Takrorlash uchun savollar
1. Yog’ va moylarni gidrogenlash va pereeterifikasiyalashdan maqsad nima?
2. Gidrogenlash jarayonida yog’ va moylarda qanday kimyoviy o’zgarishlar sodir
bo’ladi?
3. Gidrogenlash selektivligi nima? Salomas sifatini shakllantirish qanday
ahamiyatga ega? Uni boshqarishning qanday usullari mavjud?
4. Yog’larni gidrogenlash jarayonidagi izomerlanish jarayonini, uni salomas
sifatini shakllantirishdagi ahamiyatini va rostlash usullarini ko’rib chiqing.
5. Gidrogenlashda qanday katalizatorlardan foydalaniladi? Ular qanday
tayyorlanadi? Katalizator sifatini qanday nazorat qilinadi?
Tayanch so’z va iboralar:
hayvon yog’lari, to’yingan yog’ kislotalari, katalizator,
vodorod, nikel-mis, gidrogenlash, selektivlik, xemosorbsiya, solishtirma sirt, aktiv
markazlar, multiplet nazariyasi, qo’shbog’
160
12§. Yog’larni gidrogenlashda kimyoviy o’zgarishlar va salomas hidini
hosil bo’lishi
Katalitik gidrogenlash jarayoni yog’ va moylarni qayta ishlashdagi eng muhim
va murakkab kimyoviy jarayonlardan biri hisoblanadi[111]. Ko’plab kimyogarlar
yog’larni gidrogenlash jarayonini to’yinmagan yog’ kislotalaridagi qo’shbog’larni
katalizator ishtirokida vodorod bilan oddiygina to’yinishi deb ta’riflashadi. Albatta,
bu faqatgina gidrogenlash vaqtidagi eng murakkab jarayonlardan biri xolos. Aslida
esa gidrogenlash jarayonida quyidagi reaksiyalar sodir bo’ladi[110]:
1) to’yinmagan yog’ kislotalarning etilen bog’lariga vodorodning birikishi, ya’ni
asl gidrogenlanish
—СН
2
―СН = СН―СН
2
― + Н
2
→
―СН
2
−СН
2
―СН
2
―СН
2
― ;
2) to’yinmagan yog’ kislotalarning pozision izomerlanishi (etilen bog’ining
molekuladagi uglerod zanjiri bo’ylab ko’chishi).
―CH
2
― CH = CH — CH
2
― ― CH
2
― CH
2
― CH = CH ― ;
3) to’yinmagan kislotalarning geometrik izomerlanishi (sis–trans –
izomerlanish):
― CH
2
― CH ―CH
2
—CH
—CH
2
―CH
СН ― СН
2
―
цис-шакли
транс-шакли
4)trigliseriddagi yog’ kislotalarning qayta taqsimlanishi (pereeterifikasiya).
Yog’ va moylarni gidrogenlash orqali bir nechta maqsadlarga erishish
mumkin[107,110,111]:
−
Yog’ kislota tarkibidagi to’yingan va to’yinmagan kislotalar nisbatini
minimal miqdorda o’zgartirib, moyning konsistensiyasini o’zgartirish va erish
haroratini oshirish(oziqa salomaslari uchun);
−
To’yinmagan birikmalar miqdorini kamaytirib, yog’ mahsulotlarini ta’m va
hid barqarorligini ta’minlash uchun yog’ va moylarni oksidlanishga
barqarorligini oshirish;
−
Gidrogenlanayotgan moydagi to’yingan yog’ kislotalari miqdori, erish
harorati va konsistensiyasini o’zgartirish(yuqori titrli salomaslar uchun)
161
Yog’larni gidrogenlash kimyoviy prosesslari murakkabdir. Bu prosesslar
gliseridlar va yog’da uchraydigan aralashmalarning vodorod, suv bug’i va yuqori
temperaturadagi issiqlik va ma’lum me’yorda katalizator ta’sirida kechadigan
o’zgarishlardir.
Bundan tashqari yog’larni zavod sharoitida gidrogenlanganda texnikaviy
vodorod tarkibiy qismlarining, shuningdek gliseridning issiqlik va gidroliz sababli
parchalanib ba’zi bir mahsulotlar hosil qilishi bu ximiyaviy reaksiyalarni yana ham
murakkablashtiradi.
Yuqorida aytib o’tilgan ximiyaviy reaksiyalar olinadigan gidrogenlangan
yog’ sifatiga, reaksiya tezligiga, apparaturaning saqlanishiga ta’sir qiladi, salomasga
qo’shimcha ishlov berish kabi operasiyalarni amalga oshirishni talab etadi.
Yog’dagi aralashmalarning gidrogenlash prosessidagi o’zgarishlar.
Vodorod ta’sirida yog’ tarkibidagi sterinlar qo’shbog’larining to’yinishi
natijasida to’yingan spirtlarga va spirt gruppasining qaytarilishi natijasida
uglevodorodlarga aylanishi mumkin. Sterinlar issiqqa chidamsiz bo’ladi, shu sababli
yuqori temperaturada ular smolalanib qoladi. Shuning uchun gidrogenlangan
yog’larda ularning miqdori kamayadi. Sterinlarning yuqorida ko’rsatib o’tilgan
o’zgarishlari natijasida hosil bo’ladigan mahsulotlar katalizator aktivligiga sezilarli
ta’sir etmaydi.
Gidrogenlash prosessida A va D vitaminlari biologik aktivliklarini
yo’qotadi. Bu hol asosan yuqori temperaturada qizitish va vodorodning
to’yintiruvchi ta’siri sababli yuz beradi. Aksincha, Ye vitamini esa gidrogenlangan
yog’ tarkibidagi deyarli butunlay saqlanib qoladi.
Rafinatsiyalangan yog’lar tarkibida oz miqdorda qoladigan fosfatidlar,
katalizator yuzasida to’planib, vodorod ta’sirida gidrogenlanadi. Ba’zi bir hollarda
ular parchalanadi. (masalan, kungaboqar yog’i gidrogenlanganda), hosil bo’ladigan
fosfatlar esa, gidrogenlash tezligiga ta’sir qilmagan holda katalizator yuzasida
ushlanib qoladi. Boshqa hollarda esa (masalan, raps moyi gidrogenlanganda),
fosfatidlar parchalanishi natijasida katalizator sirti blokirovkaga uchraydi,
pirovardida yog’ni gidrogenlash prosessi susayadi.
162
Yog’larning tabiiy hidini belgilovchi moddalar nisbatan yengil uchuvchan
bo’lganligi sababli, gidrogenlash vaqtida ularning ko’p qismi izbыtoyanыy
(ortiqcha) vodorod bilan birga avtoklavdan chiqarib tashlanadi. Bunday
moddalarning to’yinmagan qismi avtoklavda ma’lum miqdorda to’yinadi, aldegidlar
esa sirtga aylanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |