Missellada ishqoriy rafinatsiya.
Misselladagi yog’li aralashmalarni
distillyatorlardagi issiqlik ta’sirigacha ajratib olish, olinayotgan moy rangiga ijobiy
ta’sir qiladi. Bu ayniqsa paxta moyini ishlab chiqarishda muhim ahamiyatga ega,
chunki uning tarkibidagi gossipolda bug’-issiqlik bilan qayta ishlash jarayonida
katta o’zgarishlar ro’y beradi.
Moy bilan solishtirganda missellaning nisbatan past qovushqoqlikka egaligi
sovunni oson va tez ajratish imkoniyatini yaratadi.
Bu ayniqsa paxta moyini rafinatsiyalashda muhimdir. Shuning uchun oxirgi
paytlarda paxta moyini quyidagi erituvchilarda rafinatsiyalash usullariga ko’p
e’tibor berilmoqda, ya’ni aseton, geksan, benzin, metil va etil spirtlari, turli
erituvchilarning aralashmalari: izopropil spirti+geksan, ammiak+geksan (spirt) va h.
Erituvchilarni qo’llash sovunning qovushqoqligini pasaytirib, soapstokni
moyidan tez ajralishini ta’minlaydi. Masalan, solishtirma og’irligi 0,9075 bo’lgan
paxta moyini, 40% li N-geksandagi eritmasida solishtirma og’irligi 0,7528 ga teng
bo’ladi.
Tegishli ravishda absolyut qovushqoqligi 37,4 g/sm soatni tashkil qilsa, 40%
li missella (N-geksanda)ni qovushqoqligi 1,4 g/sm soatga teng bo’ladi.
75
Missellada rafinatsiyalashda moy-erituvchi va moy-soapstok sistemasini
tindirib ajratish, missella (0,7528) va soapstok (1,0457) solishtirma og’irliklari
farqining oshishi, shuningdek, missella qovushqoqligining pasayishi hisobiga,
yaxshilanadi.
Paxta moyi rafinatsiyasiga qo’yiladigan asosiy talablarni quyidagi
ko’rinishda ifodalash mumkin.
Saqlash jarayonida va uzoq masofaga tashishda paxta moyining yog’li
bo’lmagan aralashmalarining o’zgarishi (eskirishi) ta’sirini kamaytirish uchun
yaxshisi paxta moyini moy ishlab chiqarish zavodlarida rafinatsiyalash kerak. Buni
paxta moyi ishlab chiqargandan keyin, qayta ishlanayotgan chigitning sorti, moy
ishlab chiqarishning usullari (forpresslash, ekstraksiyalash) va ko’rsatkichlari
bo’yicha ajratib rafinatsiyalash lozim.
Yog’ni qayta ishlash zavodlariga yuborilayotgan paxta moyi, xuddi shunday
alohida (navi va ishlab chiqarish usuli) bo’yicha yuklanadi. Alohida qabul qilish va
qayta ishlashni ta’minlash uchun, jo’natilayotgan yog’lar, qayta ishlangan chigitning
to’liq ko’rsatkichlari, moyni ishlab chiqarish usullari va moy ishlab chiqarish
rejimlari ko’rsatilgan hujjat bilan birga yuboriladi.
Yog’ va moylarni misselada rafinatsiyalashning texnologik sxemasi 6.1-
rasmda keltirilgan.
Tayyorlangan missella uzluksiz ravishda sovutgich (4) orqali, missella
yig’gich (8) ga uzatiladi. U yerdan nasos (16) yordamida, sovutgich (17) orqali,
missella reaktor-turbulizator (18) ga uzluksiz ravishda uzatib turiladi. U yerda ishqor
eritmasi bilan missella ta’sirlashtiriladi. Ishqor eritmasi bak (13) dan reaktor
turbulizatorga sovutgich (15) orqali nasos dozator (14) bilan uzatib turiladi.
Liniyada yuqori kislotali moy va benzin qo’shish ham nazarda tutilgan. Bu
missella konsentrasiyasini optimallashtirish uchun kerak bo’ladi. Buning uchun
yuqori kislotali moy filtr(1)dan o’tib tarozi(2)da tortiladi va sig’im(3)da yig’iladi. U
yerdan nasos(5) yordamida missella yig’gich (8) ga uzatiladi. Benzin esa nasos (6)
orqali missella yig’gich (8) ga kelib tushadi.
76
Reaktor–turbulizatordan chiqayotgan aralashma (missella, sovun zarrachalari,
fosfatidlar va b.q.) bosim hosil qiluvchi nasos yordamida issiqlik almashtirgich (19)
ga uzatiladi. U yerda aralashma suv-bug’ yordamida kerakli haroratgacha isitiladi.
Isitilgan aralashmaga soapstok zarrachalarini yiriklashtirish va oson ajralishini
ta’minlash maqsadida kerakli miqdorda tuzli suv beriladi. Tuzli suv bilan aralashgan
missella va soapstok zarrachalari suvlantirgich (21) ga uzatiladi. U yerga nasos
dozator (24) va bak (25) lardan tuzsizlangan suv beriladi.
Suvlantirgich (21) ga kelib tushgan aralashma uzlusiz ishlovchi tindirgich-
ajratgich (22) ga beriladi. Ajratgich kollektor orqali missella o’z oqimi bilan nazorat
uchun mo’ljallangan tutqich (26) ga kelib tushadi. Tutqichning vazifasi,
missellaning oqimi bilan qo’shilib kelgan soapstok zarrachalaridan tozalash.
Nazorat tutqich (26) ning yuqori qismida qolgan neytrallangan missella o’z oqimi
bilan missella yig’gich (27) da yig’iladi va u yerdan distillyasiyaga beriladi.
Tindirgich ajratgichdan uzluksiz ravishda ajralib turgan soapstok nasos-dozator (23)
yordamida sopstok tarkibidagi benzinni xaydash tizimiga uzatib turiladi.
Nazorat tutqich (26)ning pastki qismida ajralib yig’ilib qolgan soapstok
zarrachalari davriy ravishda shesternali nasos-dozator (23) yordamida soapstokdan
benzinni xaydash uchun kolonnaga yuboriladi.
Oqlash
Distillyasiya bo’limidan kelayotgan
rafinatsiyalangan
ekstraksiya moyi
nasos(28)
yordamida plastinkali yig’gich (29) orqali oqlovchi apparat(30)ga beriladi.
Berilayotgan yog’ning harorati rostlagich yordamida bir me’yorda saqlab
turiladi. Bunker(33)dan deaerasion kamera (32) orqali mahsus dozalovchi
kamera(31)ga o’tib keladi. Agar deaerasion kamera(32)da tuproq sathini
kamayganligi haqida signal bo’lsa, bunkerdagi vibrator ishga tushadi va to’ldiruvchi
klapan ishga tushadi.
Oqlovchi tuproq deaerasion kamera(32)ga tushadi, undan so’ng releda
ko’rsatilgan ma’lum vaqt o’tgandan keyin dozalovchi kamera(31)ga va oqlovchi
apparat(30)ga o’tadi. Oqlovchi tuproq sarfi rostlovchi bilan avtomatik rostlanadi va
bu operasiya yog’ sarfini rostlash bilan hamohang olib boriladi. Yog’ oshsa
avtomatik ravishda oqlovchi tuproq sarfi ham ko’payadi. Jarayon uch seksiyada
77
uzluksiz aralashtirish bilan amalga oshiriladi. Oxirgi, pastki seksiya oqlangan yog’
suspenziyasi nasos (37) bilan ikkita filtr(38)lardan biriga beriladi.
Boshlang’ich paytdagi xira rangli yog’ qaytadan oqlovchi apparat(30)ga
yuboriladi. Filtrlangan yog’ nasos (39) yordamida sovutgich(43)ga tushadi, shundan
so’ng sovutilgan yog’ yig’uvchi bak – rezervuarga jo’natiladi.
Oqlovchi apparat hamda filtrlar vakuum sistemasiga tutgich (34) va
kondensator (35) orqali ulangan. Undan suv sig’imi(36)ga tushadi. Filtrlash jarayoni
tugagach filtrlar bug’ va issiq havo bilan puflanadi. Suv-yog’ emulsiyasi bug’ bilan
separator (40) orqali yog’ tutgich(41) ga tushadi. Yog’ nasos (42) bilan yog’
yig’uvchi bakga uzatiladi. Oqlash va deaerasiya jarayoni davomiyligi 20...25
minutni tashkil qiladi.
6.1-rasm. Yog’ va moylarni misselada rafinatsiyalashning texnologik sxemasi(1-qism)
79
6.1-rasm. Yog’ va moylarni misselada rafinatsiyalashning texnologik sxemasi (2-qism)
Do'stlaringiz bilan baham: |