Kasbiy psixologiya



Download 3,02 Mb.
bet80/165
Sana06.09.2021
Hajmi3,02 Mb.
#166354
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   165
Bog'liq
kasbiypsihologiyapdf

Vaqt tanqisligi va ishning haddan tashqari ko ‘pligi ham xodim kasbiy faoliyatining xususiyatlariga kiradi. Tezkorlik va saranjomlik jinoyatlarni ochish va tergov qilishning asosiy prinsiplaridir. Jinoyatchi erkinlikda qancha ko‘p yursa, unda javobgarlikdan qutilish, o‘z jinoiy faoliyatining izlarini yo‘qotish va tergovdan qochib yashirinish imkoniyati shunchalik ko‘p bo‘ladi, u vaqtdan yutadi. Paysalga solish esa muvaffaqiyatsizlikka olib keladi.

Vaqt tanqisligi esa jinoyat ishini tergov qilish, fuqarolarning arizalarini ko‘rib chiqish kabi jinoiy protsessual hujjatlarga rioya etish zarurligida namoyon bo‘ladi. Xodim shu tufayli doimo asabiy zo‘riqishda bo‘ladi.

Asabiy zo‘riqish xodim faoliyatining yuqori ekstremalligi, nizoli vaziyatlar sharoitida harakat qilish, turli stress omillar ta’siri, normalanmagan ish kuni, faoliyatida salbiy his-hayajonlar mavjudligi tufayli yuzaga keladigan katta jismoniy va ruhiy zo‘riqish bilan bog‘liq. Chunki xodim kasbiy faoliyatda murakkab sharoitlarga duch keladi.

Albatta, xodimning kasbiy faoliyatida yorqin ifodalanadigan bilish xususiyati xosdir. Bu esa turli qiyinchiliklarni, vazifalarni turlicha hal qilishnigina emas, balki ushbu qarorlarni amalga oshirishni tashkil etishni ham talab etadi. Bunda turli tusmollar tuzish, operativ xizmat tadbirlarini amalga oshirish uchun ma’lum bir maqsadga yo‘naltirilgan sof aqliy faoliyatni amalga oshiradigan ishni amalda tashkil qilish kerak bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy faoliyatida asosiy psixologik tizimlar mavjud: bilish faoliyati, konstruktiv va tashkilotchilik faoliyati66. Xodimlarning amaldagi faoliyatida ushbu tarkibiy qismlarning har biri sof holda uchramaydi, ularning hammasi uzviy birlikda namoyon bo‘ladi.

Bilish faoliyati. Xodim uchun bilish jarayonining ahamiyati nihoyatda katta. Bilish faoliyati amalga oshmasa, jinoyatchilikka qarshi kurashish- ning hech qanday samarasi bo‘lmaydi. Bilish faoliyatisiz umuman faoliyatni ham, yuqorida ko‘rsatilgan barcha tarkibiy qismlarni ham amalga oshirib bo‘lmaydi. Bilish jarayoni natijasidagina xodimda harakatlarini maqsadga muvofiq tarzda amalga oshirish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Jinoyatchilikka qarshi kurash vazifalarini bajarish uchun xodim bilish jarayonlari asosida, hozirgi vaqtdagi, o‘tmishdagi va kelgusidagi voqealarga taalluqli faktlar, holatlar, aloqalarni aniqlaydi. Masalan, sodir etilgan jinoyatlarni ochishga qaratilgan vazifalarni amalga oshirishda, operativ qiziqish uyg‘otuvchi shaxslarni aniqlashga doir ma’lumotlarni to‘plashda va ushbu ma’lumotlarni tahlil qilishda va umumlashtirishda hamda ularning kelgusidagi g‘ayriqonuniy harakatlarini oldindan ko‘ra bilishda bilish jarayonlariga asoslanadi.

Faoliyatning konstruktivligi deganda, jinoyatlarni ochish, tergov qilish, ularning oldini olish, yashiringan jinoyatchilarni qidirib topish kabi harakatlarni rejalashtirishga qaratilgan tafakkur faoliyati tushuniladi. Ya’ni konstruktiv faoliyatda bilish faoliyatining bosqichlari rejalashtiriladi, bunda bizga noma’lum bo‘lgan voqelikni qanday ketma-ketlikda izlashi- miz kerakligi haqidagi savolga javob beriladi. Boshqacha aytganda, xodimning izlanishi va konstruktiv faoliyati yagona fikrlash jarayonining turli bosqichlarini ifodalovchi omildir.

Tashkilotchilik faoliyati. Ushbu faoliyat xodimning o‘z kasbiy faoliyati jarayonida turli vazifalarni amalga oshirish uchun maqbul sharoitlarni ta’minlovchi bosh omildir. Uning mazmuni jinoyatlarni ochish, tergov qilish, ularning oldini olish jarayonlarini boshqarishda namoyon bo‘ladi. Uni operativ rahbarlikda, hisob va nazoratda, ushbu jarayon ishtirokchilari o‘rtasida hamkorlikni uyushtirishda kuzatish mum­kin. Mazkur faoliyat xodimlarning o‘z xizmat vazifalarini bajarishlarida, axborot berish va almashishlarida hamda operativ qiziqish uyg‘otgan shaxslarning harakatlarini oldindan ko‘ra bilishda katta ahamiyatga ega.

Xodim kasbiy faoliyatining asosiy psixologik xususiyatlari va tarkibiy elementlarini ko‘rib chiqish ham uning faoliyati qanchalik murakkab va serqirraligidan dalolat beradi. Kasbiy faoliyat xodimga ko‘plab turli xil talablar qo‘yadi, ular orasida eng muhimlaridan biri - shaxsda kasbiy muhim xislatlarning rivojlanganlik darajasi bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:

  • xodim shaxsiga xos xislatlarning kasbiy-psixologik yo‘nalganligi;

  • xodimning psixologik tayyorgarligi;

  • rivojlangan irodaviy xislatlar, o‘zini tuta bilish, jasurlik, mardlik, oqilona tavakkalga moyillik;

  • yaxshi rivojlangan kommunikativ xislatlar;

  • turli toifadagi shaxslar bilan tezda aloqaga kirisha olish, ishonchli munosabatlar o‘rnata olish va sir saqlay bilish;

  • turli xil operativ xizmat vazifalarini bajarishda odamlarga psixologik ta’sir ko‘rsata olish qobiliyati;

  • rolga, boshqa qiyofaga kira olish;

  • rivojlangan, kasbiy jihatdan muhim bilish xislatlari: kuzatuvchanlik va diqqatlilik, rivojlangan xotira, ijodiy tasavvur;

  • rivojlangan mantiqiy tafakkur, murakkab aqliy ishga moyillik, farosat, rivojlangan intuitsiya;

  • ziyraklik, murakkab vaziyatdan chiqib keta olish.

Ushbu xislatlar insonga avvaldan xos emas. Ularni shakllantirish va rivojlantirish davomli va qiyin jarayon, ammo u ichki ishlar organlari xodimining kasbiy shakllanishi uchun zarur va shartdir.

Ushbu xislatlarning xodim shaxsida bo‘lmasligi yoki yetarli rivojlanmaganligi uning o‘z funksional vazifalarini to‘g‘ri va aniq bajarishiga xalaqit beradi, shaxsning o‘z kasbiga moslasha olmasligi va kasbiy buzilishiga olib keladi. Shu munosabat bilan xodimlarda ushbu xislatlarni shakllantirishga xizmat qiladigan kasbiy-psixologik tayyorgarlik katta ahamiyat kasb etadi.


  1. Download 3,02 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish