Siz ikkovingizdan boshqa xonadonda yana biron kimsa bormidi?
Yo‘q. Uy xizmatchimiz kelib-ketib turadi, kunning birinchi yarmidagina bo‘ladi... Shunday qilib, men mana bu yerda o‘tirib kitob o‘qiyotgan edim. Eshik orqasidan mikrofonga gapirayotgan erimning ovozi eshitilib turardi. Birdaniga o‘q ovozi eshitilib qoldi. Men xonaning eshigini ochdim.
Vinton xonim yana ko‘z yoshi to‘ka boshladi. Inspektor xonaga kirdi va mojaro yuz bergan joyni ko‘zdan kechirib chiqdi. O‘ldirilgan odamning jasadi kattagina yumshoq kursida yotardi. Bo‘ynida, gardanining yonida katta qon dog‘i tarqalgan edi. Mikrofon kursining bandida osilib qolgan, gilamning ustida esa qalam bilan yozib to‘ldirilgan qog‘oz varag‘i yotar edi. Haqiqatan ham tasmada qissaning umumiy rejasi yozilgan edi. Inspektor xonaga qaytgach, uni kutayotgan Vinton xonimdan so‘radi:
Do'stlaringiz bilan baham: |