Kashmir muammosi qanday hal qilinishi mumkin?
Buning uchun avvalombor xozirgi kunda mintaqada mavjud bo'lgan siyosiy taranglikni bartaraf etish kerak. Hindiston, Pokistonni terrorizmga ko'mak berganlikda ayblamoqda. Shu sababli, Hindiston BMT xavfsizlik kengashiga murojaat qilishi mumkin. Lekin, o'zboshimchalik bilan Kashmirga qarata harbiy hujum qilishi to'g'ri emas. Pokiston esa, terrorizmni yo’q qilish uchun har qanday hamkorlikka tayyor ekanligini aytdi. Buning o’zi Pokistonning tinchlik yo'lidagi katta qadamlaridan biri bo'lib hisoblanadi.
Pokiston davlati Kashmir muammosini hal etish uchun BMT xavfislik kengashi tomonidan 1948 yilda olingan referandum qarorining amalga oshirilishini talab qilmoqda. Hindiston esa Kashmir aholisining ko'pchiligi musulmon bo'lganligi tufayli referandumni o'tkazishga qarshi bo'lib kelmoqda. Shu sababli, Hindiston tomoni Kashmir mintaqasini harbiy kuch bilan nazorat qilib turishni davom ettirmoqchi. Turkiya esa, BMT xavfislik kengashi tomonidan rejalangan referandumning amalga oshirilishini qo'llab quvvatlamoqda.
Uzoq yillardan beri davom etib kelayotgan to'qnashuvlarning o'zi shuni ko'rsatadiki, xalqning o'z xohshi bo'lmay turib, muammo hal bo'lmaydi. Kashmir xalqi, o'zining erkin irodasini hisobga olmay Hindiston, Pokiston davlatlarining olgan qarorlariga yoki uchinchi tomonlarning olgan qarorlaridan umuman norozi. Shu sababli muammoni hal qilishning eng to'g'ri yo'li Kashmir xalqining erkin irodasini ushbu muammoning hal qilinishida ro'l o'ynashiga imkon yaratishdir.
Buning uchun avvalombor referandum o'tkazilishi kerak. Lekin, Kashmir xalqining Pokistonga yaqin bo'lishi tufayli Hindiston bu referandumga qattiq qarshilik ko'rsatmoqda.
Ikkinchi bir variant esa, Kashmirning mustaqil bir davlat statusida tan olinishi. Lekin, Hindiston va Pokiston bu yechimga qarchi chiqishi aniq.
Turkiya Respublikasi ikki xalq o’rtasida qon to’kilishini to'xtatish, o'zaro zararlar va ko'z-yoshni tindirish tarafdori. Agarda har ikkala davlat talab qiladigan bo'lsa o'rtamchilik qilishi kabi takliflarini doimo takrorlab kelmoqda. Turkiya bu muammoga boshqa davlatlarga o'xshab siyosiy manfaat uchun emas, balki muammoning adolatli hal qilinishini xohlagan holda yondashmoqda.
Agarda, Hindiston va Pokiston Kashmir muammosini faqatgina ikkala davlatning ichki masalasi sifatida ko’rgan holda, o'zlari hal etishi mumkinligini iddao qiladigan bo'lsa juda adashgan bo'ladi. Chunki har ikkala davlatning qo'llab-quvvatlanishi natijasida Kashmir muammosi allaqochon jahonshumul muammoga aylanib bo'ldi. Misol uchun, Isroilning oxirgi paytlarda Hindistonga qurol-aslaha sotishi, AQShning esa Xitoyga zarba berishi, Hindistonni qo'llab quvvatlashi, shuningdek Xitoyning Pokistonni har tomonlama qo'llab quvvatlashi bunga yaqqol dalil bo'lib hisoblanadi. Bu ketishda har ikkala davlat ustidan olib borilgan global siyosat natijasida Kashmir mintaqasi juda katta zarar ko'rishi aniq. Agarda bunday zararni oldini olish maqsadida har ikkala davlat oqilona siyosat bilan muammoni hal qilishga kirishadigan bo'lsa avvalo mintaqaga tinchlik va barqarorlik keladi. Buning natijasida barqaror bo'lgan har ikki davlatning rivojlanishi tezlashadi, qolaversa o'z xalqlariga siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va gumanitar sohada samarali foydalar olib keladilar.
Ankara Yildirim Beyazit Universiteti Siyosatshunoslik fakulteti dekani Professor Kudret Bulbulning ushbu mavzuga doir mulohazalarini e'tiboringizga havola qildik.
Do'stlaringiz bilan baham: |