Kasimova Gulyar Axmatovna Sholdarov Dilshod Azimiddin o’g’li


Pensiya ta’minoti tizimida moliyaviy nazoratni



Download 7,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/229
Sana29.05.2022
Hajmi7,61 Mb.
#619293
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   229
Bog'liq
pensiya taminoti nazorati

 
12.3.Pensiya ta’minoti tizimida moliyaviy nazoratni 
 takomilashtirish 
Mamlakatdagi pensiya tizimida aktuar ekspertiza o’tkazish faqatgina maxsus, 
o’zaro bir-birini to’ldiruvchi, aktuar ekspertizaning turli masalalarini hal etish 
imkonini beruvchi dasturiy-uslubiy majmuadan foydalanib amalga oshiriladi. 
Masalan, Moldova Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi va Ijtimoiy muhofaza 
qilish vazirligi buyurtmasiga binoan Mustaqil aktuariy axborot-tahlil markazi 
tomonidan dasturlar majmuasi 2004 - 2007 yillar ishlab chiqilgan. Dasturiy 
majmuaga “Moldova Respublikasi pensiya tizimining tahliliy modeli”, “Pensiya 
kalkulyatori”, “Moldova Respublikasining pensiya tizimi modeli” kiritilgan. Bu 
majmuaning muhim va murakkab elementi mamlakat pensiya tizimining uzoq 
muddatli moliyaviy holatini o’rganishga mo’ljallangan.
“Moldova Respublikasi pensiya tizimining tahliliy modeli” tarkibiga katta 
miqdorda boshlang’ich ma’lumotlar va hisoblash natijalari kiritilgan bo’lib, 
pensiya tizimiga doimo yangi vazifalar qo’yilganligi uchun mazkur model 
takomillashtiriladi. “Moldova Respublikasi pensiya tizimining tahliliy modeli” 


480 
ko’pgina holatlar modeliga asoslangan. Modellashtirish jarayonida mamlakatning 
aholisi qator ijtimoiy-demografik guruhlarga bo’linadi, ular uchun holatning vaqt 
bo’yicha o’zgarishi prognoz qilinadi. “Pensiya kalkulyatori” muayyan mijoz-
fuqaro individual pensiyasini modellashtirishga xizmat qiladi. 
“Moldova Respublikasining pensiya tizimining modeli” Pensiya fondi balansi 
ko’rsatkichlarini prognoz qilish va uning pensiya to’lovi imkoniyatlari va 
balanslashganligini baholash, moliyaviy barqarorligini o’rganish, pul kiritmalari va 
to’lovlar oqimlari balansiga indeksatsiyani ta’sirini o’rganishga mo’ljallangan. 
Bundan tashqari, mazkur model qabul qilinadigan echimlarning istiqboldagi 
ta’sirini tezkor nazorat qilishga xizmat qiladi. 
Ishlab chiqilgan dasturiy majmua – Moldova Respublikasi pensiya tizimidagi 
islohotlarni amalga oshirish va rivojlantirishning aktuar monitoringini o’tkazish 
vositasi bo’lib hisoblanadi. Barcha dasturlar 
Excel 
bazasida amalga oshiriladi, turli 
bosqichlarda bir-biriga nisbatan mustaqil ishlashni ta’minlaydigan modulli tarkibiy 
tuzilishga ega. Dasturiy majmuadan foydalanish jarayonida unga pensiya 
qonunchiligi va tashqi sharoitlar o’zgarishi bilan yangi talablar qo’yilishi 
mumkinligini inobatga olinadi. Shuningdek, Moldova Respublikasi pensiya 
tizimini takomillashtirishda yangi talablar paydo bo’lishi mumkin. Bu jihatlarning 
hammasi mavjud dasturiy ta’minotni rivojlantirish va yangi sharoitga moslashtirish 
bo’yicha qator ishlarni amalga oshirishni talab etadi. Mazkur ishlar ikkita 
yo’nalishda amalga oshirilishi mumkin: asosiy tahliliy modelni takomillashtirish 
va qo’shimcha dasturlarni yaratish. 
Yuqorida ta’kidlanganidek, “Moldova Respublikasining pensiya tizimining 
tahliliy modeli” – murakkab model bo’lib, uning tarkibiga ko’p miqdorda 
boshlang’ich ma’lumotlar va hisoblash natijalari kiradi. Mazkur modelning qayta-
qayta murakkablashtirilishi maqsadga muvofiq emas, olingan natijalar mohiyatini 
susaytirishi va ularning ifodalanishini murakkablashtirishi, mavjud natijalarni 
amaldagiga nisbatan aniq degan xato xulosaga kelishga xizmat qilishi mumkin. 
Shu sababli, mavjud modellarni takomillashtirish bilan birga, yangi qo’shimcha 
dasturlarni yaratish taklifi ham berilgan. Masalan, pensiya qonunchiligidagi 


481 
o’zgarishlarni baholashning maqsadga muvofiqligini baholash va ekspertizani 
o’tkazishni mavjud dasturlardan foydalanib amalga oshirib bo’lmaydi. Moldova 
Respublikasi jamg’arib boriladigan pensiya tizimining samaradorligini tahlil qilish 
va nodavlat pensiya sug’urtasi tizimini rivojlantirish shunday masalalarga kiradi. 
Pensiya tizimini isloh qilishni barcha yo’nalishlarining samaradorligini mamlakat 
uchun hamda uning alohida ijtimoiy-demografik qatlami uchun ham muvofiqligi 
tekshirib ko’rilishi lozim.
Mamlakatda taqsimlanuvchi pensiya tizimi modeli aktuar ekspertiza uchun juda 
muhim hisoblanadi. Bundan tashqari, aktuar ekspertiza o’tkazish uchun mazkur 
model bilan birga quyidagilar bo’lishi shart
239
:

alohida aholi guruhlari nuqtai nazaridan pensiya islohotlari natijalarini 
baholashga imkon beradigan individual model; 

tizimning alohida elementlarini, masalan, shaxsiy jamg’arish elementi 
(pensiya sug’urtasi)ni yoki pensiya indeksatsiyasini tahlil qilish uchun 
soddalashtirilgan model;

turli investitsion strategiyalarga bog’liq ravishda mehnat pensiyasining 
jamg’arilgan 
qismi 
aktivlarini 
modellashtirishga, 
shuningdek, 
makroiqtisodiy va demografik ko’rsatkichlarni prognozlashtirishga imkon 
beradigan investitsion model. 
Mamlakat pensiya tizimining aktuar ekspertiza instrumentlarini (dasturlarini) 
ishlab chiqish va takomillashtirish katta hajmdagi turli statistik ma’lumotlarni 
yig’ish, saqlash va tahlil qilish bilan birga amalga oshiriladi. Moldova 
Respublikasi uchun Resurs markazi pensiya islohotlarining aktuar monitoringini 
ta’minlash uchun zarur bo’lgan barcha axborotni to’plash imkoniga ega bo’ladi. 
Ma’lumotlarni yig’uvchi vazirlik va idoralar qonunchilik bilan himoyalangan 
tarzda bu axborotlarni markazga taqdim etadilar. 

O’zbekiston sug’urta bozorida aktuar hisob-kitoblardan foydalanish o’ziga xos 


o’ringa ega. O’zbekiston Respublikasining «Sug’urta faoliyati tuo’g’risida»gi 
239
Pensionnaya sistema Respubliki Moldova: aktuarnaya ekspertiza. Pod red. V.N.Baskakova. Moskva: RIA 
«Sotsialnoe i pensionnoe straxovanie». 2007. –S.125. 


482 
Qonuniga 2012 yilda kiritilgan o’zgarish va qo’shimchalarda 94-«Aktuar tashkilot 
va aktuariy» moddasi kiritilib, uning faoliyat ko’lami hamda huquq va 
majburiyatlari belgilab qo’yildi. Aktuariy sug’urta mahsulotlari va ko’rsatiladigan 
xizmatlarning narxini katta sonlar nazariyasi va xodisalarning extimollik 
konuniyatlari hamda yillar davomida to’plangan statistik ma’lumotlardan 
foydalangan holda aniqlaydi. Sug’urta xizmatlarini ko’rsatishdagi xarajatlarni 
hisoblash aktuar kalkulyatsiya deb yuritiladi. Aktuar xisob-kitoblar orqali 
aktuariylar sug’urta kompaniyasining faoliyatini strategik rejalashtirish, sug’urta 
portfelini tarkibini o’zgartirish hamda sifatini tahlil qilib, moliyaviy barqarorlikni 
ta’minlashni oldindan ko’ra bilish xizmatlarini ko’rsatadi.
«Sug’urta bozorida mijozlarning manfaatini himoya qilish maqsadida aktuar 
tekshiruvlar amalga oshiriladi. Aktuar tekshiruv natijasida hisobot tuzilib, 
xulosalar chikariladi. Bu erda sug’urta tashkiloti tomonidan amalga oshirilayotgan 
sug’urta operatsiyalarining risk darajasi, amalga oshirilayotgan investitsiya 
operatsiyalarining risk darajasi hamda sug’urtalovchining moliyaviy holati va 
barqarorligi ko’rsatkichlari aniq raqamlar asosida tahlil qilinib, sug’urta faoliyatini 
yuritish bo’yicha aniq xulosalar beriladi. Chunki noto’g’ri hisob-kitob qilingan 
tarif oqibatida investitsiyaga joylashtirilgan mablag’ hamda asossiz to’langan 
qoplamalar moliyaviy nobarqarorlikka yoki to’lov qobiliyatiga ega bo’lmaslikka 
olib kelib, natijada bankrotlik holati sodir bo’ladi. Bu holatning oldini olishda 
sug’urta sohasida professonal xizmatlar infratuzilmasini tashkil etiladi, ular 
tarkibiga aktuariy, sug’urta auditori, konsalting va boshqa xizmatlar kiradi.
Mamlakatda 
birlamchi 
aktuar 
ekspertiza 
sifatida 
yangi 
sug’urtalash 
texnologiyalari ko’rib chiqiladi, masalan, mamlakatdagi pensiya tizimidagi 
islohotlarni belgilab beruvchi qonun loyihalari paketi yoki ularning bir qismi 
shular jumlasidandir. Shunga o’xshash sug’urtalash texnologiyalari insonlar yoki 
alohida ijtimoiy guruhlar, ijtimoiy institutlar o’rtasida yangi shakldagi ijtimoiy-
iqtisodiy munosabatlar paydo bo’lishiga turtki beradi, shu bilan birga bu 
munosabatlar takror va takror tiklanish xarakterigaa ega bo’ladi. 


483 
«Pensiya tizimida hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasi – 
hujjatlarni saqlash uchun tanlab olish maqsadida hujjatlar yoki arxiv hujjatlarining 
qimmatliligini 
belgilash 
bo’yicha 
amalga 
oshiriladigan 
ishlar 
majmuidir»
240
. Pensiya 
ta’minotida 
hujjatlarning 
qimmatliligini 
aniqlash 
ekspertizasini o’tkazishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: ilmiy-tarixiy, 
amaliy va boshqa arxiv ahamiyatiga ega bo’lgan hujjatlarni ularning qimmatliligi 
mezonlaridan kelib chiqib aniqlash va tanlab olish; etishmaydigan materiallar 
o’rnini to’ldirish yo’li bilan arxiv fondlari tarkibining to’liqligiga erishish; 
hujjatlarning jismoniy holatiga baho berish.
Mamlakatning pensiya tizimida aktuar ekspertizasi murakkab, ko’p ko’rsatkichli 
masala bo’lib, u ko’rsatkichlarning uzoq muddatga mo’ljallangan moliyaviy, 
demografik, investitsion tavsifli masala bo’lib hisoblanadi. Aktuar ekspertizaning 
maqsadi - mamlakatning pensiya tizimini aholi ehtiyojlari, moliyaviy barqarorlik 
va tizimning samaradorligi nuqtai nazaridan baholashdan iborat. Aktuar 
ekspertizaning bazaviy elementi – tizimga doir tahdid va tavakkalchiliklarni tahlil 
etishdan iborat bo’lib, tahlil natijalari miqdoriy baholash asosi bo’lib xizmat qiladi 
hamda aniqlangan tahdidlarni kamaytirish bo’yicha takliflarni ishlab chiqishdan 
iborat. Aktuar ekspertizada risk va ularga ta’sir o’tkazish usullarini uzoq muddatga 
mo’ljallanadi. 

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish