Kassa apparatlari turlari


Mazkur qarorning qabul qilinishi bilan



Download 0,93 Mb.
bet7/7
Sana28.06.2022
Hajmi0,93 Mb.
#712288
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
KASSA APPARATLARI TURLARI

Mazkur qarorning qabul qilinishi bilan:
birinchidan, xaridorlarga berilgan nazorat-kassa mashinalari cheklarining markazlashgan elektron ma'lumotlar bazasi yaratiladi va nazorat-kassa mashinalaridan foydalanmayotgan savdo shoxobchalarini onlayn rejimda aniqlab, tezkor choralar ko‘rish imkoniyati yaratiladi;
ikkinchidan, nazorat-kassa mashinalari orqali xaridorlarga berilgan cheklar haqidagi ma'lumotlarni qasddan o‘zgartirish, tushum summasini kamaytirish, nazorat-kassa mashinalarini yo‘qotish, buzish yoki ro‘yxatdan o‘tmagan nazorat-kassa mashinalaridan foydalanish, shuningdek, ikkilamchi buxgalteriya yuritish kabi holatlarga chek qo‘yiladi;
uchinchidan, onlayn nazorat-kassa mashinalarining kassa cheklaridagi raqamlar unikal (takrorlanmaydigan) bo‘lganligi sababli ularni soxtalashtirishning oldi olinadi, tadbirkorlik sub'yektlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotsiz elektron xizmat ko‘rsatiladi, aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirish jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini tatbiq etishning yangi bosqichga ko‘tarilishi ta'minlanadi.
Shuningdek, tadbirkorlik sub'yektlarining naqd pul tushumi bilan bog‘liq faoliyatiga aralashish va turli xil nazorat tadbirlari o‘tkazilishining kamayishiga olib keladi.
Hujjat Qonunchilik milliy bazasida rasman e'lon qilingan va 2017 yil 30 sentabrdan kuchga kirgan.
Onlayn nazorat-kassa mashinalarining afzalliklari
Xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qabul qilingan kompleks chora-tadbirlar natijasida tadbirkorlik sub’ektlari sonini yanada ko‘paytirish hamda ular tomonidan iste’molchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar turlarini kengaytirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda.
Mamlakat iqtisodiyotini uzoq muddatli rivojlantirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotgan sharoitda axborot texnologiyalari vositasida iste’molchilar, tadbirkorlik sub’ektlari va davlat soliq xizmati organlarining uyg‘unlashgan faoliyati alohida ahamiyat kasb etadi.
Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasini yanada erkinlashtirish, uning hajmini keskin oshirish, hisob-kitoblar tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy qilish hamda ushbu sohada jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida: 2019 yil 6 sentabrda “Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi hisob-kitoblar tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ushbu sohada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5813 sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezident farmoni qabul qilindi.
Ushbu farmonga muvofiq tadbirkorlik sub’ektlari onlayn-NKM yoki virtual kassadan foydalanishga o‘tgan taqdirda:
- ularga nisbatan amaldagi fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinalarini ishlatish, kassir-operatsiyachi tomonidan nazorat-kassa daftarini yuritish hamda ish kuni oxirida har bir nazorat-kassa mashinasi bo‘yicha kunlik hisobotni chiqarib olish majburiyatlari bekor qilinadi;
- kunlik o‘rtacha naqd pul tushumi miqdoridan qat’i nazar naqd pulni bank kassalariga inkassatsiya xizmatlari orqali o‘zlari belgilagan davrlarda yoki mustaqil ravishda topshirish huquqiga ega;
- ularga hisoblangan va to‘lanishi lozim bo‘lgan foyda solig‘i yoki yagona soliq to‘lovi yoxud qat’iy belgilangan soliq summasini onlayn-NKMni 2021 yil 1 yanvarga qadar davlat soliq xizmati organlarida ro‘yxatga qo‘yish sharti bilan, uning har birini xarid qilish, o‘rnatish va ishga tushirish bilan bog‘liq xarajatlar summasiga, lekin bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan oshmagan miqdorda kamaytirish huquqi beriladijismoniy shaxslarning bank plastik kartalari yoki chegirma (diskont) kartalariga ommaviy oferta shartlari asosida o‘tkazilgan bonuslar (pul, ball va boshqa birliklar) shaklidagi mablag‘lar (cashback) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bazasi sifatida qaralmaydi;
- jismoniy shaxslarning uy xo‘jaligi sharoitida, shu jumladan dehqon xo‘jaligida yetishtirilgan chorvachilik, asalarichilik va dehqonchilik mahsulotlarini tabiiy va qayta ishlangan holda, sanoatda qayta ishlashdan tashqari, sotishdan, shuningdek, hayvonlarni tirik yoki ularni so‘yib sotishdan oladigan daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod qilinishida, realizatsiya qilingan mahsulot jismoniy shaxs yoki uning oila a’zolariga ajratilgan tomorqa yer uchastkasida yetishtirilganligini tasdiqlovchi hujjatni talab qilish tartibi bekor qilinadi;
Ushbu Farmon bilan tasdiqlangan grafikda ko‘rsatilgan muddatlar tugagandan keyin onlayn-NKM yoki virtual kassadan foydalanmasdan tovarlarni realizatsiya qilish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish, onlayn-NKM yoki virtual kassa orqali chek taqdim etmaslik yoki fiskal belgiga ega bo‘lmagan cheklarni taqdim qilish — fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini yoki hisob-kitob terminallarini ishlatish majburiy bo‘lgani holda ularni ishlatmasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik deb baholanadi hamda qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.
Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish