Kasimova Gulyar Axmatovna Sholdarov Dilshod Azimiddin o’g’li


-rasm. Pensiya ta’minoti tizimi



Download 7,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/229
Sana29.05.2022
Hajmi7,61 Mb.
#619293
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   229
Bog'liq
pensiya taminoti nazorati

 
7.4.-rasm. Pensiya ta’minoti tizimi 
Pensiya ta’minoti xususidagi ikkinchi yondoshuvning mohiyati shundaki, har bir 
inson o’z hayoti uchun zarur bo’lgan shart-sharoitni yaratish huquqiga ega. Bu esa, 
davlat pensiya tizimini fuqarolarning ish haqi va investitsion daromadlari 
hisobidan pensiya badallari to’lashga asoslangan nodavlat turlari bilan 
almashtirishni ko’zda tutadi. Jamg’arib boriladigan pensiya tizimi har bir 
ishtirokchida alohida hisobraqam bo’lishini taqozo etadi va ushbu hisobvaraqqa 
har bir fuqarodan majburiy ajratma kelib tushadi va kelgusida pensiya to’lovlari 
amalga oshiriladi. Bunda turli avlod vakillari o’rtasida mablag’larni taqsimlash 
bo’lmaydi. Butun pensiya tizimi daromadlarning bir qismini to’plash va qayta 
taqsimlash jarayoni bo’ladi. Jamg’ariluvchi pensiya tizimning asosida quyidagi 
tamoyillar yotadi: 
Пенсия таъминоти 
тизими 
Давлат пенсия 
таъминоти тизими
Нодавлат (хусусий) 
пенсия таъминоти тизими
-
тақсимот принципига 
асосланган классик тизим; 
-
жамғариб бориш 
принципига асосланган 
тизим
-
корпоратив пенсия 
таъминоти тизими; 
-
индивидуал-ихтиёрийлик 
асосидаги пенсия тизими


249 

jamg’ariladigan asosga o’tgan pensiya tizimi yalpi milliy jamg’arish hajmini 
oshiradi va investitsiyalar miqdorining o’sishiga olib keladi; 

xususiy boshqaruv ostidagi pensiya tizimi raqobat va siyosiy aralashuvdan 
xoli bo’lganligi tufayli davlat pensiya tizimiga nisbatan samarali bo’ladi; 

jamg’ariladigan pensiya tizimi demografik muammolarga bog’liq bo’lmaydi; 

jamg’ariladigan pensiya tizimi pensiyalar miqdorini insonning ish haqiga va 
pensiya jamg’armalaridan foydalanish samaradorligiga bog’liq ravishda 
tabaqalashtirish imkonini beradi. 
Iqtisodchi S.G.Eroshenkovning «Perexod k nakopitelnoy pensionnoy reforme: 
mirovoy opit i vozmojnosti primeneniya ego v Rossii» nomli monografiyasida 
davlat pensiya ta’minoti tizimida islohotlarni amalga oshirish strategiyasi 
jamg’arib boriladigan pensiya ta’minoti bilan bog’liqligi ko’rsatilgan. Shaxsiy 
jamg’arib boriladigan pensiya tizimining yaratilishi mazkur mamlakatning davlat 
pensiya ta’minoti mexanizmiga, ijtimoiy siyosatiga, bandlik masalasini hal 
etilishiga ta’sir etishi va demografik holati bilan bog’liq. Pensiya ta’minoti tizimida 
amalga oshirilayotgan islohotlar strategiyasi va xorijiy davlatlarda xususiy pensiya 
tizimida amalga oshirilgan islohotlarni takomillashtirish yo’llari va jamg’arib 
boriladigan pensiya ta’minotini rivojlantirish masalalari O’zbekiston uchun 
muhim. 
Jahon tajribasining ko’rsatishicha, turli pensiya tizimi faoliyatini yo’lga qo’yish 
va undan samarali foydalanish ijtimoiy muammolarni hal qilish hamda kishilarni 
keksalikda kambag’allikdan himoyalashda muhim o’rin tutadi.
«Mamlakatimizda fuqarolarning jamg’arib boriladigan pensiya ta’minoti 
mablag’lari muddatiga ko’ra, «uzun» moliyaviy resurslar sifatida qaraladi. Chunki 
ushbu mablag’lar fuqaro pensiya chiqqunga qadar investitsiyalarga jalb etilishi 
mumkin. Hozirda jamg’armani shakllantirishda ixtiyoriy badallar ulushi jiddiy 
salmoqqa ega emas, shu jihatdan ushbu tizimni yanada takomillashtirish va 
nodavlat pensiya jamg’armalari bilan shug’ullanuvchi moliyaviy tashkilotlar 
tashkil etish maqsadga muvofiq bo’ladi. Xalq banki fuqarolarning jamg’arib 
boriladigan pensiya ta’minoti tizimida qo’yilgan mablag’larni markazlashgan 


250 
holda uzoq muddatli aktivlarga investitsiya va kredit resurslari sifatida joylashtirib 
kelmoqda»
118

Kapital yoki yig’ilgan pensiya badallari summasi ularni investitsiya qilishdan 
olingan daromad pensiya jamg’armasi faoliyati xarajatlari natijasida kapitallashgan 
pensiyaning moliyaviy manbasidir. Chili eski pensiya tizimini isloh qilishni yangi 
tizimga o’tish bilan bir vaqtda olib borgan mamlakatlardan biridir. Davlat pensiya 
ta’minoti bo’yicha qarzlarni yangi xususiy majburiy jamg’armalarni tashkil qilish 
bilan bir qatorda davlat pensiya fondiga tushumlarni qisqartirish sharoitida olib 
bordi. Pensiya bo’yicha qarzlar masalasi pensiya obligatsiyalarini chiqarish yo’li 
bilan hal etildi. Ushbu obligatsiyalar kafolatli hisoblanadi, 4% miqdorida foyda 
keltiradi va egalari pensiyaga chiqqandan so’ng majburiy tartibda ochiladigan 
jamg’arma hisob raqamlariga o’tkazildi. Chili hukumati ushbu tadbirni o’tkazish 
bilan davlat byudjetidagi taqchillikning katta qismini pensiya tizimi islohotlari 
doirasida qopladi. 
Kapitallashgan pensiya modeli davlat pensiyasiga qaraganda o’rtacha 30 foizga 
yuqori bo’lgan pensiya miqdorini ta’minlaydi. 2000 yilda xususiy pensiya 
fondlarining jami aktivlari summasi YaIMga nisbatan 40 foizni tashkil etdi, 2020 
yilga borib esa bu daraja 130 foizga etishi mumkin.
Chili modelining umumtan olingan ijobiy tomoni shundaki, u bu model xususiy 
pensiya fondlarining rivojlanishi tufayli milliy kapital bozorining shakllanishiga 
ko’maklashadi. Xususiy pensiya fondlarining o’z faoliyati davomida tizimli 
ravishda o’z xarajatlarini kamaytirib bormoqda. Bu ko’rsatkich xususiy pensiya 
fondlarining hayotiylik darajasining yuqoriligidan darak beradi. Xususiy pensiya 
fondlarining institutsional investorlar sifatida mamlakat iqtisodiyotiga sezilarli 
darajada ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda. Kapitallashgan Chili pensiya modelining 
ijobiy va salbiy tomonlari qator G’arbiy Evropa mamlakatlarida taqsimot modelini 
isloh qilishda inobatga olindi, natijada taqsimot elementlari saqlab qolingan va 
118
Vahabov A.V.Milliy pensiya tizimini moliyaviy barqarorligini ta’minlash mexanizmi va amalga oshirish 
dastaklari. O’zbekiston Respublikasida pensiya ta’minoti tizimining dolzarb muammolari. Vazirlik miqyosidagi 
ilmiy-amaliy anjuman materiallari to’plami. Toshkent. 2017 yil. 24 mart -B.16.


251 
kapitallashgan model tamoyillarini o’z ichiga olgan o’ziga xos aralash pensiya 
tizimi vujudga keldi.
Nodavlat pensiya fondlari tabiatiga ko’ra ikki tomonlama xususiyatga ega. 
Birinchidan, bu fondlar jamiyatdagi mehnatga layoqatsiz bo’lgan a’zolarning 
moddiy holatini yaxshilash vazifasini hal qilish maqsadini ko’zlaydigan muhim 
ijtimoiy institut deb hisoblanadi. Ular yordamida aholi keksalik davrida davlat 
tomonidan kafolatlangan daromad olish imkonini qo’lga kiritadi. Ishchilar o’z 
pensiya badallarini mustaqil tartibga solish yoki bu vazifalarni kasaba uyushmalari 
orqali o’z ish beruvchilarining zimmasiga o’tkazish imkoniga ega bo’ladilar. 
Ikkinchidan, bu fondlar mamlakatning iqtisodiy tizimida muayyan vazifani 
bajaradigan o’ziga xos moliyaviy institutdir. Bunday institutlar fuqarolarning 
jamg’argan pullarini uzoq muddatli investitsiyalash maqsadida jamlash bilan 
shug’ullanadilar. 
«Davlat pensiya ta’minoti tizimining amal qilishi xususiy fondlarning darajasini 
kamaytiradi. Rossiya Federatsiyasida pensiya ta’minoti tizimidagi islohotlarni olib 
borilishi shaxsiy jamg’armalarni hajmini oshiradi, demak iqtisodiyotga 
investitsiyalar ham oshadi»
119
. Kelgusida xususiy jamg’arishga to’liq o’tish va 
ijtimoiy sug’urta badalini oshirish, pensiya fondlariga badallarni ko’paytirish va 
kapital bozoridagi o’zgarishlarga olib keladi. Yuqori jamg’arish qobiliyatining 
mavjudligi, muvaffaqiyatli investitsiyalar tufayli xususiy pensiya fondlarining yirik 
mablag’lari iqtisodiyotga yo’naltiriladi, mamlakatning investitsion salohiyatining 
oshishiga va barqaror iqtisodiy o’sishini ta’minlashga ko’maklashadi.
Pensiya jamg’armasining investitsion siyosati jamg’arma faoliyati barqarorligini 
ta’minlash, operatsiyalaridan foydani ko’paytirish, risk darajasini pasaytirish 
maqsadlarida jamg’armaning portfel investitsiyalarni boshqarish strategiyasini 
ishlab chiqish va amalga oshirishga qaratiladi. Investitsion siyosat pul 
mablag’larini jamg’armaning moliyaviy ehtyojlarini qondirishga safarbar etadi.

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish