Kasbni anglash va ijtimoiy o’zgarishlar fanidan mustaqil ish


Psixologiyada shaxs va jamiyat



Download 56,61 Kb.
bet8/14
Sana28.06.2022
Hajmi56,61 Kb.
#713684
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
Kasbni anglash va ijtimoiy o

5. Psixologiyada shaxs va jamiyat.
«Shaxs» tushunchasi keng va ko’p qirralidir. Shaxsni u yoki bu yo’nalishda bir qator fanlar: falsafa, tarix, pedagogika, sotsiologiya, tibbiyot va psixologiya o’rganadi. Psixologiya fani boshqa fanlardan farqli o’laroq, shaxsning ichki dunyosini, boshqacha qilib aytganda, uning ruhiy jarayonlarini, hissiy- irodaviy holatlarini, individual psixologik xususiyatlarini tadqiq qiladi.
Psixologiya fanida shaxs muammosini o’rganish bo’yicha turli nazariyalar mavjud bo’lib, ularga biogenetik, sotsiogenetik, psixogenetik, kognitivistik, psixoanalitik, bixevioristik kabi qarashlar, yondashuvlar qiradi. Biogenetik nazariya negizida insonning biologik rivojlanishi bosh omil sifatida qabul qilingan bo’lib, qolgan jarayonlarning taraqqiyoti ixtiyoriy xususiyat kasb etadi, ular bilan o’zaro aloqalar tan olinadi, xolos.
Mazkur nazariyaga binoan, taraqqiyotning bosh maqsadi – biologik determinantlarga (aniqlovchilariga) qaratiladi va ularning mohiyatidan sotsial- psixologik xususiyatlar kelib chiqadi. Taraqqiyot jarayonining o’zi avval biologik rivojlanishning universal bosqichi sifatida sharhlanadi va talqin qilinadi. Biogenetik qonuniyat F. Myuller va E. Gekkellar tomonidan kashf qilingan bo’lib, ular ushbu qonuniyat taraqqiyoti nazariyasini tashviqot qilish hamda antidarvinchilarga qarshi kurashda muayyan darajada tarixiy rol o’ynagan. Biroq, inson organizmining individual va tarixiy taraqqiyoti munosabatlarini tushunti- rishda qo’pol xatolarga yo’l qo’yilgan. Jumladan, biogenetik qonuniyatga ko’ra, shaxs psixologiyasining individual taraqqiyoti (ontogenez) butun insoniyat tarixiy taraqqiyotining (filogenez) asosiy bosqichlarini qisqacha takrorlaydi, degan g’oya yotadi.
Psixologiya tarixida biologizmning yaqqol ko’rinishi Z.Freydning shaxs talqinida o’z ifodasini topgan. Uning ta’limotiga binoan, shaxsning barcha xatti-harakatlari (xulqi) ongsiz biologik mayllar yoki instinktlar bilan shartlangan, ayniqsa, u jinsiy (seksual) maylga (libidoga) bog’liqdir. Bunga o’xshash biologizatorlik omillari inson xulqini belgilovchi birdan-bir mezon yoki betakror turtki vazifasini bajara olmaydi. Sotsiogenetik nazariya. Biogenetik nazariyaning qarama-qarshi ko’rinishi sotsiogenetik nazariya hisoblanadi. Sotsiogenetik yondashuvga binoan, shaxsda ro’y beradigan o’zgarishlar jamiyatning tuzilishi, ijtimoiylashish (sotsializatsiya) usullari, uni qurshab turgan odamlar bilan o’zaro munosabati vositalaridan kelib chiqqan holda tushuntiriladi. Ijtimoiylashuv nazariyasiga ko’ra, inson biologik tur sifatida tug’ilib, hayotning ijtimoiy shart-sharoitlarining bevosita ta’siri ostida shaxsga aylanadi. Kognitivistik yo’nalish. Kognitivistik yo’nalishning asoschilari qatoriga J. Piaje, Dj. Kelli va boshqalarni kiritish mumkin. J. Piajening intellekt nazariyasi ikkita muhim jihatga ajratilgan bo’lib, u intellekt funktsiyalari va intellektning davrlari ta’limotini o’z ichiga qamrab oladi.
Intellektning asosiy funktsiyalari uyushqoqlik (tartiblilik) va adaptatsiya (moslashish, ko’nikish)dan iborat bo’lib,intellektning funktsional invariantligi deb yuritiladi. Muallif shaxsda intellekt rivojlanishining quyidagi bosqichlarni ajratadi: 1) sensomotor intellekti (tug’ilishdan to 2 yoshgacha);
2) operatsiyalardan ilgarigi tafakkur davri (2 yoshdan to 7 yoshgacha);
3) muayyan operatsiyalar davri (7–8 yoshdan 11–12 yoshgacha); 4) formal (rasmiy) operatsiyalar davri.
Muayyan fikrlarni jamlagan holda shaxsga quyidagicha ta’rif berish mumkin. «Shaxs o’z menligini anglagan, o’zgalar bilan o’zaro munosabatlarga kirisha oladigan tabiat va jamiyatga faol ta’sir o’tkaza oladigan har qanday individ».
Yuqorida bayon qilingan nazariyalar va psixolog olimlarning fikrlaridan kelib chiqib, psixologiyada «shaxs» masalasini tushu- nish bo’yicha quyidagi xulosalarga kelish mumkin.
1) jamiyatning a’zosi hisoblangan va ong egasi bo’lgan har bir individ shaxsdir;
2) shaxs hamma vaqt muayyan, faqat o’ziga xos bo’lgan murakkab individual sifatlar va xususiyatlar egasidir.
Bu sifatlar va xususiyatlar shaxs xulqida, boshqa shaxslar bilan munosabatlarida, irodasi va xulq-avtorida, xislatlarida, qobiliyatlari, mayllari va qiziqishlarida ifodalanadi;
3) odam shaxs bo’lib tug’ilmaydi, balki u ijtimoiy taraqqiyot jarayonida shaxs sifatida shakllanadi.
4) shaxs psixologiyasini aniq tarixiy sharoitlardan, u mansub bo’lgan jamiyatdan, jamiyatda egallagan mavqeidan kelib chiqqan holda o’rganish mumkin. Ushbu xulosalardan muxandis faoliyatida amalda foydalaniladigan bo’linsa, shaxs muammosini o’rganishning ikki tendentsiyasi («tendentsiya lotincha so’z bo’lib, «intilish», «g’oya», «fikr», «mayl», «tamoyil» degan ma’nolarni anglatadi) birli- gini kuzatish mumkin.
Birinchi tendentsiya muxandis xodimlarini jamiyatda mavjud shaxs sifatida tan olib, uning shaxsiy individual psixologik xususiyatlarini o’rganish, ya’ni uni psixologik jihatdan tavsiflash, tasniflashdir. Buni xodimning injener mehnati psixologiyasi nuqtai nazaridan talqin qilish mumkin. Ya’ni, muxandis mehnat huquqni qo’llash faoliyatining psixologik qonuniyatlarini tadqiq etadi va muxandislikka oid mutaxassisliklar professiogrammalarni, texnik usul va mahoratni, mutaxassislik ko’nikmalari va malakalarini, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo’yishni, muxandislik faoliyati shakllari va boshqaruvini, mutaxassislik yo’nalishini, mutaxassislikka tanlovni; muxandislik idoralari xodimlari shaxsini shakllantirish va ixtisoslikka oid tarbiyalashni, mutaxassislik deformatsiyasi (buzilishi) va uning oldini olish, ish joyini, ish vaqtini to’g’ri tashkil etishini va boshqa masalalar bo’ycha ularning psixologik asosini ishlab chiqish bilan shug’ullanadi.
Ikkinchi tendentsiya muxandislar xizmat faoliyatining ob’ekti va predmetini tashkil etuvchi shaxslar psixologiyasini har tomonlama o’rganish. Bu tendentsiyaning echimi muxandis xodimlar zimmasiga yanada murakkabroq bo’lgan vazifalarni yuklaydi.



Download 56,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish