176
Bozor iqtisodiyoti sharotida davlat faoliyatidagi moliyaviy mablag’larga
ehtiyoj oshgan holda, mablag’larni taqsimlash yanada murakkablashmoqda. Bu
esa, o’z
navbatida, davlat byudjetining kassa ijrosini amalga oshirishda ichki
nazorat ahamiyatining yanada oshirilishi zarurligini talab qiladi. Hozirgi kunda
byudjet intizomiga rioya qilish, moliyaviy nazoratning rolini oshirish masalasi
nazariy
jihatdan ham, amaliy jihatdan ham avvalo, umumjamiyat manfaatlari
nuqtai-nazaridan namoyon bo’lmoqda.
Byudjet ijrosida eng
muhim
vazifa qilib byudjet
xarajatlarining
samaradorligini
oshirish, xarajatlarning aniq maqsadli va egali bo’lishiga erishish
masalasi qo’yilgan bir paytda, ijtimoiy-iqtisodiy xarajatlarga ajratilgan byudjet
mablag’laridan foydalanish samaradorligini oshirish, byudjetdan mablag’ oladigan
byudjet tashkilotlari to’lovlarini amalga oshirish mexanizmi soddalashtiriladi,
kreditor qarzdorliklar kamaytiriladi.
Shu tariqa byudjet mablag’larining egalariga tez va o’z
vaqtida etib borishi
ta’minlanadi. Kreditor qarzdorlik – korxona, tashkilot yoki muassasaning tegishli
yuridik yoki jismoniy shaxslarga to’lanishi lozim bo’lgan pul mablag’lari bo’lib,
ular me’yordagi (muddati o’tmagan) va muddati o’tgan qarzdorliklarga bo’linishi
mumkin.
Mamlakatimizda to’lov aylanmasining hozirgi holatini baholash va unga xos
bo’lgan tendentsiyalarni aniqlash nuqtai nazaridan debitorlik hamda kreditorlik
qarzlarining umumiy summasi muhim bo’lib qolmasdan, balki ularning to’lash
muddatlari o’tib ketgan qismi printsipial ahamiyatga ega.
Tahlillar shuni
ko’rsatadiki, respublikamizda bugungi kunda ham xo’jalik sub’ektlari o’rtasida
o’zaro debitorlik va kreditorlik qarzlarini qisqartirish borasida bir qator vazifalar
mavjud bo’lib, ularni hal qilish muhim iqtisodiy ahamiyat kasb etadi.
Davlat byudjeti g’azna ijrosining bank tizimidan afzalligi shundaki, davlat
byudjetining g’aznachilik ijrosida ortiqcha debitor va kreditor qarzdorliklarga yo’l
qo’yilmaydi. Respublikamizda g’aznachilik tizimi joriy qilinishi natijasida
g’aznachilik bo’limlarida byudjet tashkilotlarining shaxsiy
hisobraqamlari ochildi
va xarajatlar smetalari asosida mablag’lar to’g’ridan-to’g’ri byudjet tashkilotlari va
177
davlat maqsadli jamg’armalariga xizmat ko’rsatuvchi korxonalarga o’tkaziladi (-
rasm). Bu esa byudjet mablag’larining hisobraqamlarda harakatsiz qolib
ketishining oldini olib, mavjud mablag’lardan samarali foydalanish imkonini
yaratdi. Hozirda byudjet ijrosi bo’yicha hisob-kitob yuritish va hisobotlarni to’liq
g’aznachilik bo’limlari tomonidan olib borish yo’lga qo’yilmoqda. Natijada
byudjet tashkilotlarining debitor va kreditor qarzdorliklari
nisbatan keskin
kamaydi. Ajratilayotgan mablag’larning maqsadli ishlatilishi ustidan kunlik
monitoring kuchaytirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: