6.
Yoshga doir pensiya olish huquqiga…. bo’lgan taqdirda ega bo’ladilar.
103
A.
ayollar — 55 yoshga to’lganda va ish stajlari kamida 20 yil, erkaklar — 60
yoshga to’lganda va ish stajlari kamida 25 yil
B.
ayollar — 60 yoshga to’lganda va ish stajlari kamida 20 yil, erkaklar — 65
yoshga to’lganda va ish stajlari kamida 25 yil
C.
ayollar — 55 yoshga to’lganda va ish stajlari kamida 25 yil, erkaklar — 60
yoshga to’lganda va ish stajlari kamida 20 yil
D.
ayollar — 55 yoshga to’lganda va ish stajlari kamida 20 yil, erkaklar — 60
yoshga to’lganda va ish stajlari kamida 30 yil
7.…asosida Pensiya jamg’armasining Kuzatuvchilar kengashi tarkibi
tasdiqlandi.
A.
1252-son Qaror
B.
4161-son Qaror
C.
90-son Qaror
D.
46-son Qaror
104
IV BOB. PENSIYA TA’MINOTI NAZORATINI TASHKIL QILISH
4.1.Davlat pensiya ta’minoti nazoratining tashkiliy-huquqiy asoslari
O’zbekistonda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, qo’llab-quvvatlash
hamda himoya qilish borasida katta tajriba to’plangan. Inson huquqlari bo’yicha
milliy institutlar tizimi tashkil qilindi, bu boradagi ishlar samaradorligi asosiy
qonunimiz normalarining so’zsiz bajarilishiga asoslangan. Mustaqil bo’lgan bu
institutlar bir-birini takrorlamasdan jamiyatimizda qonun ustuvorligi, fuqarolarning
shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarini himoya qilish
printsiplariga rioya etilishiga xizmat qilmoqda.
Keksalarning hayot darajasi va sifatini yanada yaxshilash maqsadida qabul
qilingan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Keksalarni e’zozlash yili»
davlat dasturi to’g’risida»gi 2302-son Qaroriga muvofiq, keksalar va nogironlarga
doimiy e’tibor qaratadigan sektorni mustahkamlash, bunda ularga xizmat
ko’rsatadigan idora va xizmatlar, birinchi navbatda, pensiya, ijtimoiy va tibbiy
ta’minot xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish ishlari
kuchaytiriladi.
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov ta’kidlaganlaridek,
insonga munosib hayot sharoiti, uning o’zini namoyon qila olishi uchun
imkoniyatlar yaratish – iqtisodiyotimizni va butun jamiyatni rivojlantirishning oliy
maqsadidir. Biz keskinlikka yo’l qo’ymaslik uchun kuchli ijtimoiy siyosat
yuritishimiz kerak. Avvalo, fuqarolarni ijtimoiy jihatdan himoyalash borasida
nazorat ishlarini takomillashtirish kerak. Chunki, respublikamizda istiqomat
qiluvchi barcha pensiya va nafaqa oluvchilarni ijtimoiy himoyalash sira kechiktirib
bo’lmaydigan, eng ustuvor vazifa, amaliy harakatlarning eng asosiy qoidasi bo’lib
keldi va shunday bo’lib qoladi.
Aholini ijtimoiy muhofaza qilish keksalik, mehnat qobiliyatini yoki boquvchisini
yo’qotishdan sug’urta tizimi (pensiya ta’minoti, shu jumladan, xususiy pensiya
ta’minoti), kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy to’lovlar (bolalarga nafaqalar),
105
vaqtincha ishlamayotganlarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash (ishsizlik bo’yicha
nafaqa), aholining ayrim toifalariga ularning moddiy ta’minoti va xizmatlarini
hisobga olib, imtiyozlar berish (patronaj xizmatlari shaklidagi ijtimoiy yordam,
oziq-ovqat berish), onalikni muhofaza qilish (tug’ishdan oldingi va tug’ishdan
keyingi ta’tillar), sog’liqni sug’urta qildirish (tibbiy sug’urta, vaqtincha mehnat
qobiliyatini yo’qotganlik nafaqasi), o’quvchi-yoshlarni moddiy qo’llab-quvvatlash
(stipendiyalar), nogironlikning oldini olish va mehnat qobiliyatini tiklash
(nogironlarni
reabilitatsiya
qilish,
protezortopediya
markazlari)
orqali
ta’minlanadi.
Davlat tomonidan aholiga ko’rsatilayotgan ijtimoiy ta’minot, ijtimoiy
yordam samaradorligini oshirish, muhtoj tabaqalarga beriladigan yordam aniq
yo’naltirilgan bo’lishini ta’minlash, maqsadli mablag’lardan foydalanish, bunday
yordam ko’rsatish mexanizmini aholi uchun tushunarli, sodda bo’lishiga erishish
maqsadida qator chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek,
«..Mamlakatimizda inson manfaatlari bilan bog’liq masalalarni hal etishda bizning
saylovoldi dasturimizdan joy olgan, hozirgi kunda ishlab chiqilayotgan maqsadli
dasturlar muhim o’rin tutadi. Bu dasturlar odamlarning turmush darajasi va sifatini
yanada oshirishni ta’minlashga qaratilgan. Kelgusida «nafaqat eng kam oylik ish
haqini, balki byudjet tashkilotlarida ham, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda ham
o’rtacha ish haqi miqdorini, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini
bosqichma-bosqich ko’paytirish e’tiborimiz markazida bo’ladi»
46
.
«O’zbekiston Respublikasining barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari va
mansabdor shaxslari fuqarolarga ularning huquq va manfaatlariga daxldor bo’lgan
hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini yaratib
berishi lozim».
47
Har bir shaxs bevosita o’zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli
davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar
bilan
46
Mirziyoyev Sh. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining
garovi. O’zbekiston Respublikasi Prezedentining O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasining 24 yilligiga
bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi. \\ Xalq so’zi. 2016 yil. 8 dekabr.
47
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. 30-modda.
106
murojaat qilish huquqiga ega. Arizalar, takliflar va shikoyatlar qonunda
belgilangan tartibda va muddatlarda ko’rib chiqilishining nazorati shart.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, «Bizning
asosiy maqsadimiz- “Xalq qabulxonalari”ga qilingan hech bir murojaat e’tiborsiz
qolmaydigan tizim yaratishdan iborat. …Odamlarning dardini eshitish, ular bilan
ochiq muloqotda bo’lish, og’irini engil qilish - aholining davlat va jamiyatga
ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi»
48
.
O’zbekiston Respublikasining «Jismoniy va yuridik shaxslarning
murojaatlari to’g’risida»gi Qonunida davlat organlarida jismoniy shaxslarni va
yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish tartibi mazkur organlar rahbarlari
tomonidan belgilanishi ko’rsatilgan. Murojaatlar ularda qo’yilgan masalalarni hal
etish o’z vakolati doirasiga kiradigan davlat organiga bevosita yoxud bo’ysunuv
tartibida yuqori turuvchi organga beriladi. Murojaatlar og’zaki, yozma yoxud
elektron shaklda bo’lishi mumkin. Murojaatlar arizalar, takliflar va shikoyatlar
tarzida ifodalanadi. Ariza - huquqlarni, erkinliklarni va qonuniy manfaatlarni
amalga oshirishda yordam ko’rsatish to’g’risidagi iltimos bayon etilgan murojaat
deb ko’rsatiladi. Ariza yoki shikoyat masalani mazmunan hal etishi shart bo’lgan
davlat organiga kelib tushgan kundan e’tiboran o’n besh kun ichida, qo’shimcha
o’rganish va (yoki) tekshirish, qo’shimcha hujjatlarni so’rab olish talab etilganda
esa bir oygacha bo’lgan muddatda ko’rib chiqiladi.
O’zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti
to’g’risida»gi Qonunining “Pensiya tayinlashni so’rab murojaat etish tartibi”
ko’rsatilgan 43-moddasiga muvofiq, ma’muriyat (boshqaruv) ariza tushgan kundan
e’tiboran 10 kunlik muddat ichida staj va ish haqi to’g’risidagi zarur hujjatlarni
rasmiylashtiradi xamda ularni berilgan ariza va o’z takdimnomasi bilan birga
arizachi istikomat kiladigan tuman (shaxar) ijtimoiy ta’minot bo’limiga yuboradi.
Basharti, pensiya tayinlashni so’rab murojaat etgan xodimga pensiya tayinlashga
tavsiya etish rad kilinsa, unga rad etish sabablari ko’rsatilgan xolda yozma xabar
48
Mirziyoyev Sh. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining
garovi. O’zbekiston Respublikasi Prezedentining O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasining 24 yilligiga
bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi. \\ Xalq so’zi. 2016 yil. 8 dekabr.
107
qilinadi. Pensiya tayinlashni so’rab murojaat etgan shaxs ma’muriyatning
(boshkaruvning) pensiya tayinlashga tavsiya etishni rad etgan karoriga rozi
bo’lmagan xollarda, u pensiya tayinlanishini so’rab bevosita tuman (shaxar)
ijtimoiy ta’minot bo’limiga ariza berishi mumkin» deb keltirilgan. Pensiya
jamg’armasi xodimlari tomonidan fuqarodan tushgan arizani ariza tushgan kundan
e’tiboran 10 kunlik muddat ichida uning ish staji va ish haqi to’g’risidagi zarur
hujjatlarni rasmiylashtiriladi.
Fuqarolar pensiya olish huquqi paydo bo’lganidan so’ng istalgan paytda pensiya
tayinlashni so’rab murojaat etishlari mumkin. Davlat pensiyalarining turli xillarini
olish huquqiga ega bo’lgan fuqarolarga ularning o’zlari tanlagan bitta pensiya
tayinlanadi.Pensiya jamg’armasining Ijro etuvchi apparati, hududiy boshqarmalari
va tuman (shahar) bo’limlari pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya
to’lovlari va boshqa to’lovlarni to’lash uchun nazarda tutilgan Jamg’arma
mablag’larining o’z vaqtida va to’liq moliyalashtirilishi, Jamg’arma
mablag’laridan qat’iy maqsadli foydalanilishi uchun javobgar. Pensiyalar, ijtimoiy
nafaqalar, kompensatsiya to’lovlari va boshqa to’lovlarni to’laydigan tashkilotlar
Jamg’arma mablag’larining o’z vaqtida va maqsadli to’lanishi uchun javobgar.
Fuqarolarni nafaqalar tayinlash bo’yicha alohida qonun yo’qligi bu borada o’zaro
muvofiqlashtirilgan yagona yondoshuv shakllanishiga halal bermoqda va turli
anglashilmovchiliklarga sabab bo’lmoqda. Fuqarolar uchun pensiya ta’minoti,
ularga nafaqalar tayinlash va to’lash, ijtimoiy xizmatlar hamda yordamlar
ko’rsatish faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirilishi, bu sohadagi
munosabatlarni me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solishdan qonun orqali tartibga
solishga o’tilishi davlat va jamoat nazorati kuchayishiga, fuqarolarning huquqiy
ongi va madaniyatini yuksalishiga olib kelishi aniq.
Do'stlaringiz bilan baham: |