Aks etish reverbatsiyaning davomiyligi (30-50 daqiqa) miyaning asab katakchalarida turg‘un o‘zgarishlarni qo‘zg‘atadi. Bu jarayon uzoq muddatli xotira mexanizmi hisoblanadi11.
Eslash va eslashga harakat qilish bir-biridan ajralgan jarayonlar emas. Bir tomondan, eslashga harakat qilish dastlabki ma’lumotlarni tiklash bo‘lsa, ikkinchi tomondan, natijadir. Eslashga harakat qilish fikrni erkin hikoya, bayon qilish natijasida vujudga keladi. Shuni unutmaslik kerakki, zaruratsiz guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchining fikrini chalg‘itmaslik, savol berib gapini bo‘lmaslik, hikoyasini uzmaslik zarur. Miyaning muhrlangan latent qobiqni faollashtirish uchun so‘roqni erkin bayondan boshlash lozim12.
Esdan chiqarish - eslash va esda olib qolish jarayonining aksi bo‘lib, normal fiziologik hodisa hisoblanadi. Agar xotiradagi barcha ma’lumotlar inson ongiga qalqib chiqsa, samarali tafakkur bo‘lmaydi.
Inson faqat iroda kuchi yordamidagina aynan kerakli manbalarni eslay oladi. «Fikrlar harakati - uzoq muddatli xotira blokidan tezkor xotira blokiga o‘tishni ta’minlovchi ip»13 deydi A. N. Luk. Bu jarayon unchalik oson kechmaydi. Me’yorida faoliyat yuritadigan miya individning butun hayotiy tajribasini saqlab qoladi. Uning murakkab tomoni ma’lumotlarni erkin eslash mumkin emasligidadir. Xotiraning faqat ma’lum sharoitga aloqador qismigina zarurat tug‘ilganida tiklanishi, ya’ni yodga tushishi mumkin. Inson xotirasidagi doimiy ishlatilmaydigan, eslab yangilan- maydigan axborot tez yoddan chiqadi. Gohida doimiy harakatdagi axborot ham, agar ayni vaqtda muhim deb hisoblanmasa, esdan chiqishi mumkin.
Xodimning kasbiy xotirasini maqsadli rivojlantirish quyidagi yo‘na- lishlarda mashqlar bajarishni taqozo etadi:
odamlarning yuzlari, tashqi qiyofasi, belgilari va xatti-harakat- laridagi o‘ziga xosliklarni eslab qolish va tanish;
xizmat vazifalarini bajarishda doimo yuzaga keladigan muammolarni hal etish xususiyatlarini ifodalovchi so‘zdagi axborotni eslab qolish va xotirada saqlash;
qidiruvda bo‘lgan avtomashinalarning nomeri va belgilarini eslab qolish va tanish;
o‘g‘irlangan buyumlar va ularning belgilarini eslab qolish va tanish;
joy chizmalari, harakatlanish yo‘nalishlarini eslab qolish va xotirada saqlash.
Xodimlarning kasbga oid muhim ma’lumotlarni eslab qolish, esda saqlash, esga tushirishlarida bir qator psixologik usullardan foydalanishlari kasbiy xotirani rivojlantirishga yordam beradi.
Ma’lumotni esda saqlash prinsiplari:
maqsadni to‘g‘ri tanlash;
axborotni saqlash uchun (hissiy, obrazli, eshitish, ko‘rish orqali) turli bog‘liqliklarni o‘rnatish.
Ma’lumotni yodlash prinsipi:
ma’lumot idrok qilinganidan so‘ng 20 soniya ichida takrorlash;
ma’lumotni takrorlash, takrorlashni har ikki soatda amalga oshirish;
mavjud imkoniyat chegarasidan ortiqcha ishlashga harakat qilish;
ma’lumotni mantiqiy butunlikda takrorlash.
Kasbga oid muhim ma’lumotni eslab qolish samaradorligini oshirish usullari:
Do'stlaringiz bilan baham: |