Aslida u xonim qancha pulini yo‘qotdi?
topshiriq
Jazirama yoz kuni edi. Inspektor Verner va uning yordamcqilari, jinoyatchilarni ta’qib qilish davomida, uncha katta bo‘lmagan o‘rmonchani kesib o‘tdilar va cho‘milayotganlar guruhiga duch keldilar.
Hoy menga qarang! - deb baqirdi inspektor Verner. - Biz sizning yoshingizdagi bir yigitchani qidiryapmiz. U shu yaqin orada bo‘lishi kerak. Siz uni ko‘rmadingizmi?
O‘spirinlar indamay bir-biriga qarab qo‘ydilar. Keyin ulardan bittasi shunday dedi
:Bir necha daqiqa avval haqiqatan ham bu yerga qandaydir bir yigit yugurib keldi. Xuddi mana shu yerda daryoga sakradi. Qarang, u huv anavi tomondagi qirg‘oqdan chiqyapti! Shoshiling! Xohlasangiz o‘zimning qayig‘imni berib turaman, aks holda shundoqqina tumshug‘ingiz ostida ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi.
Qochib ketaversin, - dedi Verner, - endi men siz bilan yaqindan tanishmoqchiman.
Do'stlaringiz bilan baham: |