Kasbiy motivatsiya - inson xulq atvori, uning bog`lanishi, yo`nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi.
Psixologiyada motivlashtirish deganda psixologik hodisalarning o`zaro mustaqil bog`langan, lekin bir-biriga to`la mos kelmaydigan nisbatan mustaqil uchta turi tushuniladi;
a) Individning ehtiyojlarini qondirish bilan bog`liq bo`lgan faoliyatga undovchi sabablar sifatidagi motivlashtirishdir. Faollik holatini paydo bo`lishini sub’ektiv ehtiyojlarini izohlab beradi.
b) Motivlashtirish faollik kimga qaratilgani boshqa xulq-atvor emas, balki xuddi shunaqasi tanlaganligini izohlab beradi. Motivlar xulq-atvor yo`nalishini tanlashni belgilaydigan sabablardir. Bular birgalikda kishi shaxsining yo`nalishini tashkil etadi.
v) Kishi axloqi va faoliyatini boshqaradigan vosita hisoblanadi. Bularga emotsiyalar, istaklar, qiziqishlar kiradi.
Ustanovkalar - yo`nalish, yo`naltirish ma’nosini anglatib, kishining tevarak atrofdagi odamlarga yoki ob’ektga nisbatan qanday munosabatda bo`lishlarini, ularni idrok qilinishi, sezish, ularga baho berish va qandaydir harakat qilishga tayyorgarligini anglatadigan holatdir. Yo`naltirilgan faoliyat sub’ektning ma’lum vaziyatda faol yo`l topib keta oladigan harakatlari majmuidir.
Yo`nalish – tug`ilgan yo`l, maqsad sari shaxsning xatti-harakati va faoliyatini aniq sharoitlardan qat’iy nazar ma’lum yo`lga yo`naltiruvchi barqaror motivlar majmuidir. Ular asosiy, etakchi va bosh ehtiyojlar, qiziqishlar, moyillik, e’tiqod, dunyoqarashlar, yuksak g`oyalar bilan xarakterlanadi.
Har qanday motivlarning orqasida shaxsning ehtiyojlari yotadi. Inson ehtiyojlari, maqsadi, istagi, qiziqishlari shaxsiy holatlardir.
Ehtiyoj – jonli mavjudodning hayot kechirishning konkret shart-sharoitlariga qaramligini ifoda etuvchi va bu shart-sharoitlarga nisbatan uning faolligini vujudga
keltiruvchi sababdir.. Amerikalik psixologik A.Maslou «Inson ehtiyojlarini ierarxiya» tizimlarini quyidagicha tavsiya etadi:
Xulosa:
Motivlarning mustahkamlanishi mehnat faoliyatida ishlovchilarning kópgina omillarini qondirilishiga boģliq bóladi. Unga kóra insonlar qanchalik òz ishidan qoniqsa, shunchalik ular òz ishlarini bajarishga kuchliroq xarakat qiladilar. Ularni faoliyat jarayonida raģbatlantirib borilsa, shunchalik qattiqroq ishlaydilar. Bunday yondashuvda amalga oshiriladigan raģbatlantirish ishchilar faoliyatining maxsuldorligiga boģlik. Bunda ular faoliyat kórsatadigan firma, kompaniya va tashkilotlardan kuch oladilar. Bu turli qóshimcha imtiyozlar nafakat ta’lim olish uchun intilish, dam olish, korxona tomonidan tashkillashtiriladi.
Kasb mansabga intilish asosida, xaqiqiy tashqi taassurotlar zamirida, ota-ona, dóstlarining maslaxatlari orqali yoki omadga boģlik holda tanlashi mumkin. Lekin kasbdagi romantika odatda tezda yóqoladi va uning órnida inson hali na hissiy, na jismoniy va na psixik jixatdan tayyor bòlmagan “ogir ish kunlari” qoladi. Tanlagan kasbi òzi uchun qiyin bólib, kòp xollarda turli tósiqlarni yuzaga keltiradi va ayrim xollarda óz kasbini ózgartirishiga tuģri keladi.
Kasb tanlashga yo‘llashning asosiy maqsadi - yosh avlodni ongli va mustaqil ravishda ta’lim yunalishini tanlashiga yoki shaxsning psixofiziologik xususiyatlari, qiziqishi, qobiliyati, moyilliklari va jamiyatning kadrlarga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqqan holda mehnat qilish sohasini tanlashga tayyorlashdan iborat.
Kasb tanlashga yo‘llash quyidagi ikki asosiy vazifani xal qilishga qaratilgan:
- mehnat imkoniyatlarini oqilona taqsimlash va foydalanish xisobiga mamlakatning iqtisodiy salohiyatini mustaxkamlash;
- Shaxsni ijtimoiy va iqtisodiy himoyalash, chunki o‘z qiziqishlari, moyillik va imkoniyatlariga mos kelgan kasbni tanlagan inson ham kasbiy, ham moddiy jihatdan tezroq uni o‘zlashtiradi va sezilarli natijalarga erishadi.
Kasb tanlashga yo‘llash ishining pirovard natijasi ijtimoiy - iqtisodiy omil bo‘lib, Shaxsga ham, davlatga ham real foyda keltiradi.
Kasb tanlashga yo‘llashda quyidagi tamoyillar asos qilib olingan:
- kasb tanlashga yo‘llash xizmatlarining majmuaviy xarakterdaligi;
- iqtisodiy rivojlanish va mehnat bozorini o‘rganish va prognoz kilish orkali jamiyat va Shaxs qiziqishlarini muvofiqlashtirish;
- Shaxsni kasb tanlashga yo‘llash va psixologik-pedagogik tashxis qilish shakli, uslublari va vositalarining ilmiy asoslanganligi;
- O‘zbekiston fuqarolarining va (lozim bo‘lganda) boshqa davlat fuqarolarining o‘qish, ish joyi, yoshi, jinsi, millati va diniy dunyoqarashidan qat’iy nazar kasb tanlashga yo‘llash xizmatlaridan foydalanishga teng xuquqligi;
- kasb tanlash yoki almashtirish, ta’lim turi va ishga joylashish imkoniyatlariga nisbatan kasbiy va boshqa axborotlarning tushunarliligi;
- kasbiy tashxis va maslahat berishning ixtiyoriyligi;
- kasbiy tanlov, tashxis va maslahat xulosalarining ob’ektivligi, maxfiyligi va tavsiyaviy xarakterda ekanligi;
- kasb tanlashga yo‘llash xizmatlari xodimlarining kasbiy axloq normalariga rioya etishligi.
Kasb tanlashga yo‘llash ishlarining asosiy ob’ekti:
- umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1 - 11 sinf o‘quvchilari;
- oliy o‘quv yurtlari talabalari va kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘quvchilari;
- ishdan bo‘shashi kutilayotganlar;
- ish qobiliyati cheklangan shaxslar.
Do'stlaringiz bilan baham: |