Kasimova Gulyar Axmatovna Sholdarov Dilshod Azimiddin o’g’li


Pensiya ta’minotida sug’urta badallarini hisobga olish tartibini



Download 7,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/229
Sana29.05.2022
Hajmi7,61 Mb.
#619293
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   229
Bog'liq
pensiya taminoti nazorati

4.7.Pensiya ta’minotida sug’urta badallarini hisobga olish tartibini 
takomillashtirish 
Pensiya ta’minoti sohasini isloh qilishning asosiy yo’nalshlaridan biri bo’lgan 
Pensiya jamg’armasiga to’lanadigan sug’urta badallarini yakka tartibda hisobi 
bo’yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirish ishlari yakunlangandan keyin 


136 
mamlakatdagi demografik va mehnat bozori holati, bandlik siyosati, umumiy va 
maxsus mehnat stajining davomiyligi, sug’urta stajining davomiyligi, xodim uchun 
ish beruvchi tomonidan to’langan sug’urta badallari miqdori, pensiya tayinlanish 
sanasi, mehnat va pensiya yoshida bo’lgan ko’pchilik aholi to’g’risidagi to’liq 
ma’lumotlar bazasi shakllanadi. Yakka tartibdagi hisobga olish fuqarolarning 
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya 
jamg’armasiga o’tkazilgan sug’urta badallarini hisobga olish tizimini yanada 
takomillashtirish, 
shuningdek 
davlat 
pensiyalarini 
tayinlash 
jarayonini 
soddalashtiradi. 
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari 
Pensiya jamg’armasiga fuqarolar tomonidan o’tkazilgan sug’urta badallari 
summalari to’g’risidagi ma’lumotlar har bir jismoniy shaxs bo’yicha ish 
beruvchilar tomonidan soliq organlariga O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga yagona ijtimoiy to’lovi va 
fuqarolarning sug’urta badallari bo’yicha soliq hisoboti tarkibida belgilangan 
tartibda taqdim etiladi. 
Shu bilan birga pensiya ta’minoti sohasida amalga oshirilgan chuqur 
islohotlar, ularning zamonaviy ko’rinishlarining amaliyotga joriy etila boshlashi 
samarasi o’laroq, respublikamizda aholini ijtimoiy himoyalash masalalarining 
to’g’ri tashkil etilganligidan dalolat beradi. Byudjetdan tashqari Pensiya 
jamg’armasining daromad manbalari jami byudjet mablag’larini shakllantirishda 
o’ziga xos o’rinni egallab, bu borada soliq xizmati organlari ishini tashkil etish va 
hisob-kitoblarini yuritishning yangi uslubiyatini ishlab chiqilishi bilan ifodalanadi. 
O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq, yagona ijtimoiy 
to’lovning soliq solish ob’ekti bo’lib ish haqi tarzidagi daromadlar hisoblanadi. Ish 
haqi tarzidagi daromadlarga quyidagilar kiritiladi: 
- ish beruvchi bilan mehnatga oid munosabatlarda bo’lgan va tuzilgan 
mehnat shartnomasiga muvofiq, ishlarni bajarayotgan jismoniy shaxslarga 
hisoblanadigan va to’lanadigan barcha to’lovlar;


137 
- mehnatga haq to’lashning qabul qilingan shakllari va tizimlariga muvofiq 
ishbay narxlar, tarif stavkalari va mansab maoshlaridan kelib chiqqan holda 
haqiqatda bajarilgan ish uchun hisoblangan ish haqi;
- ilmiy daraja va faxriy unvon uchun qo’shimcha to’lovlar; 
- rag’batlantirish xususiyatiga ega bo’lgan to’lovlar; 
-kompensatsiya to’lovlari va ishlamagan vaqt uchun to’langan to’lovlar. 
Bugungi kunda yagona ijtimoiy to’lov bo’yicha hisoblash bazasini 
kengaytirilishi zarur. Bunda avvalombor jismoniy shaxslarning qo’shimcha 
daromadlari sifatida e’tirof etiladigan mulkiy daromadlardan yagona ijtimoiy 
to’lov hisoblanishi kerak. 
Sug’urta badallarini hisobga olish reestrini yuritish bo’yicha dasturiy 
ta’minotni soliq organlarining yagona integratsiyalashtirilgan axborot resurs 
bazasiga joriy etildi. Fuqarolarning O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga o’tkazilgan sug’urta 
badallarini yakka tartibda hisobga olishning markazlashtirilgan elektron reestrini 
shakllantiriladi va belgilangan tartibda yuritiladi. O’zbekiston Respublikasi 
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan 
birgalikda fuqarolarga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 
fuqarolarning o’tkazilgan sug’urta badallari to’g’risidagi ma’lumotlarni taqdim 
etish bo’yicha davlat interaktiv xizmati joriy etildi. Sug’urta badallarini hisobga 
olish reestrini shakllantirish va yuritishning asosiy maqsadi O’zbekiston 
Respublikasi Davlat soliq qo’mitasining ma’lumotlar yagona axborot bazasi 
negizida fuqarolarning O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi 
byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallarining yakka tartibda 
hisobga olish bo’yicha ma’lumotlarning yagona elektron axborot bazasini yaratish 
hisoblanadi.
Sug’urta badallarini hisobga olish reestrini shakllantirish va yuritish tartibi 
quyidagicha bo’ladi. Sug’urta badallarini hisobga olish reestri fuqarolarning 
Pensiya jamg’armasiga hisoblangan sug’urta badallari to’g’risidagi ma’lumotlar 
asosida shakllanadi. Ish beruvchi ma’lumotlarni soliq hisobi bo’yicha joylashgan 


138 
davlat soliq xizmati organlariga O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida nazarda 
tutilgan muddatlar va shaklda taqdim etadi. Davlat soliq xizmati organlari 
ma’lumotlar kelib tushishiga ko’ra, ularni Davlat soliq qo’mitasining 
Markazlashgan axborot bazasiga kiritadi. Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash 
ishlarini o’z vaqtida tashkil etish maqsadida Davlat soliq qo’mitasi tomonidan 
Pensiya jamg’armasiga Davlat soliq qo’mitasining Markazlashgan axborot 
bazasida joylashgan ma’lumotlardan foydalanish huquqi beriladi
62

Pensiya jamg’armasining elektron so’rovi Davlat soliq qo’mitasining 
Markazlashgan axborot bazasida joylashgan ma’lumotlardan foydalanishga huquq 
berish uchun asos hisoblanadi. Pensiya jamg’armasining elektron so’rovi kelib 
tushganda, Davlat soliq qo’mitasining Markazlashgan axborot bazasi yakka 
tartibdagi hisobga olishning tegishli ma’lumotlarini shakllantiradi va yuboradi. 
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya 
jamg’armasi "O’zbekiston pochtasi" ochiq aktsiyadorlik jamiyati va O’zbekiston 
Respublikasi Xalq bankining bo’linmalarida pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, 
kompensatsiya to’lovlari hamda boshqa to’lovlarning to’liq va o’z vaqtida 
to’lanishi monitoringini olib boradi va tekshiradi. Normativ-huquqiy hujjatlar 
loyihalarini ishlab chiqishda qatnashadi, fuqarolarning pensiya ta’minoti masalalari 
bo’yicha zamonaviy nazariy ishlanmalarni va xorijiy tajribalarni o’rganadi. 
Jamg’armaning mablag’larini oluvchilar, pensiyalar hamda davlat ijtimoiy 
sug’urtasi bo’yicha nafaqalar tayinlash va to’lash to’g’risidagi axborotni ishlab 
chiqishda qatnashadi va avtomatlashtirilgan tizimda qayta ishlashni joriy etadi.
Respublikamizda pensiya tizimini zamonaviy axborotlashtirish orqali 
pensiya xizmati ko’rsatish ko’lami yaxshilandi. Byudjetdan tashqari Pensiya 
jamg’armasi tizimida texnik modernizatsiya qilish masalasiga ustuvor vazifa 
sifatida alohida e’tibor berilar ekan, avvalambor, pensiya ta’minotini tashkil 
etishda avtomatlashtirilgan axborot tizimini ommaviy ravishda joriy etilishi sohaga 
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni jadal kirib borayotganligidan 
62
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga o’tkazilgan sug’urta badallari to’g’risidagi ma’lumotlarni 
yakka tartibda hisobga olishning joriy etish chora-tadbirlari haqida”gi 90-son Qarori. 2015 yil. 14 aprel.


139 
dalolat beradi. Shu maqsadda, eng avvalo, respublikamizda istiqomat qiluvchi 
barcha pensiya va nafaqa oluvchilarning ishonchli himoyalangan, yagona 
markazlashgan ma’lumotlar bazasi shakllantirildi. Bunda, respublikamizda 
istiqomat qiluvchi 3,3 mln.dan ortiq pensiya va nafaqa oluvchilarning yagona 
elektron ma’lumotlar bazasi tashkil etildi. Amaliyotga tadbiq etilgan dastur, ijobiy 
tomonini joriy etishning birinchi kunlaridanoq ko’rsata boshladi, buning natijasida, 
noqonuniy pensiyalarni tayinlanishi oldi olindi. Pensiya jamg’armasining 
mablag’lari tejalishiga erishildi. 
Hozirgi kunda pensiyalarni hisoblab chiqishda aksariyat hollarda ish haqi 
to’g’risidagi to’liq ma’lumotlar saqlanmaganligi, shu kunga qadar arxivlarga 
hujjatlarni topshirish va ularni saqlanishida kamchiliklarga yo’l qo’yilayotganligi, 
to’langan badallarni shaxsiy hisobi yuritilma-ganligi sababli muammolarga duch 
kelinmoqda. Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari to’lovlarini yig’ish va ularni 
sarflashini tartibga solish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim: 

sug’urta badallari to’lovlarini to’lashi lozim bo’lgan har bir yuridik va 
jismoniy shaxslarni aniq hisobini yuritish; 

har bir fuqaro tomonidan to’lanayotgan sug’urta badallarining shaxsiy hisob-
kitobini yuritish; 

har bir fuqaroning ish stajlarini hisob-kitobini yuritib borish; 

sug’urta badallari to’lovchi sifatida ro’yxatdan o’tmagan badallarni o’z 
vaqtida to’lamayotgan yoki kamaytirib to’layotganlarga solinadigan jarimalar 
miqdorini oshirish; 

pensiya jamg’armasi mablag’larini faqatgina sug’urtalovchi fuqarolarning 
ijtimoiy himoyasiga sarflash. 
Yuqoridagi muhim masalani hal qilish uchun O’zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi xududiy bo’limlarida 
fuqarolarning ish stajini va sug’urta badallarini hisobini yuritish bo’yicha guruh 
tashkil qilindi. Ma’lumotlar markazlashgan dastur asosida yuritiladi. Har bir 
yuridik shaxs va jismoniy shaxs larning STIRi asosida dasturga kiritib boriladi. 
Har bir fuqaroning qaysi vaqtda qaerda va qaysi tashkilotda ishlaganligi hamda 


140 
hozirgi kunga qadar qancha sug’urta badali to’laganligini bilib turish mumkin. Bu 
pensiya tayinlanayotgan paytda byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi hududiy 
bo’limlarining pensiya tayinlash guruhi xodimlarini ishini engillashtirdi. 
Pensiyalarni o’z vaqtida hamda to’liq va ishonchli tayinlashini ta’minlaydi. 

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish