Kasbiy psixologiya



Download 3,02 Mb.
bet10/165
Sana06.09.2021
Hajmi3,02 Mb.
#166354
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   165
Bog'liq
kasbiypsihologiyapdf

Sud psixologiyasi quyidagi tadqiqot metodlariga ega.

Kuzatish metodining asosiy jihati shundaki, tadqiqot jarayonida insonning odatiy faoliyat tarzi buzilmaydi. Ushbu metod orqali obyektiv natijalarga erishish uchun bir qator shartlarga rioya etish zarur: qaysi qonuniyatlar qiziqtirayotganligini oldindan belgilash, kuzatish dasturini to‘g‘ri tuzish, asosiysi, kuzatuvchining o‘rganilayotgan shaxslar muhitidagi o‘rnini aniqlab olish zarur. Ushbu talablarga rioya etish sud psixologiyasida o‘rganiladigan vaziyatlar uchun juda muhim hisoblanadi. Kuzatish natijalarini qayd etishda texnik vositalar, birinchi navbatda, kuzatilayotgan shaxsning nutqini magnit tasmasiga yozishdan foydalanish mumkin. Ba’zi hollarda fotosurat va kinotavsirga olishni ham qo‘llash yaxshi samara beradi. Dastlabki tergovda texnik vositalardan faqat protsessual qonun doirasida foydalanish mumkin. Tergov harakatining shu tariqa olingan va qayd etilgan natijalari ayni vaqtda dalillarni mustah- kamlash metodi hamda muayyan sharoitlarda shaxsning xatti-harakatini kuzatishning qayd etilgan natijasi sifatida baholanishi mumkin. Masalan, ayblanuvchini so‘roq qilishda amalga oshirilgan magnitofon yozuvini eshitib, uning hissiy holatiga doir ma’lumotlarni aniqlash mumkin.

Kuzatish nafaqat psixolog-tadqiqotchi, balki tahlil ma’lumotlaridan jinoyatchilikka qarshi kurashda foydalanish uchun tegishli axborot olishi zarur bo‘lgan har qanday mansabdor shaxs tomonidan o‘tkazilishi mumkin. Xususan, kuzatishni tergovchi shaxsga to‘g‘ri tashxis qo‘yish (uni diagnostika qilish) maqsadida qo‘llashi mumkin.

So‘roq qilinayotgan shaxsning jinoyat hodisasiga aloqasi bo‘lishi mumkinligiga doir axborotni olishda uning mimikasi va imo-ishorasini kuzatish katta ahamiyatga ega. Bunday kuzatish natijalarini bir tomonlama subyektiv baholashning oldini olish uchun kuzatuv xolisona o‘tkazilishi, kuzatish chog‘ida olingan barcha faktlar qayd etilishi va kuzatish natijalari yetarlicha ilmiy talqin etilishi kerak.

Tergovchi tintuv qilinayotgan shaxsning xatti-harakatini kuzatish va ushbu kuzatish natijalarini tahlil qilish orqali juda muhim ma’lumotlarga ega bo‘lishi mumkin.

Eksperiment metodi. Ushbu metoddan foydalanganda eksperiment o‘tkazuvchi ruhiy jarayonlar xususiyatlarining tekshirilayotgan shaxsga ta’sir ko‘rsatuvchi tashqi stimul (rag‘batlantiruvchi omil)larga bog‘liqligini o‘rganadi. Eksperiment tashqi stimulyatsiya (qo‘zg‘ovchi)ga aniq belgilangan dastur bo‘yicha o‘zgaradigan qilib o‘tkaziladi. Eksperiment- ning kuzatishdan asosiy farqi shundaki, kuzatishda tadqiqotchi u yoki bu ruhiy hodisaning yuz berishini kutishi kerak, eksperimentda esa u tashqi vaziyatni o‘zgartirish orqali kerakli ruhiy jarayonni atayin keltirib chiqarishi mumkin. Sud-psixologik tadqiqotlar amaliyotida laboratoriya eksperimenti va tabiiy eksperiment keng tarqalgan.

Laboratoriya eksperimenti asosan ilmiy tadqiqotlarda, shuningdek, sud-psixologik ekspertiza o‘tkazishda keng qo‘llaniladi. Unga ancha murakkab laboratoriya asbob-uskunalari (ko‘p kanalli ossillograflar, taxistaskoplar va boshq.)ning qo‘llanishi xosdir. Laboratoriya eksperimenti yordamida, xususan, tergovchilarning diqqat, kuzatuvchanlik kabi kasbiy xislatlari tadqiq etilgan. Laboratoriya eksperimentining kamchiliklariga huquqni muhofaza qilish idoralarining amaliy faoliyati sharoitida texnikadan foydalanish qiyinchiliklarini, shuningdek, laboratoriya sharoit- larida ruhiy jarayonlar kechishining odatdagi sharoitlarda kechishidan farqli tomonlarini kiritish lozim. Bu kamchiliklar tabiiy eksperiment usulidan foydalanishda bartaraf etiladi. Birinchi navbatda, bu gap jabrlanuvchilar, guvohlar va boshqa shaxslarning muayyan psixofiziologik xislatlarini aniqlash maqsadiga ega bo‘lgan tergov eksperimentlarini o‘tkazishga taalluqlidir. Murakkab vaziyatlarda tergov eksperimentlarini o‘tkazishda mutaxassis-psixologni taklif etish tavsiya qilinadi.


Download 3,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish