olish uchun yog’ni gidrogenlash prosessi mumkin qadar 
past temperaturada olib borilishi va minimal miqdorda namligi bo’lgan vodorod 
ishlatilishi kerak. 
Yuqoridagi sabablarga ko’ra hosil bo’lgan erkin yog’ kislotalarining ma’lum 
qismi, ayniqsa prosess yuqori temperaturada olib borilayotgan bo’lsa, vodorod bilan 
birgalikda avtoklavdan bug’simon holatda chiqib ketadi. Gaz sovutilganda kislotalar 
kondensatlanib, avtoklavdan so’ng o’rnatilgan tomchi ajratgiyada (kapleotdelitel) 
qizil salomas (qizg’ish-sariq rangda bo’lganligi sababli) deb ataluvchi yog’li massa 
hosil qiladi. Bu yog’li massa yuqori kislotalilik koeffisiyentiga ega bo’lib, tarkibida 
60-70% erkin yog’ kislotalari bo’ladi. Qizil salomasda avtoklavdan vodorod bilan 
birgalikda bug’simon holatda chiqadigan va so’ngra kondensatlanadigan boshqa 
moddalar, shu jumladan, neytral yog’ ham uchraydi. 
Qizil salomasning rangi uning tarkibida ayrim aldegid smolalari va temirli 
sovun bo’lishi bilan tushuntiriladi. 


163 
Gidrogenizasiya jarayonida yog’larni tabiiy hidi yo’qoladi va salomasga xos 
spesifik hid paydo bo’ladi. Uning intensivligi gidrogenlash rejimi, vodorodning 
namligi va yog’ning tarkibiga bog’liqdir. Agar gidrogenlash yuqoriroq 
temperaturada olib borilsa bu hid kuchayadi. 
Salomasga spesifik hid beruvchi moddalarning tarkibi murakkabdir. Asosan 
salomas hidi karbonil birikmalar – to’yingan aldegidlar (S
7
dan S
12
gacha) va qisman 
katonlar bilan belgilanadi. Bu aldegidlarning ayrim-ayrim holdagi hidi salomasda 
spesifik hid paydo qiladi. 
Avtoklavdan chiqayotgan ortiqcha vodorod, ya’ni sirkulyasion vodorod 
tarkibida ko’pincha yangi olingan vodorodga qaraganda namlik ko’p miqdorda 
bo’ladi. Namlikning prosent hisobida ortishiga sabab, vodorodning yog’ni 
to’yintirishga sarf bo’lishi hisobiga bo’ladi. Keyinchalik sirkulyasion vodorod 
tarkibida bo’ladigan namlik (suv) oksidlangan yog’ kislotalaridagi spirtli 
gruppalarning qaytarilishi sababli paydo bo’ladi. 
Gidrogenlash sharoitida vodorod tarkibida boshqa nokerak moddalar hosil 
bo’lishi, va gidrogenlash prosessi tezligini kamaytirish mumkin. Bu holning oldini 
olish maqsadida sirkulyasion gaz tozalash sistemalaridan o’tkazib turiladi, vaqti-
vaqti bilan esa yangi vodorod bilan almashtiriladi. Bundan tashqari avtoklav 
bo’limidagi apparatlar yangi, toza vodorod oqimi bilan tozalab turiladi. 
Gidrogenizasiya jarayonida har xil sabablarga ko’ra ayniqsa, jarayon yuqori 
temperaturada olib borilganda hosil bo’lgan erkin yog’ kislotalarining bir qismi 
avtoklavdan vodorod bilan birgalikda bug’ holatida chiqib ketadi. Gaz holidagi yog’ 
kislotalar kondensatlanib, avtoklavdan so’ng ajratilgan tomchi ajratgichda qizil 
salomas (qizg’ish-sariq rangda bo’lganligi sababli) deb ataluvchi yog’li massa hosil 
qiladi. Bu yog’li massa yuqori kislotalilik koeffisentiga ega bo’lib, titri 

Download 3,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish