Katalitik modifikasiyalash


Paxta moyini rafinatsiyalash texnologiyisini takomillashtirishga iod



Download 3,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/108
Sana13.06.2022
Hajmi3,65 Mb.
#664949
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   108
Bog'liq
Katalizator

Paxta moyini rafinatsiyalash texnologiyisini takomillashtirishga iod 
tadqiqot ishlarining tahlili 
Paxta moyini ishqorning suv-spirt eritmasi bilan ishlov berish texnologiyasi 
[21] ishlab chiqilgan. Ishlatiladigan ishqorning umumiy miqdoriga nisbatan 15-50% 
pentanol, butanol, propanol va etil spirti ishlatilganda yaxshi samara olingan. Spirt 
konsentrasiyasi 15% dan kam bo’lmagan holda rafinatsiyalanishi yaxshilanadi. 
Rjexin V.P. [22] paxta moyi va missellani rafinatsiya qilishning o’ziga xos 
texnologiyasini ishlab chiqgan. Bu texnologiyaga asosan past sifatli chigitlardan 
olingan moy avval antranilat kislotasi bilan ishlov berishdan oldin forrafinatsiya 
qilinadi. Missellani 50-70
0
C haroratda, press moyini 20-90°C da ishqor eritmasi 
bilan forrafinatsiya qilinadi. Forrafinatsiya qilingan moyni avval 75-95°C haroratda 
30-40 min davomida antranilat kislotasi bilan ishlanadi, keyin 25-40°C haroratgacha 
sovutilib ishqoriy rafinatsiya qilinadi. Rafinatsiyalangan moy ranggi 13,5 cm li 
kyuvetada 5-6 qizil birligini, rafinatsiyalangan moyning chiqishi esa o’rtacha 84% 
ni tashkil qilgan. Forrafinatsiya qilinmasdan ikki marotaba rafinatsiya qilinganda esa 
yaxshi natijalar olinmagan. Moy rangi 12-13 qizil birlik, chiqishi esa 72% ni tashkil 
etgan xolos. 
A.T.Ilyasov tomonidan rafinatsiyalangan moy chiqishi va sifatini oshirish 
maqsadida monoetanolamin bilan forrafinatsiya qilish usuli tavsiya qilingan [23]. 
Bu usulga ko’ra qora moyga 0,5-1,0% miqdorida monoetanolamin qo’shiladi va 
moyning kislota soni 3,2 martagacha kamaytirilishiga erishiladi.
Aynan shu mualliflar tomonidan qora paxta moyini karbamid eritmasi bilan 
forrafinatsiya qilish ustida ham ishlar olib borilgan [24]. Aniqlanishicha, 10-20% 
konsentrasiyali karbamid eritmasi bilan qora moy massasiga nisbatan 0,5-1,0% 
miqdorda 45-55°C haroratda 30 minut davomida ishlov berilganda rafinatsiyalangan 
moyni chiqishi va sifati oshadi. 
O’simlik moylarini ishqoriy rafinatsiya qilish uchun sanoatda qo’yidagi 
usullar ishlatiladi: yog’ni davriy ishlaydigan neytralizatorlarda neytrallash va 
soapstokni cho’ktirish; yog’ (missella) va ishqor jadal ta’sirlashuvi reaktor-
turbulizatorlarda amalga oshiriladigan va neytrallangan yog’ni soapstokdan uzluksiz 


81 
holda ajratiladigan emulsion neytralizasiya; ishqor va moyni reaktor-turbulizatorda 
jadal aralashtirish, keyingi jarayonlarni davriy neytralizatorda amalga oshirib 
soapstokni ham davriy neytralizatorda ajratishni nazarda tutuvchi kombinasion usul. 
Respublikamiz yog’-moy sanoatida odatda kombinasion usul ba’zi korxonalarda esa 
emulsion rafinatsiya qo’llaniladi. 
Paxta moyini ishqoriy neytrallash bo’yicha olib borilgan tadqiqot natijalari [25] 
juda tanqis va qimmat natriy gidroksidni natriy alyuminatning eritmasi bilan 
almashtirish samarali ekanini ko’rsatdi. Natriy gidroksidni bir qismini natriy 
alyuminat eritmasi bilan almashtirish va yuqori sifatli mahsulot olish maqsadida 
paxta moyini natriy alyuminat va natriy gidroksid eritmalari bilan bosqichma-
bosqich rafinatsiyalash olib borildi. Bunda, ishqoriy neytrallashning birinchi 
bosqichida moyning kislota soni va moydagi hamroh moddalar ma’lum miqdorda 
kamayadi, so’ngra, olingan oraliq mahsulot natriy gidroksid bilan tugal rafinatsiya 
qilinadi. 
Majidov K.X. va boshqalar [26] paxta moyini qayta ishlash davomiyligini 
qisqartirish, rafinatsiyalangan moy unumi va sifatini oshishi hisobiga texnologik 
jarayonni jadallashtirish bo’yicha tadqiqot o’tkazdilar. Bu masala paxta moyini ikki 
bosqichli rafinatsiyalash texnologiyasida foydalaniladigan natriy alyuminat va 
natriy gidroksid eritmalarini kuchlanganligi 0,4-2,8 A/m bo’lgan elektromagnit 
maydonida ishlov berish orqali hal qilinadi. Xom paxta moyini elektromagnit 
maydonda ishlov berilgan ishqor eritmasi bilan rafinatsiya qilinganda 
rafinatsiyalangan moyning sifati, ozuqaviy qiymati oshishi va ishqor eritmasining 
sarfini kamayishi aniqlangan. 
Tadqiqot ishi[27]da xom paxta moyini keyinchalik uni gidrogenlash 
maqsadida ishqoriy neytrallash texnologiyasi o’rganilgan. Xom ashyo sifatida paxta 
chigitini qayta ishlab olingan qora moy ishlatilgan. Tadqiqot ishi turli xil sifat va 
fizik-kimyoviy ko’rsatkichlarga ega moylarni bir vaqtda ishqoriy neytrallash 
imkonini beruvchi tajriba qurilmasida olib borilgan. Xar xil kuchlanishli 
elektromagnit maydoni(EMM)da kaustik soda eritmasiga dastlabki ishlov berish 
yo’li bilan paxta moyini ishqoriy rafinatsiyalash texnologiyasi takomillashtirilgan. 


82 
Eritmaga EMM ishlov berish uchun elektromagnit apparati qo’llanilgan. Olib 
borilgan tadqiqot tajribasida ijobiy o’zgarishlar kuzatilgan. Rafinatsiyalangan 
moyning sifat ko’rsatkichlarini ortishi va rafinatsiyalash jarayonining texnologik 
xarakteristikasini yaxshilanishi mumkinligi aniqlangan. 

Download 3,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish