Kasimova Gulyar Axmatovna Sholdarov Dilshod Azimiddin o’g’li


Davlat pensiya ta’minotining umumiy boshqarish organlari



Download 7,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/229
Sana29.05.2022
Hajmi7,61 Mb.
#619293
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   229
Bog'liq
pensiya taminoti nazorati

4.3.Davlat pensiya ta’minotining umumiy boshqarish organlari 
 
Iqtisodiyotini modernizatsiyalashda tarkib topgan ijtimoiy himoya tizimi, 
tabiiyki, kelajakda o’zgarib borayotgan aniq tarixiy sharoitlarga muvofiq holda 
tegishli sur’atda yangilanadi. Lekin ijtimoiy yo’naltirilgan iqtisodiyot sharoitida 
unga bo’lgan ehtiyoj hech qachon yo’qolmaydi, demokratik shaklda tashkil etilgan 
davlat boshqaruvi mohiyati ana shunda ko’rinadi. 
Moliyaviy nazorat bo’yicha muhim funktsiyalarni O’zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi bajaradi. O’zbekiston Respublikasining 1993 yil 6 maydagi 
«O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to’g’risida» Qonuniga muvofiq, u 
vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralar va boshqa davlat va xo’jalik boshqaruv 


115 
organlari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi. O’zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi davlat moliyaviy nazoratini amalga oshiruvchi organlar 
vakolati va funktsiyalari tartibini belgilaydi. 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi samarali iqtisodiy, ijtimoiy, 
moliyaviy, pul-kredit siyosati yuritilishi, fan, madaniyat, ta’lim, sog’liqni saqlashni 
hamda iqtisodiyotning va ijtimoiy sohaning boshqa tarmoqlarini rivojlantirish 
bo’yicha dasturlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi uchun javobgar bo’ladi. 
Fuqarolarning iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa huquqlari hamda qonuniy 
manfaatlarini himoya qilish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi. 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o’z vakolatlari doirasida
55
ish 
ko’radi. Jumladan: 
o
barqaror iqtisodiy o’sishni, makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlash, 
iqtisodiyotni isloh etish va tarkibiy o’zgartirish bo’yicha choralar ko’radi; 
o
O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari 
byudjetlari, soliq va byudjet siyosatining asosiy yo’nalishlari O’zbekiston 
Respublikasining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish prognozlarini hamda 
eng muhim dasturlarini inobatga olgan holda ishlab chiqilishini va ijro 
etilishini tashkil etadi; 
o
davlat boshqaruvi usullarini takomillashtiradi, shu jumladan elektron 
hukumat printsiplari asosida takomillashtiradi, bozor printsiplariga 
asoslangan xo’jalik boshqaruvi va korporativ boshqaruvning zamonaviy 
printsiplari va usullari joriy etilishini rag’batlantiradi; 
o
ta’lim tizimini rivojlantirishni, uning sifati va samaradorligini oshirishni 
ta’minlaydi, uzluksiz ta’limdan keng ko’lamda foydalanish uchun sharoitlar 
yaratadi, 
ilm-fan 
va 
texnologiyalarni 
rivojlantirishning 
ustuvor 
yo’nalishlarini bajarish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi; 
o
sog’liqni saqlash tizimini rivojlantirish, tibbiy xizmat ko’rsatish darajasini 
oshirish, aholining sog’lig’ini saqlash va mustahkamlash, sog’lom turmush 
55
«O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasining Qonuniga 
o’zgarishlar va qo’shimchalar kiritish haqida»gi O’zbekiston Respublikasining Qonuni. 2003 yil. 29 avgust. 


116 
tarzi printsiplarini joriy etish, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni 
ta’minlash bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi; 
o
ish o’rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturlarini ishlab 
chiqadi hamda amalga oshiradi, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish, ularning 
ijtimoiy va pensiya ta’minoti tizimlari faoliyat ko’rsatishini ta’minlaydi, 
oila, onalik va bolalikni himoya qilishga ko’maklashadi, yoshlarga oid 
davlat siyosatini amalga oshirish bo’yicha choralar ko’radi; 
o
O’zbekiston Respublikasida pul va kredit tizimini mustahkamlash, bank va 
boshqa moliya institutlarining barqarorligini ta’minlash bo’yicha chora-
tadbirlarni amalga oshirishga ko’maklashadi. 
Davlat byudjetiga (davlat maqsadli jamg’armalariga) to’lovlar intizomini 
mustahkamlash va Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish bo’yicha 
hukumat komissiyasi Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent 
shahrida o’zining mintaqaviy komissiyalariga ega. Mazkur Komissiya tomonidan 
uning vakolati doirasida qabul qilingan qarorlar vazirliklar, idoralar, mahalliy 
hokimiyat va boshqaruv organlari, tijorat banklari, mulkchilik shaklidan qat’i 
nazar, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar hamda ularning birlashmalari (xo’jalik 
uyushmalari), mansabdor shaxslar va fuqarolar ijro etishi uchun majburiy 
hisoblanadi.
Respublika pul-kredit siyosati komissiyasi zimmasiga respublikada naqd pul 
muomalasi va xalq xo’jaligida hisob-kitoblarning ahvoli ustidan nazoratni 
kuchaytirish bo’yicha chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va ularni amalga 
oshirish, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan valyuta operatsiyalarini amalga 
oshirish va O’zbekiston iqtisodiyoti ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish uchun 
ajratiladigan kreditlardan maqsadli foydalanish tartibiga qat’iy rioya etilishini 
ta’minlash vazifasi yuklatilgan.O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
huzurida Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va Davlat byudjetiga 
(davlat maqsadli jamg’armalariga) to’lovlar intizomini mustahkamlash bo’yicha 
hukumat komissiyasi hamda Respublika pul-kredit siyosati komissiyasi tashkil 
etilgan bo’lib, ularga davlat moliyaviy nazorati sohasida katta vakolatlar berilgan.


117 
Moliyaviy nazoratni umumdavlat va sohaviy nazoratlarga bo’lish mumkin. 
Umumdavlat nazorati O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O’zbekiston 
Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan kimga bo’ysunishidan qat’iy nazar 
barcha ob’ektlar ustidan olib boriladi. Sohaviy nazoratni o’z ichki sohaviy va ichki 
xo’jalik nazoratiga bo’lish mumkin. Ichki sohaviy nazorat vazirliklar, davlat 
qo’mitalari, idoralari tomonidan uziga bo’ysunuvchi tashkilotlarga nisbatan olib 
borilishi mumkin. Nazoratning bu turini amalga oshirish uchun vazirliklar, davlat 
qo’mitalarida nazorat-taftish bo’limlari tashkil qilinishi mumkin. Ichki xo’jalik 
nazorati tashkilotlarning o’zida tashkil etilgan bo’limlar (xizmatlar) tomonidan olib 
boriladi. Davlat va mahalliy ichki xo’jalik nazorati, masalan, buxgalteriya 
bo’limlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Rejali tekshiruvlar - bir yil (bir chorak)ga mo’ljallangan reja-grafiklar 
asosida o’tkaziladi. Bunday tekshiruvlarni o’tkazish va tasdiqlangan reja-
grafiklarga tuzatishlar kiritish to’g’risidagi takliflar nazorat organlari tomonidan 
O’zbekiston Respublikasining Respublika Nazorat organlari faoliyatini 
muvofiqlashtiruvchi Kengashiga taqdim etiladi. Nazorat organlari ob’ektlarni, ular 
faoliyatining mezonlari va o’ziga xos tomonlari hisobga olingan holda, ishlab 
chiqilgan tekshiruvlar reja-grafigiga kiritish uchun ularni sinchiklab tanlab oladilar. 
Ushbu takliflar asosida tekshiruvlarning yillik (choraklik) reja-grafiklari, ularda 
kompleks tekshiruvlar ajaratilgan holda, ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Rejadan 
tashqari tekshiruvlar (qisqa muddatli tekshiruvlar) nazorat organlari tomonidan 
O’zbekiston Respublikasining «Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini davlat 
tomonidan nazorat qilish to’g’risida»gi Qonuni talablari asosida o’tkaziladi.
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan nazorat turlari pensiya nazoratini olib boruvchi 
organlar faoliyatiga ham xosdir. Bundan tashqari moliyaviy nazoratni majburiy va 
ixtiyoriy nazoratlarga bo’lish mumkin. Majburiy nazorat quyidagi hollarda olib 
boriladi. Qonunchilikda ko’rsatilgan hollarda, masalan, byudjet ijrosi ustidan 
vakillik organlarining olib boradigan nazorat. Vakolatli davlat organlarining 
qaroriga binoan, masalan, huquqni muhofaza qiluvchi organlarining qaroriga 


118 
binoan olib boriladigan nazorat. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning mustaqil qabul 
qilgan qarorlari asosida ixtiyoriy nazorat amalga oshiriladi. 

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish