Birinchi bosqichda uglevodlardan - geksozalar, glyukoza, fruktoza, galaktoza; oqsillardan - aminokislotalar; yogʼlardan – glitserin va yogʼ kislotalari xosil boʼladi. Bu jarayonlarda ajraladigan energiya miqdori deyarli koʼp emas va ozuqa moddalar umumiy energiyasining taxminan 0,6-1% tashkil qiladi.
Katabolizmning spetsifik yoʼllari
Katabolizmning spetsifik yoʼllari
Ikkinchi bosqichda monosaxaridlar va glitserin piruvatga aylanadi, yogʼ kislotalari esa – atsetil-KoА, aminokislotalar – piruvatga, α-ketoglutaratga, fumaratga, suktsinat va atsetil-KoА aylanadi. Bu bosqichda ozuqa moddalardagi taxminan 30% energiya ajralib chiqadi.
Limon kislota sikli va nafas olish zanjirli
Limon kislota sikli va nafas olish zanjirli
Uchinchi bosqichda xosil boʼlgan 4 oxirgi maxsulot: atsetil-KoА, α-ketoglutarat, fumarat, suktsinat limon kislotasi siklida SO2 va N2O parchalanadi. Natijada ozuqa moddalardan qolgan 60-70% energiya ajralib chiqadi.
1 molekula glyukozani parchalanishi misolida olib qaralsa, jami 38 molekula ATF sintezlanadi. Bundan:
1 molekula glyukozani parchalanishi misolida olib qaralsa, jami 38 molekula ATF sintezlanadi. Bundan:
1-bosqichda – 2 molekula pirouzum kislotasi va 8 molekula ATF sintezlanadi;
2-bosqichda – 2 molekula atsetil-KoA, 2 molekula CO2 va 6 molekula ATF sintezlanadi;
3- bosqichda – 4 molekula CO2 va 24 molekula ATF hosil bo‘ladi.
Piruvatni xosil boʼlishidan boshlab katabolizm yoʼllari umumiylashib boradi. Turli xil maxsulotlardan atigi 2 modda – piruvat va atsetil-KoА xosil boʼladi. Piruvatdan boshlanadigan jarayon katabolizmning umumiy yoʼllari deb nomlanadi va quidagilarni oʼz ichiga oladi:

Piruvatni oksidlanishli dekarboksillanishi
Sitrat sikli.
Pirouzum kislotasining oksidlanish yo’li bilan dekarboksillanishi
Pirouzum kislotasining oksidlanish yo’li bilan dekarboksillanishi