8.7. Poliz urug’lari moylarini rafinatsiyalash
Xozirgi kunda, sun’iy usulda olingan oziq-ovqat mahsulotlari, inson
organizmi va salomatligiga salbiy ta’sir etib kelmoqda. Binobarin, bugungi jadal
demografik rivojlanish davrida tabiiy oziq-ovqat mahsulotlarini ko’paytirish jiddiy
muammolardan biri bo’lib bormoqda. Yog’-moy ishlab chiqarish sohasida esa, poliz
ekinlarini qayta ishlash korxonalaridan chiqayotgan urug’lardan ikkilamchi resurs
sifatida foydalanib moy olish va uni istemolga uzatishni yo’lga qo’yish lozim.
Bunday moylarning asosiy xususiyati, uning tarkibida to’yinmagan yog’ kislotalari
miqdori ko’p bo’lib, asosiy qismi inson uchun kerak bo’ladigan linol kislotasidan
iboratdir.
115
Qovoq moyi o’zida bir nechta shifobaxsh xususiyatlarni o’z ichiga oladi. U
teri kasaliklarini samarali davolab, diatez, dermatit, ekzema va hattoki kuyish xollari
uchraganda ishlatiladi. Tarvuz moyini istemol qilish orqali esa, prostatani
yengishda, siydik yo’lini yalig’lanishini davolashda yordam bergani aniqlangan.
Ko’pgina adabiyotlarda esa, ushbu moylarning asosan kimyoviy tarkibi ko’rsatilgan
bo’lib, uning o’ziga xos xususiyatlari esa aks etirilmagan.
N. V. Lutskaya va E. V. Melnikovalarning ilmiy izlanishlarida poliz ekinlari
urug’laridan olingan moylarni o’zaro solishtirib, ularning kislota, perekis va yod
sonlari aniqlangan[73].
Bizlarga ma’lumki, urug’lardan moy olishning asosan ikki turi mavjud.
Birinchisi urug’lardan presslab moy olishi bo’lsa, ya’na biri tarkibidagi moyni
erituvchi bilan ajratib olish ya’ni ekstraksiya usulidir.
Ekstraksiya usulida asosan organik erituvchilar ishlatilinib kelinmoqda, lekin
xozrda ekstraksiya usulining yuqori kritik suyuqlik (suyuq gaz) usuli keng miqyosda
tarqalib bormoqda.
“Yujanka” navli qovun urug’idan, ana shunday ekstraksiya usulida moy
ajratib olib, moyning xususiyatini ochib beruvchi ber nechta ko’rsatkichlar ya’ni,
zichligi, nur sindirish ko’rsatkichi, kislota soni, sovunlanish soni, yod soni va boshqa
ko’rsatkichlar topilgan[74].
Moyning zichligi 20
o
C haroratda 0.92 g/cm
3
, kislota soni 0,39 mg KOH,
sovunlanish soni 223 mg KOH, yod soni 126 ga teng bo’ldi.
Nigeriya [78, 80], Misr[81], Xitoy[83] Kanada[82] va Serbiyada[77]
yetishtirilgan va presslash usuli orqali olingan, qovun urug’i moyining fizik-
kimyoviy ko’rsatkichlari olimlar tomonidan o’rganilib, quyidagi natijaga
erishishgan.
Nigeriyada yetishtirilgan “Cucumeropsis manni” qovun urug’i moyining
fizik-kimyoviy ko’rsatkichlaridan kislota soni 3,13 mg KOH, perekis soni 10,2
mmol, namlik va uchuvchan moddalar miqdori 1,4 % va sovunlanish soni 188 mg
KOH ni tashkil topdi[78]. “Cucumis sativus” qovun urug’i moyining ko’rsatkichlari
116
esa kislota soni 4,1 mg KOH, perekis soni 10,4 mmol, namlik va uchuvchan
moddalar miqdori 1,1 % va sovunlanish soni 185 mg gat eng bo’ldi[80].
Misr va Xitoyda bir xil navli qovun urug’lari ya’ni “Citrullus lanatus” tajriba
sifatida olimlar organishgan bo’lib, ulardan olingan moylarning fizik-kimyoviy
ko’rsatkichi ozgina farq qilinishi ma’lum bo’ldi. Unga ko’ra Misrda yetishtirilgan
qovun urug’i moyining kislota soni 2,3 mg KOH, sovunlanish soni 200 mg KOH,
sovunlanmayigan moddalar miqdori 0,82 %, nur sindirish ko’rsatkichi 1,4723 va
zichligi 923,5 kg/m
3
ni tashkil qilgan bo’lsa, Xitoyda yetishtirilgan qovun urug’i
moyining kislota soni 4,9 mg KOH, sovunlanish soni 203 mg KOH,
sovunlanmayigan moddalar miqdori 0,56 %, nur sindirish ko’rsatkichi 1,4725 va
zichligi 926,8 kg/m
3
ga teng bo’ldi[83].
Kanadada yetishtirilgan qovun urug’i moyining kislota soni 0,97 mg KOH,
sovunlanish soni 248 mg KOH, sovunlanmaydigan moddalar miqdori 1,11 %, nur
sindirish ko’rsatkichi esa 1,4724 ni tashkil etdi.
Serbiyaning “Citrullus colocynthis L” navli qovun urug’i tarkibidagi moyni
presslash orqali ajratib olinib, uning fizk-kimyoviy ko’rsatkichlarini aniqlashganda,
moyning zichligi 1,0 mg KOH, perekis soni 7,9 mmol, sovunlanish soni 188 mg
KOH, sovunlanmaydigan moddalar miqdori 1,02 %, nur sindirish ko’rsatkichi
1,4733 va zichligi 914 kg/m
3
ga teng bo’lgan.
Moyning fizik-kimyoviy ko’rsatkichlarini o’rganishdan tashqari, uning o’ziga
xos bo’lgan kimyoviy tarkibi ya’ni yog’ kislota tarkibini ham o’rganishimiz kerak
bo’ladi. Moyning asosiy ko’rsatkichlarini uning tarkibidagi yog’ kislotalar belgilab
beradi.
“Kolxoz 74a/753”[76], “Yujanka”[74] va Temryuchanka[75] moylarini
o’rganishgan olimlar, moyning yog’ kislota tarkibini aniqlashgan. Unga ko’raa
“Kolxoz 74a/753” navli qovun urug’i moyi tarkibida palmitin 9,57 %, palmitolein
0,01 %, stearin 3,69 %, olein, 24,97 %, linol 60,53 %, linolen 0,16 %, araxin 0,17
%, eykozen 0,15 %, begen 0,44 %, lignoserin 0,18 % va boshqa yog’ kislotalar oz
miqdorda[76].
117
“Yujanka” qovun urug’i moyini yog’ kislota tarkibi eksperimentlar natijasi
orqali quyidagicha bo’lgan. Miristin 0,03 %, palmitin 8,23 %, stearin 5,45 %, olein
30,11 %, linol 59,01 %, linolen 0,26 %, araxin 0,2 %, eykozen 0,21 % va boshqa
yog’ kislotalarning miqdori oz miqdordaligi aniqlangan[74].
“Temryuchanka” qovun urug’i tarkibidagi moyni analiz qilinib, uning
tarkibidagi yog’ kislotalar miqdori aniqlangan. Moyning tarkibidagi laurin yog’
kislotasi 0,98 %, miristin 1,7 %, palmitin 16 %, 0,96 %, stearin 7 %, olein 25 %,
linol 60 % va linolen 2,5 % ni tashkil etgan.
Yuqoridagi natijalarni solishtirsak, qovun tarkibida to’yinmagan yog’
kislotalar miqdori ko’pligi ko’rinib turibdi. Ularning orasida esa inson organizmiga
kerakli bo’lgan linol kislotasi miqdori 59-60,5 % ni tashkil qiladi. Shuning uchun
ham qovun urug’i moyini linol guruhiga mansub moylar qatoriga qo’shsak bo’ladi.
Turli mamlakatlarda, ya’ni Kamerun[81], Serbiya[77], Misr[83], Xitoy [83]
va Kanadada[82] yetishtirilgan qovun urug’lari va ulardan olingan moylarning yog’
kislota tarkibini bir necha izlanuvchilar o’rganishgan.
Kamerunda yetishtirilgan qovun urug’i moyining yog’ kislota tarkibi
o’rganilganda quyidagi natijalarga erishilgan. Moy tarkibida miristin kislotasi 0,04
%, palmitin 10,27 %, palmitolein 0,10 %, stearin 10,26 %, olein 15,90 %, linol 62,42
%, linolen 0,16 %, araxin 0,36 %, eykozen 0,11 %, begen 0,09 %, va lignoserin 0,02
% ni tashkil etgan[81].
Serbiyada yetishtirilgan “Citrulus colocynthis” qovun urug’idan olingan
moyning yog’ kislota tarkibi o’rganilganda quyidagi natijaga erishildi. Moyda
almitin 12,42 %, stearin 10,2 %, olein 14,2 %, linol 62,2 % va linolen 1,02 % ni
borligi aniqlandi[77].
Misr va Xitoyda “Citrullus lanatus” navdagi qovun urug’i moyini
o’rganishganda, ularning yog’ kislota tarkibi ham, bir oz farq qilinishi aniqlangan.
Misrda yetishtirilgan qovun urug’i moyi tarkibida miristin 0,1 %, palmitin 11,91 %,
palmitolein 0,24 %, stearin 9,2 %, olein 15,4 %, linol 62,4 %, linolen va araxin 0,1
% miqdorda tashkil etadi. Xitoyda yetishtirilgan qovun urug’idan olingan moy
118
tarkibida esa, miristin 0,1 %, palmitin 10,4 %, palmitolein 0,21 %, stearin 7,6 %,
olein 12,5 %, linol 68,5 %, linolen 0,13 % va araxin 0,1 % ni tashkil etadi[83].
Kanada yetishtirilgan qovun urug’i va undan olingan moyni o’rgangan
olimlar, qovun urug’i moyining yog’ kislota tarkibini aniqlashgan va yog’
kislotalarning miqdori quyidagicha: miristin 0,55 %, palmitin 12,2 %, palmitolein
0,13 %, stearin 11,2 %, olein 11,1 %, linol 64,7 %, linolen 0,18 %.
Turli mamlakatlarda yetishtirilgan qovun urug’idan olingan moylarning yog’
kislota tarkibini solishtiradigan bo’lsak, ularning ham tarkibida to’yinmagan yo’g
kislotalar miqdori ko’pligi va ularning asosiy qismini linol (56,9 % dan 68,5 %
gacha) tashkil qiladi.
Tarvuz urug’ining moyi ham inson organizmiga kerakli bo’lgan yog’
kislotalarni o’z ichida saqlaydi. Ayniqsa uning tarkibida linol kislotasi miqdorining
ko’pligi uning foydali xususiyatlarini oshiradi[85].
Chet el olimlari tarvuz urug’ining 2 turi, ya’ni oq va qora rangli urug’laridan
olingan moylarni fizik-kimyoviy xususiyatlarini o’rganib, taxlil qilib chiqishgan.
Ularning ilmiy izlanishlari natijasida, tarvuz urug’i moyi istemolga yaroqli ekanligi
aniqlanib, oq va qora urug’lar tarkibida 40 va 35 % miqdorda moy borligi topilgan.
Moydagi yog’ kislotalarning taxlil natijasiga ko’ra, to’yinmagan yog’ kislotalar 79
% ni tashkil etib, uning 68 % miqdorini linol kislotasi, olein kislotasi 11 %, stearin
16-18 % va palmitin kislotasi 13-15 % miqdorini egallaydi. Undan tashqari moyning
fizik-mexanik xususiyati ham aniqlangan bo’lib, moyning nur sindirish ko’rsatkichi
oq tarvuz urug’ining moyida 1,468 ±0.002, qorasida esa 1,467 ±0.001, zichligi oq
rangli urug’da 0.898 g/ml bo’lsa, qora rangli urug’da esa 0.894, yod soni 85 J
2
mg/g
va 80 J
2
mg/g, sovunlanish soni 609 mg KOH/g va 625 mg KOH/g. perekis soni esa
12 O
2
/kg va 9 O
2
/kg gat eng bo’ldi[79].
V. V. Derevonko[86] va O. V. Ulyanova[87] o’z izlanishlarida, tarvuz urug’i
va uning tarkibi bo’yicha izlanishlar o’tkazishib, tarvuz urug’i tarkibidagi moyning
yog’ kislota tarkibini aniqlashgan.
V. V. Derevenko Tojikistonda yetishtirilgan “Astraxan” navli tarvuz urug’i va
uning kimyoviy tarkibi bo’yicha tadqiqot o’tkazib, tarvuz urug’i moyining yog’
119
kislota tarkibini aniqlagan. Unga ko’ra tarvuz urug’i moyida miristin 0,04 %,
palmitin 10,79 %, palmitolein 0,19 %, stearin 5,94 %, olein 22,7 %, linol 59,8 %,
linolen 0,07 %, araxin 0,26 %, eykozen 0,08 % va begen kislotasi 0,07 % miqdorda
mavjud[86].
O. V. Ulyanova eksperiment natijalariga ko’ra, tarvuz urug’i tarkibidagi
moyning yog’ kislota tarkibi quyidagicha: miristin 0,09 %, palmitin 10,56 %,
palmitolein 0,14 %, stearin 6,23 %, olein 24,38 %, linol 57,99 %, linolen 0,31 %,
araxin 0,17 %, eykozen 0,05 % va begen kislotasi 0,22 %[87].
Ushbu tadqiqot ishlarining natijalaridan ko’rinib turibdiki, tarvuz urug’i
tarkibidagi moyning ko’p qismini to’yinmagan yog’ kislotalar tashkil qiladi.
To’yinmagan yog’ kislotalarining ko’p miqdori linol kislotasiga to’g’ri kelgan.
Linol kislotasining miqdori ko’pligi sabab, tarvuz urug’i moyini linol guruhiga
mansub moylarga qo’shsak ham bo’ladi.
Qovoq moyining yog’ kislota tarkibi ham, yuqoridagi tarvuz va qovun
urug’lari moyiga o’xshash bo’lib, yog’ kislota tarkibining asosiy qismini
to’yinmagan yog’ kislotalari tashkil qiladi. Bu esa o’z navbatida inson organizmi
uchun qimmatbaho bo’lgan yog’larni beradi. Bu yog’ kislotalarning orasida eng
zarurlaridan biri linol kislotasidir.
V. V. Derevenko o’z ilmiy izlanishida, “Shtiriy moydor” navli qovoq urug’ini
o’rganib, uning yog’ kislota tarkibini Avstriya[89, 90], va Iroqda[84] yetishtirilgan
qovoq urug’i bilan solishtirgan[88].
Rossiyada yetishtirilgan qovoq urug’idan presslash usulida moy olib, uning
moyini Xromatek-Kristall xromotogrammasi orqali, uning yog’ kislota tarkibini
aniqlagan. Xromotogramma bergan natijalarga ko’ra qovoq urug’i moyi tarkibida
miristin 0,07 %, palmitin 10,51 %, palmitolein 0,1 %, stearin 5,37 %, olein 38,1 %,
linol 44,69 %, linolen 0,15 %, araxin 0,39 %, eykozen 0,11 %, begen 0,44 % ni
tashkil etgan[88].
Avstriyada yetishtirilgan qovoq urug’i moyining yog’ kislota tarkibi bir oz
farq qiladi, lekin uning ham asosiy qismini to’yinmagan yog’ kislotalar tashkil
etilishi olingan natijalarda ko’rinib turibdi. Unga ko’ra qovoq moyi tarkibida
120
miristin 0,09 %, palmitin 11,91 %, palmitolein 0,18 %, stearin 4,87 %, olein 30,27
%, linol 51,88 %, linolen 0,23 %, araxin 0,32 %, eykozen 0,08 % va begen kislotasi
0,08 % miqdorda mavjud[89,90]
Iroqda yetishtirilgan qovoq urug’i moyining fizik-kimyoviy ko’rsatkichlarini
aniqlash borasida o’tkazilgan eksperiment natijalariga ko’ra, urug’dan olingan
moyning zichligi, dinamik qovushqoqligi va nur sindirish ko’rsatkichi 0,915 g/ml,
93,659 sP va 1,4662 ga teng bo’lgan. Moyning kislota soni (mg KOH/g), perekis
soni (mg-ekv O
2
/kg), yod soni (J
2
/100 g), sovunlanish soni (mg KOH/g), va
sovunlanmaydigan moddalar miqdori (%) aniqlanib, u quyidagicha bo’ldi: 0,78,
0,39, 10,85, 104,36, 190,69 va 6,73[84]. Qovoq urug’i moyining yog’ kislota tarkibi
quyidagiga teng bo’ldi: palmitin 10,68 %, palmitolein 0,58 %, stearin 8,67 %, olein
38,42 %, linol 39,84 %, linolen 0,68 %[84].
Ushbu natijalarni o’zaro solishtirish natijasida, Rossiyada yetishtirilgan
qovoq urug’i moyi tarkibidagi olein kislotasi, Avstriyadagiga nisbatan ko’proq,
lekin Iroqdagiga juda yaqin. Linol kislotasi esa Avstriyada yetishtirilgan qovoq
urug’i moyi tarkibida nisbatan ko’proq. Bu esa shundan dalolat beradiki, urug’lar
tarkibidagi moyning farqi, ularning yetishish davri va shart sharoitiga bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |