Nima uchun u shunday xulosaga keldi?
10-topshiriq
Siz politsiyaga qo‘ng‘iroq qilgunga qadar bu yerda sodir bo‘lgan hodisani batafsil so‘zlab bersangiz, - deya murojaat qildi inspektor Verner ko‘zlari yoshlangan xonim Vintonga. U ko‘z yoshlarini artib, so‘zlay boshladi:
Mening erim yozuvchi edi. Turmush qurmasimizdan avval men uning kotibasi edim. Lekin to‘ydan keyin ham men uning matnlarini qog‘ozga ko‘chirishda davom etdim. Bugun kechqurun u yangi qissasining rejasini magnitofon tasmasiga yozib olish uchun o‘z xonasiga kirib ketdi. Men anavi xonada kitob o‘qib o‘tirgan edim.
Do'stlaringiz bilan baham: |