fermentning substratlari bo’lib piruvat va degidrolipoat kislota xizmat qiladi,
degidrolipoat kislota ikkinchi ferment – digidrolipoat atsetiltransferazaning
prostetik gruppasidir. Piruvatdekarboksilaza taьsirida pirouzum kislotadan
karboksil gruppasi ajralib chiqadi, atsetil qoldig’i esa, lipoat kislotadagi oltingugurt
dekarboksillanishi bevosita tiamindifosfat ishtirokida boradi: undagi tiazolь halqa
uglerod atomiga piruvatning o’zgarishidan hosil bo’lgan oraliq mahsulot – oksietil
qoldig’i birikadi, u keyin lipoat kislotaga o’tib, ayni vaqtda atsetil qoldig’iga
Kompleksning ikkinchi fermenti – digidrolipoat-atsetil-transferaza – o’zining
prostetik gruppasiga birikkan atsetil qoldig’i KoA ga o’tishini katalizlaydi; bunda
vodorod aktseptori bo’lib xizmat qiladi. Degidratatsiyalanish natijasida
digidrolipoat kislota boshlang’ich shakli – degidrolipoat kislotaga aylanadi va
piruvat degidrogenaza kompleksi navbatdagi piruvat molekulasi bilan reaktsiyaga
kirishishi mumkin. Digidrolipoildegidrogenaza tarkibida koferment tariqasida FAD
bo’ladi, u oraliq vodorod aktseptori bo’lib xizmat qiladi.
SHunday qilib, piruvatning oksidlovchi dekarboksillanishida beshta
koferment ishtirok etadi. SHulardan 3 tasi – tiamin-pirofosfat, lipoat kislota va
FAD – kompleks fermentlari bilan mahkam bog’langan, qolgan ikkitasi – KoA
bilan NAD esa erkin erigan holatda bo’ladi va asosiy oxirgi maxsulotlar – atsetil
qoldig’i bilan vodorod atomlari aktseptorlari bo’lib xizmat qiladi. Atsetil qoldig’i
keyin tsitrat tsiklida oksidlanadi, vodorod esa NAD*N dan elektronlar bilan
protonlarni olib o’tuvchi zanjirga tushadi.
Piruvatdegidrogenaza kompleksi molekulyar massasi 7-10 mln.ga boradigan
yirik zarrachadir. Uning tarkibiga taxminan 30 tadan piruvatdekarboksilaza va
digidrolipoatatsetiltransferaza
molekulalari
hamda
10
taga
yaqin
digidrolipoatdegidrogenaza molekulalari kiradi. Ayrim fermentlar bir-birlari bilan
shu tariqa birikkanki, lipoat kislotaning yetarlicha uzun va qayishqoq uglevodorod
zanjiri bilan digidrolipoatatsetiltransferazaga birikkan oltingugurtli qismi
piruvatdekarboksilaza
aktiv
markaziga,
o’zining aktiv markaziga va
digidrolipoatdegidrogenaza aktiv markaziga galma-galdan «tashrif buyurib turishi»
mumkin. SHu munosabat bilan kompleks mashinadan—mashinaga yarim mahsulot
o’tib turadigan konveyrga o’xshab ishlaydi. Bunday tarkib jarayonni ancha
samarali qilib qo’yadi: oraliq mahsulotlar eritmaga ajralib chiqmaydi va demak,
reaktsiyaga kirishadigan moddalarning bir-biriga duch kelishi diffuziya bilan
tasodiflarga bog’liq bo’lmay qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: