Inspektor qanday qilib, Gausenning aldayotganini payqab qoldi?
7-topshiriq
Raqamli belgisi oltidan boshlanadigan kulrang «shevrole» ayol kishini urib ketib, ko‘zdan g‘oyib bo‘lgani to‘g‘risida xabar olgan inspektor Verner va serjant Fitt mashinasi go‘yo yuqorida ta’riflanganiga mos keluvchi janob Nilenderning villasi tomon yo‘l oldi. Ular manzilga yetib kelganda hali yarim soat ham o‘tmagan edi.
Kulrang «shevrole» uy oldida turardi. Politsiyacqilarni ko‘rgan uy egasi ularning oldiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tungi kiyimida chiqib kelaverdi.
Men bugun hech qayerga bormadim, - dedi u inspektorning gapini oxirigacha eshitib bo‘lgach. - Chiqa olmas ham edim? Chunki kecha men mashinamning kalitini yo‘qotib qo‘ydim, yangisi esa juma kunigina tayyor bo‘ladi.
Fursatdan foydalanib avtomashinani ko‘zdan kechirishga ulgurgan Fitt inspektorga shivirladi:
Aftidan haqiqatni aytayotganga o‘xshaydi. Mashinada hech qanday to‘qnashuv izlari yo‘q.
Do'stlaringiz bilan baham: |