Kasbiy psixologiya


§. ALOHIDA TOIFADAGI JINOYATCHILARNING PSIXOLOGIK



Download 3,02 Mb.
bet54/165
Sana06.09.2021
Hajmi3,02 Mb.
#166354
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   165
Bog'liq
kasbiypsihologiyapdf

§. ALOHIDA TOIFADAGI JINOYATCHILARNING PSIXOLOGIK

XUSUSIYATLARI

Zo‘ravonlik44 jinoyatlarini sodir etuvchi shaxslar toifasi. Zo‘ravonlik jinoyatlarini sodir etuvchi shaxslarning asosiy xususiyati ijtimoiy identifikatsiyaning nuqsonli ekanligi, hissiy to‘mtoqlik, impulsiv tajovuzkorlikdir. Qotillik, badanga shikast yetkazish, qiynash, nomusga tegish, bezorilik harakatlari sodir etishda aybdor shaxslar nihoyatda desotsialligi (ijtimoiylashmaganligi), g‘ayriijtimoiy ko‘nikmalarining stereotiplashganligi bilan ajralib turadilar.

Ularning xatti-harakatlariga ashaddiy egotsentrizm, qo‘qqisdan yuzaga keladigan istaklarni darhol qondirishga intilish va surbetlik xos. Ular zo‘rlikni nizolarni hal etishning yagona vositasi deb biladilar. Ularga psixologik himoya vositalaridan keng miqyosda foydalanish, ya’ni o‘zlarining g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarini oqlash, aybni jabrlanuvchiga va vaziyatga to‘nkash xosdir.

Ashaddiy zo‘ravonlik jinoyatlarini sodir etuvchi shaxslar quyidagi bir qator shaxsiy-tipologik, psixologik xususiyatlarga ega:

  • atrof-muhitni doimo o‘ziga dushman sifatida qabul qilish;

  • eng kichik shaxsiy muvaffaqiyatsizlikdan haddan tashqari ta’sirlanish, ularni ijtimoiy jihatdan adekvat qoplashga qobiliyatsizlik;

  • autiklik (jamiyatdan begonalashganlik);

  • hissiy jihatdan nihoyatda beqarorlik, yuqori darajadagi jizzakilik, qasoskorlik, ruhiy notayinlik, kayfiyatning tez o‘zgarishi, disforiya;

  • da’vogarlik darajasining nihoyatda yuqoriligi;

  • ekstremal vaziyatlarda bo‘lishga moyillik, ularni faol yuzaga keltirish;

  • o‘zini ko‘rsatishga moyillik;

  • o‘zlariga xos hissiy nuqsonlarni doimo giperkompensatsiyalashga intilish.

Ushbu toifadagi jinoyatchilarning salbiy xislatlari ijtimoiy nazorat yetarli bo‘lmagan, nihoyatda salbiy mikromuhit sharoitida shakllanadi. Ushbu xulq shakllanishining muhim omillariga quyidagilar kiradi:

  • bolalikdagi emotsional zo‘riqish;

  • oila va ijtimoiy foydali guruhlardan ajralish.

Ularning hayoti va faoliyatida tajovuzkor xulq doimo ustunlik qilgan, boshqalarga zarar yetkazishga barqaror tayyorlik shakllangan.

Zo‘ravonlikka asoslangan jinoyatlarda ko‘pincha shafqatsiz tajovuz­korlik namoyon bo‘ladi, og‘ir jismoniy va ruhiy shikastlar yetkaziladi. Tajovuzkor xulqning bu tipi shaxsning chuqur buzilganidan, shaxsda tajovuzkor xatti-harakatga va odamlarga zarar yetkazishga doimiy tayyorlikka barqaror moyillikning shakllanganidan, shaxsning o‘zini nazorat qilish qobiliyati nihoyatda past darajada ekanidan dalolat beradi.

Mazkur nuqsonlar qator hollarda ularning spirtli ichimliklarga ruju qo‘yganliklari, bosh suyagi va miyaga yetgan jarohatlar, ruhiy kasalliklar tufayli kuchayadi.

Ushbu shaxslarga quyidagi xususiyatlar xosdir:

  • individ tajovuzkor intilishini tiya olmasligi;

  • nizoning qay yo‘nalishda rivojlanishi va tajovuzkor harakatlarining oqibatlarini ko‘ra olmaslik;

  • nizoli vaziyatdan chiqish yo‘llarini bilmaslik.

Voyaga yetmaganlar sodir etadigan zo‘ravonlik jinoyatlarining aksariyati impulsiv tajovuzkorlik, jinoiy guruh ta’sirga berilganlik bilan izohlanadi.

G‘arazli zo‘ravonlik jinoyatlarida tajovuzkorlikdan faqat g‘arazli maqsadga erishish vositasi sifatida foydalaniladi. Zo‘ravonlik jinoyatlarida esa adovatli tajovuzkorlik birinchi o‘ringa chiqadi, tajovuz, birovga ziyon yetkazish asosiy maqsadga aylanadi. Zo‘ravonlikning davomiyligi va shafqatsizligi bu o‘rinda jinoiy maqsad - jinoyat qurbonini tahqirlash, unga rashk, qasos, o‘zini ko‘rsatish maqsadida og‘ir azob berish kabilarga bog‘liq bo‘ladi.

Guruh bo‘lib sodir etiladigan zo‘ravonlik jinoyatlari ko‘pincha guruh, guruhiy an’analar va ruhiy ta’sir orqasida sodir etiladi.

Jabrlanuvchi bilan o‘zaro ta’siriga ko‘ra zo‘ravonlik jinoyatlarini ikki turga ajratish mumkin:

  1. jinoyat qurboni jinoyatchining tajovuzkorligiga aloqador bo‘l- maydi;

  2. jinoyatchi bilan janjalni jabrlanuvchi keltirib chiqargan.

Jinoyatchining tajovuzkorligi shaxslararo nizoning rivojlanishi, jabrla­nuvchi va aybdorning maqsadlari uchun qattiq kurashishi, interfaol antagonizm natijasida yuzaga keladi.

Zo‘ravon jinoyatchining barqaror ashaddiy tipi doimiy tajovuzkorlik yo‘nalishi, qo‘pol kuch ishlatish stereotipining shakllangani bilan ajralib turadi. Uning uchun doimo bahona topiladi.

Zo‘ravon jinoyatchilarning ashaddiy tiplari uchun tajovuzkorlik - ustunlik qiluvchi usul, qilmishning shafqatsizligi esa yagona maqsad. Bu tipdagi shaxslar jinoiylashgan mikromuhitda barqaror e’tirofini topadi. Ashaddiy zo‘ravon jinoyatchilar ijtimoiy mas’uliyatni yo‘qotib, hatto odam o‘ldirishdan ham o‘zlarini tiymaydilar.


Download 3,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish