Aytmaganimni topchi Charos:Ziroatchi kimyogar Barin o’ylasak agar Etikdo’z yoki rassom Sanasak bo’lmas tamom Hammasi juda zarur Bari hurmatli erur Kasb hunarlar har joyda Xalqqa keltirar foyda Aziz:Do’stim endi o’ylab boq Qay biriga ishtiyoq Qalbbingda bo’ldi paydo Qay biri qildi shaydo Xoxlaganingni tanla Zarurligingni tanla O’qi o’rgan mehnat qil Harakat qil mustaqil Bu yo’lda senga ta’lim Berar ustoz muallim 1-boshlovchi:Birimiz tadbirkor birimiz me’mor 2-boshlovchi:Birimiz shifokor birimiz dehqon 3-boshlovchi:Birimiz kuy qo’shiq yaratsa agar 4-boshlovchi:Birimiz sarhadda bo’lamiz qalqon Hamma:Yurt rivoji uchun mehnat qilamiz Shu ozod vatanni obod qilamiz. Sinflar o’rtasida musobaqa. 4-sinf o’g’illari o’rtasida tugmani qadash musoboqasi o’tkaziladi. 3-sinf qizlari orasida “So’z top”metodi-“Mehnatsevarlik” 2-sinf o’quvchilari o’rtasida “Sehrli shar”metodi.Sharni shishirib,yorib ichidagi savolga javob berish. 1-sinf o’quvchilari o’rtasida “Xotira”mashqi.Bunda kasb-hunarlar nomi aytiladi. G’olib o’quvchilarga estalik sovg’alari beriladi. 1-boshlovchi:Shu bilan bizga ajratilgan vaqt o’z nihoyasiga yetdi. 2-boshlovchi:E’tiboringiz uchun rahmat. 3-boshlovchi: Aziz o`quvchilar, jonajon yurtimizga xizmat qiladigan ajoyib bilimdon farzandlar bo`lib yetishing. 4-boshlovchi: Bilim cho`qillarini egallang. Vatanimizni chin dildan sevadigan vatanparvarlari bo`lib yetishing.