Siz eringizga yordam berishga urindingizmi?
Eh, buning befoyda ekanligi shundoqqina ko‘rinib turuvdi, - javob berdi u, buning ustiga erimning jasadi yotgan xonaning ostonasini xatlab o‘tishga jur’at yetishmadi menda. Men o‘sha zahoti politsiyaga telefon qilish uchun dahlizga yugurib chiqdim. Aftidan kimdir erimga oynadan o‘q uzgan bo‘lsa kerak. Lekin kim? Erimning hech qanaqa dushmanlari yo‘q edi.
Uni aynan siz o‘ldirganingizga qaraganda, dushmani ham siz edingiz, - e’tiroz bildirdi Verner.
Nima uchun u bunday xulosaga keldi?
topshiriq
Men mutlaqo tasavvur ham qila olmayman janob inspektor, VIII asrning qadahi kimga ham kerak bo‘lishi mumkin, ustiga-ustak uni sotib bo‘lmasa. Muzey direktori inspektor Vernerni shunday so‘zlar bilan kutib oldi. - Kecha kechqurun qadah o‘z joyida turgan edi. Mendan keyin xonaga begonalardan hech kim kirmadi. O‘zim uni qulfladim. Muzeyni er- xotin Seyziglar yig‘ib-terishadi, ular bizda ko‘pdan buyon ishlashadi va, albatta, ulardan shubhalanish noo‘rin.
Ha, janob inspektor, kecha kechqurungi yig‘ib-terish paytida hamma narsa joy-joyida edi, - dedi janob Seyzig.
Do'stlaringiz bilan baham: |