Neytrallash usullari va texnologik rejimlari.
Neytrallash usullari asosan
neytrallangan yog‘-sovun eritmasi fazalarini ajratish prinsiplari bilan farqlanadi:
davriy-fazalarni tuzli-suv asosli gravitatsion maydonda ajratish;
uzluksiz-fazalarni markazdan qochma kuch maydonida, ishqor-sovun muhi-
tida ajratish,, uzluksiz emulsiyali usul.
Davriy usul
- hozirgi vaqtda yog‘larning uncha katta bo‘lmagan miqdori va
paxta yog‘i uchun ishlatilmokda. Bu usul xajmi 5, 10, 20 t bo‘lgan neytralizator-
larda bajariladi. Rafinatsiya quyidagicha olib boriladi.
Yog‘ neytralizatorga kelib tushadi va bug‘li g‘ilof yordamida kerakli
haroratgacha (40-45
0
C) qizdirib aralashtiriladi. Tarqatuvchi yordamida, hisob-
langan va shu haroratgacha qizdirilgan ishqor eritmasi beriladi, 30 min. davomida
aralashtirib turiladi. Keyin yog‘ning haroratini ko‘tarib (60-65
0
C), soapstok
parchalari hosil bo‘lguncha aralashtiriladi. Tindiriladi. Yog‘ sharnirli truba orqali
quyib olinadi. Soapstokni esa maxsus sig‘imga tushiriladi. Zarur bo‘lganda suv yoki
tuz eritmasini berish mumkin. 5.1-jadvalda kungaboqar va soya moylarini
rafinatsiyalashni texnologik rejimlari berilgan.
5.1 – jadval
Neytrallashning texnologik rejimlari
Ko‘rsatgichlar
Kislota soni, 7
gacha
Kislota soni,
7dan yuqori
Ishqor konsentratsiyasi, g/l
85-105
125-145
Ortiqcha ishqor, %
10-20
10-20
Boshlang‘ich harorat,
0
C
45-50
45-50
Oxirgi harorat,
0
C
55-60
55-60
Tindirish
6 soatgacha
6 soatgacha
Davriy usulning kamchiligi, tindirishning uzoqligi, soapstokda neytral yog‘
miqdorining ko‘pligi va bu jarayon uzoq bo‘lgani uchun ishqor neytral yog‘ni
sovunlaydi. Soapstok yog‘ligini 30-50 % bo‘ladi.
57
A.A.Shmidt yangi usulni taklif qildi, ya’ni tuz-suv asosli neytraliza-siya. Bu
usul, sovun pardasi osh tuzining kuchsiz eritmasida erishiga asoslangan va buni
natijasida soapstokdagi neytral yog‘ ajralib chiqadi. Buning uchun neytralizatorga 1
% konsentratsiyali tuz-suv eritmasi beriladi. Sovunli parda cho‘kmaga tusha turib,
tuz-suv eritmasiga tushadi. Sovun erib, yog‘ ajralib chiqadi. Neytralizatsiya harorati
90-95
0
C (sovun shunday haroratda yaxshi eriydi). Ishqor konsentratsiyasi 40-45 g/l.
Tuzli eritmaning miqdori yog‘ning kislota soniga bog‘liq va eritmadagi sovun
konsentratsiyasi 9-12 % dan oshmasligi kerak. Tuz-suv asosli usul neytralizator
unumdorligini oshiradi va soapstokdagi yog‘ miqdorini kamaytiradi.
O’simlik moylarini davriy usulda rafinatsiyalash texnologik sxemasi 5.2-
rasmda keltirilgan.
Presslash usulida olingan paxta moyini rafinatsiyalash davriy usulida
ishlaydigan 4-neytralizatorda fazalarga ajratgan holda emulsiyali usulda olib
boriladi.
Dastlabki rafinatsiyalanmagan forpress moyi forpress sexidan bak 1 ga kelib
tushadi. U yerdan press moyi nasos 2 yordamida reaktor-turbulizator 3 orqali yoki
nasos 2a orqali to’g’tidan to’g’ri davriy neytralizatorga uzatiladi.
Bir vaqtning o’zida turbulizatorga moy bilan birgalikda talab etiladigan
konsentratsiyadagi ishchi ishqor eritmasi o’lchov bak 14 dan o’z oqimi bilan
uzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |