Nima uchun inspektor bunday xulosaga keldi?
topshiriq
Jazirama kunlardan birida terlab-pishib ketgan Verner shahar ko‘chalari bo‘ylab mashhur gangster Uzun Jimni ta’qib qilib borardi. Bir payt Uzun Jim shundoqqina inspektorning ko‘z o‘ngida o‘tib ketayotgan avtomashinadan o‘q otib o‘ldirildi.
Eshikni o‘g‘lining qo‘lidan tutib turgan Gausenning o‘zi ochdi.
Men uyimga yarim soat oldin qaytdim va o‘shandan beri hali uydan hech qayoqqa chiqqanim yo‘q, - dedi Gausen inspektorning savoliga javoban. Shu payt go‘dak uning qo‘lidan qutulib chiqdi hamda limonad va eriy boshlagan muzqaymoq turgan stolchani ag‘darib yubordi.
La’nati churvaqa, - deb jahl qildi gangster va muzqaymoqni ko‘rsatib shunday dedi:
Aravasi bilan uyimning ro‘parasida turadigan muzqaymoqchi Tom mening yarim soat oldin kelganim va undan bolam uchun muzqaymoq sotib olganimni, keyin hech qayerga chiqmaganimni tasdiqlashi mumkin.
Men Tomni to‘dang bilan aloqasi borligini juda yaxshi bilaman, - deb javob qildi inspektor. - U soxta alibini tasdiqlashga har qachon tayyor.
Do'stlaringiz bilan baham: |