138
4) dezodorasiya tamom bo’lgandan keyin, uskunalar to’xtatilsa ulardan yog’
bo’shatilishi va barcha qismlari yuvib tozalanishi lozim.
Yog’larni dezodorasiya qilish uchun turli dezodoratorlar ishlatiladi:
1. Davriy (uzlukli) dezodoratorlar.
2. Uzluksiz ishlaydigan dezodoratorlar (A1-MND, De-Smet, “Alfa-Laval”,
Sunman, Hua-Tai).
Davriy hidsizlantirish jarayonida harorat 170-210
0
C bo’lsa, uzluksiz
jarayonda esa 230
0
Sgacha bo’ladi. Apparatlardagi qoldiq bosim 5mm
simob
ustuniga teng bo’ladi. Vakuum hosil qilish uchun ko’pbosqichli bug’ejektorlar
(bug’-ejektorli vakuum nasos) ishlatiladi.
Bug’ejektor harakatining mohiyati shundaki,
soplodan chiqayotgan
bug’ning tezligi 1000 m/s gacha yetadi. Bunday katta tezlikda bug’ o’zi bilan birga
kameradagi bug’ va gazlarni ilashtirib ketadi va kondensatorga kirib,
kondensasiyalanadi. Dezodoratordan kameraga yangi bug’ va gaz keladi. Shunday
qilib sistemada vakuum hosil bo’ladi.
10.1 – rasmda besh bosqichli bug’ ejektorli
vakuum nasosning sxemasi
ko’rsatilgan bo’lib, u beshta ejektor va uchta suvli kondensator yig’indisidan iborat.
Bu qurilmani o’ziga xosligi shundaki I va II bosqich bug’ ejektorlari oraliq
kondensatorsiz ketma-ket ulangan.
Besh bosqichli bug’ ejektorli vakuum nasos quyidagicha ishlaydi. Soplo (1)
orqali ejektorlarga bir vaqtning o’zida ishchi bug’ beriladi, patrubka (2) orqali esa
barcha kondensatorlarga
sovutuvchi suv beriladi; patrubka (6) orqali
kondensatorlardagi ishlatilgan suv barometrik truba bo’ylab
barometrik quduqqa
tushadi. Bug’-gaz aralashmasi I bosqich ejektorga keladi, bu yerda u ishchi bug’
orqali 0,13-0,26 kPa(1-2mm sim.ust.)dan 0,8 KPa(6mm sim.ust.)gacha siqiladi.
Keyin bug’lar aralashmasi I ejektordan II bosqich ejektoriga o’tadi
va bu yerda
sovutuvchi suv haroratiga qarab 4 kPa(30mm sim.ust.)gacha siqiladi. Hosil bo’lgan
bug’lar aralashmasi kondensator (3) da kondensasiyalanadi. Kondensasiyalanmagan
bug’lar III-bosqich ejektorga kiradi va bu yerda 16 kPa(20mm sim.ust.)gacha
siqiladi. Kondensator (4)da kondensasiyalangandan so’ng qolgan bug’lar IV-
139
bosqich ejektorga kiradi, bu yerda u 48 kPa(360mm sim.ust.)gacha siqiladi. So’ngra
uchinchi kondensator (5)da kondensasiyalanadi va V-bosqich ejektorga kiradi. Bu
yerda atmosfera bosimigacha siqilib atmosferaga chiqib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: