Kasbiy psixologiya


§.ICHKI ISHLAR IDORALARI XODIMLARINING KASBIY FAOLIYATIGA



Download 3,02 Mb.
bet79/165
Sana06.09.2021
Hajmi3,02 Mb.
#166354
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   165
Bog'liq
kasbiypsihologiyapdf

§.ICHKI ISHLAR IDORALARI XODIMLARINING KASBIY FAOLIYATIGA

PSIXOLOGIK TAVSIF

Ichki ishlar idoralari faoliyatini takomillashtirishning yetakchi yo‘nalishlaridan biri xodimlarning psixologik bilimlarini oshirishdir. Bundan ko‘zlangan maqsad xizmat faoliyatining har qanday murakkab sharoitida kasbiy jihatdan to‘g‘ri, aniq, yuqori ishchanlik bilan harakat qilishga tayyor xodimlarni tarbiyalashdan iborat. Shu o‘rinda Respub- likamiz Prezidenti Islom Karimovning ichki ishlar idoralari xodimlarining kasb mas’uliyati to‘g‘risida ta’kidlab o‘tgan quyidagi fikrlari diqqatga sazovordir: «... shaxsiy tarkibning sifati... uning professional darajasi, axloqiy-ruhiy kayfiyati, jismoniy tayyorgarligi va intizomi bilan belgilanadi»65

Respublikamizda hozirgi siyosiy ahvol, jinoyatchilikning o‘sishi ichki ishlar idoralari xodimlari zimmasiga mas’uliyatli vazifalarni yuklamoqda.

Ushbu mavzuning dolzarbligi shundaki, hozirgi kunda organ xodim­lari jinoyatchilikning yangi-yangi turlari bilan to‘qnash kelmoqdalar. Jinoyatchilik tobora milliylik kasb etmoqda. Shuning uchun ham jinoyatchilikka qarshi kurashishda, uning oldini olishda xalqimizning etnopsixologiyasidan, ijtimoiy muhitdan kelib chiqish kerak. Har qanday kasbiy faoliyat insonga muayyan talablar qo‘yadi hamda uning shaxsi va butun turmush tarzida o‘ziga xos iz qoldiradi. Ichki ishlar idoralari xodimining kasbiy faoliyat samaradorligini belgilab beruvchi shaxsiy xislatlarga ega bo‘lishi lozimligini aniqlash uchun ushbu faoliyatning o‘zini psixologik jihatdan tahlil qilish, uning o‘ziga xos jihatlarini aniqlash, tarkibiy tuzilishini ochib berish zarur. Kasbiy faoliyatning qonuniyatlarini aniqlash uni nafaqat o‘rganishga, balki takomillashtirishga ham qaratilgan tashkiliy tadbirlar tizimini ishlab chiqishga imkon beradi.

Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatining psixologik xususiyatlari yuridik psixologiyada yetarlicha batafsil tahlil etilgan. Xodimning kasbiy psixologik tayyorgarligi uning kasbiy mahoratining zaruriy tarkibiy qismidir.

Xodimlarning kasbiy faoliyati samaradorligini belgilovchi markaziy bo‘g‘in, o‘zak ularning o‘z faoliyatida psixologik bilimlarni qo‘llay olish darajasidir. Bu o‘rinda operativ xizmat vazifalarini samarali bajarishga imkon beruvchi psixologik tayyorgarlik rivojlantiriladigan va uning zarur darajasiga erishishga yordam beradigan usullar nazarda tutiladi. So‘nggi vaqtlarda faoliyat samaradorligini oshirishda ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy psixologik yo‘nalganligi, kasbiy mahorati va psixologik tayyorgarligi ko‘proq ahamiyat kasb etmoqda.

Ichki ishlar idoralari xodimlari kasbiy faoliyatining bir necha xususiyatlari mavjud. Ushbu xususiyatlar xodimlarning ruhiy jihatdan tayyorgarligiga sezilarli ta’sir etadi. Xodimlar faoliyatining xususiyatla- ridan biri ushbu faoliyatning huquqiy jihatdan tartibga solinganligidir. Xodimlarning faoliyati huquqiy normalar (qonun hujjatlari, IIV normativ hujjatlari va shu kabilar) bilan qat’iy tartibga solingan. Ushbu xususiyat ichki ishlar idoralari xodimlarining kasbiy faoliyatini normativ hujjatlar, yo‘riqnomalar bilan belgilab beradi va mehnatni samarali tashkil etishga imkon yaratadi.

Xodim faoliyatining qonun normalari bilan qat’iy belgilanganligi, uning xatti-harakatini tartibga soladi. Xodimning o‘z xizmat vazifalarini bajarmasligi yoki bajarishdan bosh tortishi uning u yoki bu qonunni buzishi hisoblanadi va bu O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 280-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi. Bularning hammasi oxir-oqibatda xodimga o‘z qarorlari va harakatlari uchun katta mas’uliyat yuklaydi.

Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatining yana bir psixologik xususiyati hokimiyat vakolatiga egaligidir. Ish manfaati yo‘lida xodimlarga zarur hollarda odamlarning shaxsiy hayotiga aralashish, ko‘pincha atrofdagilardan yashirishga harakat qilinadigan holatlarni aniqlash, fuqarolarning turar joylariga kirish, kerak bo‘lsa ayrim fuqarolar- ning erkinligini cheklash va hatto undan mahrum qilish huquqi berilgan.

Bunday hokimiyat vakolati berilgan xodimning psixologik holatini avvalo yuksak darajadagi mas’uliyat belgilab beradi. Uning o‘z vakolatlarini qo‘llashi esa harakatlarining zarurligi va oqilonaligini, qonuniy asosga egaligini aniqlash imkonini beradigan bir qator masalalarni hal qilishni taqozo etadi. Ko‘pincha bu hol qonunda belgilangan moddalardan birini tanlash zarurati bilan bog‘liq bo‘ladi, shu bois bu xodimdan juda katta hissiy zo‘riqishni talab etadi. Berilgan vakolatdan oqilona va qonuniy ravishda foydalana olish ichki ishlar organlari xodimlariga qo‘yiladigan juda muhim kasbiy talablardan biridir. Hokimiyat vakolatidan foydalanishning qonunga va maqsadga muvofiqligi ko‘p hollarda xodimning shaxsiy xislatlariga bog‘liq.

Xodimlar kasbiy faoliyatining muhim psixologik xususiyatlaridan yana biri manfaatdor shaxslarning doimiy ravishda qarshilik ko ‘rsatishi va to ‘sqinlik qilishidir. Bu xodimning jinoyatlarni ochish, tergov qilish va ularning oldini olishga qaratilgan faoliyatiga ba’zan juda keskin shakllarda kechadigan kurash tusini beradi. Xodimning yo‘liga atayin qo‘yiladigan to‘siqlarni yengish, xavfli vaziyatlarni bartaraf etish zarurati unda turli hissiy va ruhiy zo‘riqishlarni keltirib chiqaradi. Bu esa, o‘z navbatida, xodimdan doimiy asabiy zo‘riqishni va zo‘r aqliy faoliyatni talab etadi. Natijada xodim doimiy ravishda murakkab aqliy faoliyatni amalga oshirish, o‘z maqsadlarini yashirish, haqiqiy ijtimoiy vazifalarini niqoblashga majbur bo‘ladi.

Ichki ishlar organlari xodimlarini kasbiy faoliyatining o‘ziga xos jihatlaridan yana biri bu keng doiradagi muhit bilan muomala qila olish qobiliyatini bildiruvchi kommunikativlikdir. Bu ko‘p tomonlama va alohida xususiyatga ega bo‘lgan xislatdir. Xodim o‘z faoliyati davomida turli yoshdagi, kasbdagi va turli huquqiy maqomga ega bo‘lgan shaxslar bilan muomala qilishiga to‘g‘ri keladi. Bu esa xodimdan shaxs psixologiyasini, xususan muomalaning psixologik asoslarini bilishni talab etadi. Xodimning kommunikativligi turli xil tergov, operativ-qidiruv va profilaktik tadbirlarni to‘g‘ri tashkil qilish uchun nihoyatda zarur.

Xodim kommunikativligining alohida jihati shundaki, u xodimdan boshqa qiyofaga kirishni talab etadi. Ushbu zarurat uning o‘z faoliyati sohasiga kiradigan barcha shaxslar bilan psixologik aloqaga kirishishi muhimligidan kelib chiqadi.


Download 3,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish